Biznesni tadqiq etish
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
biznesni tadqiq etish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Biznesni rivojlantirishning optimizatsion modellari
2-jadval Real sektor tarmoqlarining jozibadorlik ko’rsatkichlari 20 Ta rmo q lar Da stl abki sa rmoya , so’mda B it ta ishchiga to’g’ ri ke ladiga n foyda , mi ng so’mda R enta be ll ik Xa ra jat lar qim -matlashuviga se zgir - lik bo’yic ha ra ng Na rx pa sa yi -shiga se zgir -lik bo’yic ha r angi O’ rta ch a za ra r- sizlik da ra jasi O’ rta -c ha ma r- ji na l foyda Savdo 57188,6 265 0,043 4 4 0,31 0,014 Ishlab chiqarish 27258,3 560 0,27 3 3 0,52 0,327 Kurilish 17245,4 326 0,25 2 2 0,61 0,363 Maishiy xizmat 5255,4 122 0,1 1 1 0,25 0,377 20 Муаллиф ҳисоб-китоблари асосида тузилди 54 Tahlillarimizga ko’ra, jozibadorlik bo’yicha maishiy xizmat birinchi, qurilish ikkinchi, ishlab chiqarish uchinchi, savdo to’rtinchi o’rinlarni egalladi. Demak, kichik biznesni maishiy xizmat sohasida amalga oshirish imkoniyatlari katta. Shuningdek, nisbatan qurilish va ishlab chiqarishda ham tadbirkorlikni amalga oshirish imkoniyatlari boshqa tarmoqlarga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi. 3.3. Biznesni rivojlantirishning optimizatsion modellari Iqtisodiyotning har qanday tarmog’ida kichik biznes muammolarini o’rganish, avvalo asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar doirasini kengaytirish, ular orasidagi o’zaro bog’liqliklarni o’rnatish va o’rganishni dolzarb qilib qo’yadi. Bu esa, o’z navbatida, iqtisodiyotda iqtisodiy-matematik usullarni qo’llashni, KB ni rivojlanishining optimal boshqarish maqsadida iqtiso-diy-matematik modellarini, ekonometrik modellarini tuzishni talab etadi. Kichik biznesning milliy iqtisodiyotimiz doirasidagi faoliyati iqtisodiyotning boshqa tarmoq va sektorlariga nisbatan murakkkab va ser-qirradir. Chunki, kichik biznes sub’ektlari iqtisodiyotning barcha tarmoq-larida bevosita mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va hokazolar jarayonida qatnashadi, bu esa ularni yagona tizimga keltirib modellashti-rish masalasini yanada chigallashtiradi. Shu sababli, kichik biznesni model-lashtirishda modelga real tus berish uchun ba’zi omillarni hisobga olish, boshqalarini esa o’zgarmas deb faraz qilib, model e’tiboridan chetda qoldi-rish kerak bo’ladi. Bundan tashqari, barcha omillarni tom ma’noda to’la qamrab oluvchi modelning o’zini tuzish biroz noreal bo’lar edi. Shu bilan birga, kata sonlar qonuniga ko’ra bir tarmoq doirasida ham nisbatan ko’plab KBXT sub’ektlarining borligi statistik bazani kengaytiradi va bunday tadqiqot o’tkazishga imkoniyat yaratadi. Milliy iqtisodiyot doirasida kichik biznes faoliyatini mikro va makro darajada chiziqli, nochiziqli, dinamik rivojlanish va optimizatsion usullaridan foydalanib model yaratiladi. KB ning milliy iqtisodiyot doirasidagi optimal rivojlanishi va ra- qobatbardoshligi yaratilgan huquqiy-iqtisodiy, ijtimoiy zaminga va boshqa 55 omillarga bevosita bog’liqdir: qonunlar, me’yoriy- huquqiy xujjat-lar, jamiyat tomonidan tadbirkorlikni e’tirof etilishi, tadbirkorlik faoliyati daxlsizligi, subsidiya, dotatsiya, har xil imtiyozli kreditlar, diversifikatsiya, integratsiya, soliqlar, atrof muhit, siyosiy barqarorlik va hokazo omillar 21 . Bu omillar etarli darajada KBXT rivojlanishi va bashoratlash modelida o’z ifodasini topishi lozim. Ammo, biz ushbu nazariy muammolarni keyingi bobda ko’rib o’tilishi sababli, biz ushbu bo’limda bevosita har qanday iqtisodiy faoliyatning asosiy maqsadi bo’lgan optimal rivojlanish va raqobatbardoshlikning «barometri» bo’lgan KB sub’ektlarining asosiy ko’rsatkichi foydaga to’xtalamiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, biror bir viloyat kichik biznes sub’ektlari foydasining modeli quyidagicha bo’ladi: Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling