Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 

48 

karar  ekan.  Hujayra  bo’linishi  boshlanguncha  sentriolalar ikkilangan, ya’ni soni ikki marta 

ortgan bular ekan.  

Ajratib  olingan  mitotik  apparatni  analiz  qilishni  ko’rsatishicha,  uni  90  protsenti 

oqsillardan,  qisman  RNK,  polisaharid  va  lipidlardan  iborat  ekan.  Mitotik  apparatning 

oqsillarini  mitoz  boshlanguncha  ham  sitoplazmada  bo’ladi.  Mitotik  apparatning  iplari 

sitoplazmani boshqa qismga nisbatan zichlanganroqdir. 

Shunday  qilib,  profaza  davrida  sitoplazmada  ikkilangan  sentriolalar  qutblarga 

tarqalar ekan, mitotik apparatni avval sintezlangan oqsillari esa veretenoni hosil kilar ekan. 

Bu  fazada  yadro  biroz bo’rtadi, xromosomalarning spirallanishi natijasida xromatin 

iplari  yugonroq  bo’lib  qoladi.  Keyinroq  spirallanishni  davom  etish  natijasida 

xromosomalar  yugonlashadi  va  alohida  iplar  shaklida  ko’rinadi.  Bu  vaqtda 

xromosomalarni  qo’shaloq  ekanligi  bilinadi.  Shu  bilan  birga  yadrocha  erib  ketadi.  Ko’p 

hollarda yadrochani RNK si yukolib ketmay xromosama bilan bog’lik bo’ladi. Profazaning 

oxirgi  bosqichi  yadro  qobig’ini  yemirilishi  bo’ladi.  Ultrabinafsha  nurlarni  ta’siri  ostida 

profazaning  boshlanishini  orqaga  qaytarish,  ya’ni  interfazaga  qaytarish  mumkin  ekan. 

Ammo profazaning o’rtasidan qaytarish mumkin emas-baribir hujayra bo’linadi. 

MEТAFAZA  Yadro  qobig’i  erib  ketgandan  keyin  xromosomalar  sitoplazmada 

tartibsiz  holda  joylashadi.  Metofazada  xromosomalar  kaltalashadi  va  ekvatorga  kuchib 

ekvaor plastinkaisni hosil qiladi. Хromosomalarning bu harakati metakinez deb ataladi. 

 

Kalta  tortgan  xromosomalarda  markaziy  tortma  G’peretyajkaG’  sentromera  yoki 



kinetoxor  aniq  ko’rinadi.  Ko’p  kuzatishlarni  ko’rsatishicha  metakinezda  asosiy  rolni 

kinetoxor  o’ynaydi.  Bu  vaqtda  mitotik  apparat  tuligicha  tashkil  topgan  bo’ladi.Ularning 

iplari  orasida  kinetoxorlarga  birikkan,  bir  qutbdan ikkinchi qutbga tortilgan iplarni ko’rish 

mumkin.  Elektron  mikroskopni  ko’rsatishicha  vereteno  iplari  diametri  150-200  A 

keladigankanallar tutamidan iborat ekan. Ular hamma vaqt kinetoxor bilan bog’lik bo’ladi. 

Хromosomalar  2  qutbni  o’rtasida  joylashadi.  Kinetoxorlari  buzilganda  xromosomalar 

harakat qila olmaydilar. 

Metofazada  xromosomalarning  joylanishi  veretenoni  faoliyatidan  kelib  chiqadi. 

Хromosomalar  birlamchi  tortma  rayonida  kayrilgan  bo’ladi,  kinetoxorlar  aniq  ekvator 

tekisligiga joylashadi. 

Agarda  metofazada  kolxitsin  ta’sir  ettirilsa,  vereteno  yemiriladi,  xromosomalar 

qutblarga tarqala olmaydi. hujayra bo’lina olmay, tetraploid bo’lib qoladi. 

Metofazada xromosomalar yaxshi ko’ringan uchun ularni sanash oson bo’ladi . 

ANAFAZA. Bu fazada xromosomalar ekvator tekisligidan qutblarga tomon harakat 

qiladi. Ularni harakati passiv bo’lib 1 minutda 1mk masofani o’tadi. 

Хromosomalarning  harakati vereteno iplarining qisqarishi bilan bog’lik bo’libgina kolmay, 

bu vaqtda hujayrani o’zi ham cho’zilgan bo’ladi, bu qutblar orasidagi masofani orttiradi va 

u bilan xromosomalarni tarqalishiga imkon beradi. 

Shunday qilib, bu fazada kinetoxorlar bilan birikkan kiz xromosomalar ajralishadi va 

qutblarga  harakat  qiladi.  Shuning  uchun  avval  ikkilangan  xromosomalar  2  ga  teng 

taqsimlanadi. 

 

ТELOFAZA. Bu fazada tarqalgan xromosomalar  qutblarda g’uj bo’lib tuplanadi va 



xromosomalar  atrofida  alohida  pufakchalar  hosil  bo’ladi,  ular  bir  biri  bilan  qo’shilib, 

yadroni  ichki  membranasini  hosil  qiladi.  Тashki  yadro  membranasi  endoplazmatik  turni 





Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling