9-BOB. FIRMANING ICHKI VA TASHQI BOZORDAGI BIZNES
STRATEGIYASINI TANLASH
9.1. Kompaniyaning marketing dasturini ishlab chiqish.
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo’lib, korxonaning
bozorda aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq
ma’noda esa, korxona imkoniyatlarini .bozor talablariga moslashtirishga
yo’naltirilgan taxlil, rejalashtirish va nazorat qilish ja-rayoni deb qaraladi.
Marketing dasturlari qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va
uzoq muddatli (o’n yilgacha va ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki
korxonaning maxsus faoliyatlariga mo’ljallangan bo’lishn mumkin.
Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga asosan,
korxonaning mo’ljallangan maqsadga erishish va uni bajarilnshini nazorat qilish
resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.
Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy bo’limlari
Do'stlaringiz bilan baham: |