Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
17 kuzatishga imkon beradi. Hayot davrida bo’yash uchun tripan ko’ki (0,5 % li), litiyli karmin (20 % li), metilen ko’ki (0,1 yoki 0,01 %) larni va boshqa zaharli bo’lmagan moddalarni ishlatish mumkin. Bu moddalarni hujayra yoki organizm yashayotgan muxit suyuqligida eritish zarur. Buyash muddatlari 15 minutdan 60 minutgacha bo’ladi.
Тirik ob’ektlar tadkik qilinayotganda tuzilmalarni mikroqinos’yomka, ya’ni mikroskop ostida suratga olish alohida urin to’tadi. Bu usul hujayrada ketayotgan jarayonlarni normal, sekinlashgan, tezlashgan holda kinoga olishga imkon beradi. Buning uchun Seytraffer kurilmasidan foydalaniladi. U xoxlagan intervallarda suratga olish (kadrlar qilish) uchun xizmat qilish masalan, hujayralarning bo’linishi juda tez sodir bo’lishi mumkin, bu holda normaga nisbatan tezroq olinsa (kadrlar ko’proq qilinsa), ekranda bu jarayon sekinroq o’tadi, natijada normal sharoidda payqamay qolinadigan holatlarni yaxshiroq kuzatish mumkin bo’ladi. Aksincha uzok davom etadigon jarayonlar(masalan, gulni ochilishi kabi )ni ekranda qisqa muddatda kuzatish uchun kinoga olinayotganda kamroq kadrlar qilinadi(normal holda 16 kadr 1 sekundda olinadi) masalan, 1 minutda 1ta kadr va xokazo. Natijida normal holda 10 soat ketadigan jarayon ekranda 5-6 minutda kuzatilishi mumkin Bu metod hujayra va organizmda bulayotgan jarayonlarni faqat kuzatish usuligina emas, balki ularni xujjatlashtirish metodi hamdir. Sitologiyada bu sanab utilgan metodlardan tashqari hujayra qismlarini (yadro va boshqalar) bir hujayradan ikkinchisiga ko’chirib o’tkazish kabi metodlardan ham foydalaniladi. Shunga asoslanib ikki tur amyobalarning yadrolari o’zaro almashtirildi. Keltirilgan fikr va dalillardan ko’rinib turibdiki, hozirgi zamon sitologiyasi hujayrani har tomonlama to’liq o’rganishga imkon beradigan juda ko’p metodlarga ega ekan. Hujayraning tuzilishini yaxshiroq o’rganish uchun ularni tirik holda maxsus bo’yoqlar orqali bo’yaladi. Bu bo’yoqlar hujayraga zaharli ta’sir qilmaydi, sitoplazma diffuziya holda, boshqa qismlar esa turlicha bo’yaladi. Bu bo’yoqlardan tripan ko’ki, litiyli karmin, neytral kizil, metilen ko’ki va boshqalarni keltirish mumkin.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling