Biznesni tadqiq etish
Firma faoliyati haqida axborotlar
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
biznesni tadqiq etish usullari
Firma faoliyati haqida axborotlar
tovar va xizmatlar pul bozor va tashqi muhit haqida axborot 5.2-rasm.Marketing aloqalari tizimi. Ushbu rasmda marketing aloqalari tizimdagi axborot oqimlari va omillarning o’zaroketma -ketligi va bog’liqligi ko’rsatilgan. Marketing axboroti – bozorning o’zgaruvchan parametrlari xilma-xilligining aks etishi, u yechib olingan mavhumlikdir. Marketing axboroti korxona uchun zarur, chunki u: - marketing muhitidagi o’zgarishlarni kuzatib borish imkonini beradi; - marketing strategiyasini va korxonaning umumiy strategiyasini moslashtirish imkonini beradi; - tijorat qarorlari qabul qilishdagi mavhumlik va risklarni kamaytiradi; - marketolog (bozorshunos)sezgirligini mustahkamllaydi; - raqobatda imtiyozlarga ega bo’lishga ko’maklashadi. Bozorning har qanday sub’ektiga bozorda yuzaga kelayotgan vaziyat to’g’risida aniq axborot zarur. O’tgan asrning 90-yillaridayoq Amerika axborot industriyasida 4 mingga yaqin ma’lumotlar banki mavjud bo’lgan. Bunda marketing axborotini qayta ishlash bilan 1686 ta turli tashkilotlar shug’ullangan. Фирма бозор 77 Tashkilotlarda bozor holati to’g’risidagi axborotlarni mutazam yig’ib borish marketing bo’limining muhim vazifasi hisoblanadi. Marketing axborotiyig’iladi, tahlil qilinadi va marketing axboroti tizimi doirasida taqsimlanadi. Marketing axborot tizimi (MAT) – marketing qarorlarini tayyorlash qabul qilish uchun zarur bo’lgan ishonchli axborotlarni tayinlangan vaqtda tahlil qilish va taqsimlashga mo’ljallangan xodimlar, uskunava amallar jamlanmasidir. MAT marketing xizmati rahbarlari va mutaxassislari uchun zarur bo’lgan ichki va tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar shaklini o’zgartiradi. Ichki axborot mahsulotga buyurtmalar, sotuv hajmi, jo’natilgan mahsulotlar, zahiralar miqdori, jo’natilgan mahsulot uchun amalga oshirilgan to’lovlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Tashqi manba ma’lumotlari joriy tashqi axborot (marketing razvedkasi) va marketing tadqiqotlari olib borish jarayonida olinadi. Axborotning to’liqligi, haqqoniyligi, ishonchliligi, tizimliligi, o’z vaqtida taqdim etilganligi va davriyligiga nafaqat yangi mahsulot taqdiri, balki ba’zan firmaning taqdiri ham bog’liq bo’ladi. Tashkilotlar atrofidagi o’zgarishlarning tezligi oshib borayotgan sharoitda raqobatda o’z ishini Bill Geyts “elektron asab tizimi” deb nomlagan eng yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil qilganlar yutib chiqadilar. Quyidagi so’zlar unga tegishli: “Elektron asab tizimi” elektron jarayonlar majmuasidir. Uningyordamida kompaniya dunyoni ko’radi va mos ravishda undagi o’zgarishlarga javob qaytaradi, xoh u raqobatchilar qo’rg’onidagi yangi hodisa bo’lsin, xohmijozlarda yuzaga kelgan yangi talab bo’lsin. “Elektron asab tizimi”ni yaratish uchun qurilmalar va dasturiy ta’minot talab qilinadi.Oddiy kompyuter tarmog’idan uni aniqlik, tezkorlik va taklif qilinayotgan axborotning qamrov kengligi ajratib turadi. “Elektron asab tizimi” biznesni fikr tezligida yuritish imkonini beradi, bu esa XXI asrda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi”. Zamonaviy iqtisodiyotda marketing tadqiqotlarining roli katta. Ularga qilinayotgan xarajatlar o’sib bormoqda va bu xarajalar o’zini oqlamoqda. Rivojlangan mamlakatlarda sotilgan mahsulotning har ming dollariga 6 dollardan to’g’ri keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling