Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
43 DNK ni parchalaydigan ferment bilan ishlaganda elementar iplarning markaziy qismi yukolib ketadi; binobarin, u elementar ipni uzunasiga o’tgan ikki zanjirli DNK molekulasidan tuzilgan.
Elementar iplar barcha tekshirilgan organizmlarining yadrolari xromosomalarining tarkibida, shuningdek interfaza yadrolarida ham tarqalgan.
Shuning uchun hamma hujayralarda, hujayraning hamma sikllarida xromosomaning tuzilish birligi- nukleoproteidning ipsimon molekulasi ekanini isbot etilgan deb qarash kerak.
Har bir elementar ip tarkibiga ikki molekula DNK kiradi va ipni uzunasiga joylashadi. Bir necha elementar iplardan iborat tutam xromosomani hosil qiladi, 2-4 xromonema iplari esa xromosomani hosil qiladi. Ba’zi olimlarni fikriga qaraganda xromosomada faqat bitta 2 ipli DNK molekulasi bo’ladi. g) Хromosomalarning kimyoviy tarkibi.
Хromosomalarning asosiy komponentlar DNK va asosli oqsillar (proteinlar va gistonlar) dir DNK ning asosli oqsil bilan kompleksi-dezoksiribonukleoprtein hamma xromosomalarning 90% massasini tashkil etadi. DNK ning mikdori har bir tur uchun doimiy, RNK va kislotali oqsillarning mikdori esa o’zgaruvchan bo’ladi va xromosomolarning tashkil bo’lishida asosiy rol o’ynamaydi. Mineral komponentlardan kalsiy, magniy ionlari bo’ladi. d) Хromosomalar nabori. Хromosomalarning kattaligi, birlamchi va ikkilamchi kisilma (peretejka) larni joylanishi, yo’ldoshni borligi va urarning shakllarini doimiyligi xromosomalarning morfologik induvidualligini belgilaydi. Shularga asoslanib, naborning har qanday xromosomasini bilish mumkin. Diploid nabor shakli va kattaligi jihatidan bir xil xromosomalardan iborat bo’ladi. Bunday xromosomalar gomologik xromosomalar deb atalib lotin alifbosini bir xil harflari AA yoki boshqa bilan belgilanadi. Хromosomalar sonining doimiyligi va ularni morfologik individualligi, individga, turga ba’zan avlodga mansub bo’lgan xromosoma nabori tuplamini spetsifikligini ta’minlaydi. Хromosoma kompleksi o’xshatish mumkin bo’lgan belgilar yigindisi kariotip deb ataladi. Kariotipni sxematik belgisi idiogrammadir. Kariotiplarni turli bo’lishi individ yoki turlarni irsiyat jihatidan turliligini ko’rsatadi. ye) Jinsiy xromosomalar Juda ko’p ayrim jinsli yuqori hayvonlarning diploid naborida bitta yoki ikkita tok xromosomalar bo’ladi. Ular jinsiy xromosomalar deb, qolganlari esa autosomalar deb nom olgan. Erkaklarda bitta, urg’ochilarda ikkita jinsiy xromosomalar bo’lgan hollar ochilgan. Sut emizuvchilarda, amfibiyalarda, va ko’pchilik xashoratlarda yirik xromosoma Х harfi, kichigi esa - U bilan belgilanadi. Urgochilar ikkita bir xil Х xromosomalarga ega. Gametalarning hosil bo’lishida har bir xromosomalar juftidan faqat bittasi yetilgan jinsiy hujayraga o’tadi. Shuning uchun ХХ xromosomali urg’ochi individlarda hamma gametalar bittadan Х xromosomaga ega. ХU xromosomali erkak individlarda esa ikki xil spermatazoidlar hosil bo’ladi. 50 % Х va 50 % U xromosomali Х xromosoma U xromosomadan bir necha marta katta bo’lganligi uchun unda DNK ham shuncha marta ko’p bo’ladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling