Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
38 riboza bo’ladi. Shuning uchun DNK va RNK deb nomlangan. Nukleotidlar DNKdagidek bir-biri bilan uglevod va fosfor kislotasi orqali birikadi. DNKdan farq qilib, RNKning mikdori doimiy emas. Oqsil sintezi bulayotgan hujayralarda uning mikdori ortadi. RNK ni bir necha xillari bor. Ulardan biri transport RNK (Т-RNK). Bu RNK ning molekulasi ancha qisqa, hammasi bo’lib, 80-100 nukleotiddan tashkil topgan. Molekulyar og’irligi esa 25-30 ming ga teng. Т-RNK faqat sitoplazmada bo’ladi. Ularning vazifasi aminokislotalarini oqsil sintezlanayotgan ribosomaga tashishdan iborat. Umumiy RNKning 9-10%ni tashkil etadi. RNKning 2- xili informatsion RNK- I-RNK molekulasi 300-3000 nukleotiddan iborat bo’lib molekulasining og’irligi 20000-1mln I-RNK molekulasi ham yadro va sitoplazmada bo’ladi. uning vazifasi DNKdan ribosomada sintezlanayotgan oqsil strukturasiga informatsiyani olib o’tishdan iborat. Uning mikdori umumiy RNKni 1 % ini tashkil qiladi. RNK ning 3 xili ribosomal RNK (r-RNK) dir. Bu eng uzun RNK bo’lib, uning tarkibiga 3-5 ming nukleotid kiradi, molekulyar og’irligi 1-1,5 mln. R-RNK ribosomaning ko’pgina qismini tashkil qiladi. Umumiy RNK ning 90% ini tashkil qiladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling