Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
Yadrocha.
Yadrocha tipik interfaza yadrosining doimiy qismi bo’lib, membranaga ega bo’lmagan birdan bir strukturadir. Uning kattaligi har xil bo’lib, u hujayraning funksional 39 holatiga bog’lik. Yirik yadrochalar odatda embrional hujayralarda yoki oqsilni aktiv sintezlayotgan hujayralarda, sut emizuvchilarni ootsitlarida, nerv hujayralarida va ba’zi bezlar hujayralarida uchraydi. Yadrochalar aktiv maydalanayotgan tuxum hujayralarda bo’lmaydi. Ba’zan hujayralar bir qancha yadrochaga ega bo’ladi, ularni ko’pchiligi amfibiyalarni sotsitlarini intensiv o’sish davrida hosil bo’ladi.
Yadrocha fizik xususiyatlariga ko’ra yadroning zichlanganroq qismi hisoblanadi. Yadrochaning ximiyaviy tarkibi RNK konsentratsiyasi biroz yuqoriligi bilan ajralib turadi. Yadrochani asosiy komponentlari kislotali oqsillar (fosfoproteinlar) va RNK dir. Bulardan tashqari yadrochada bog’langan yoki erkin holdagi kalsiy, kaliy, magniy, temir va rux fosfatlari uchraydi. Yadrochada DNKni mavjudligi aniqlanmagan. Yadrochalarning funksiyasi sito-plazmani ta’minlovchi ribosomalarni hosil qilish yoki yigishdir. Buni quyidagi misolda ko’rish mumkin. Ba’zi bakalar ustida o’tkazilgan eksperimentlarda (xeporis) gomozigota holidagi tuxumda yadrocha bo’lmagan.Bunda otalangan tuxum blastula stadiyasigacha rivojlangan. Blastomerlarni yadrolarida ribosomalar hosil bo’lmaydi, murtak o’ladi, blastula stadiyasigacha taraqqiy etishi ovogonez vao’tidagi hosil bo’lgan ribosomalar hisobiga bo’ladi. Binobarin, ribosomalar yadrochalarda shakllanadi, lekin ribosomalarning hosil qiluvchi RNK va oqsillar xromosomalar bilan aniqlanadi. Hozirgi vaqtda yadrochada yigiladigan RNK ni DNK qismidan hosil bo’lishi aniqlangan. Yadrochaning oqsili kandan hosil bo’lishi hozirgacha aniq emas. Kurinishicha u yadrochani o’zida hosil bo’lib RNK bilan birlashib, ribosomani hosil qiladi. Yadrocha doimiy struktura emas: u mitozni boshlanishiga yukolib ketib, telofazaning oxirida yana hosil bo’ladi. Yadrochaning RNK va oqsili yoki yadrochaning tashkilotchisi oblastiga tarqaladi yoki RNK yangidan sintezlanadi, so’ng RNK va oqsil yadrocha tashkilotchisi oblastida tuplanadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra yadrochalar yadro membranasi orqali sitoplazmaga chiqar ekan. Yadrochalar bir biri bilan qo’shilib ketishi yoki ko’rtaklanishi mumkin. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling