Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
1.
Mitoz.
O’simlik, hayvon va sodda hayvonlar uchun umumiy bo’linish usuli mitozdir. Bu protsessning biologik ma’nosi shuki, bunda ikkita kiz hujayralar hosil bo’lib, ular bir xil sondagi xromosamalar va ularda bo’lgan DNK ga ega.
Mitozga tayyorgarlik. Ko’payayotgan hujayralar hayotida bo’linish oralig’idagi davr- interfaza va aynan mitoz farqlanadi.
Interfazada hujayra o’sadi, ishlaydi va mitozga tayyorlanadi. Hujayralarning bo’linishga tayyorlanishida qator jarayonlar amalga oshadi. 1.
Sitoplazmaning hamma
makromolekulali komponentlarining ikkilanishini ta’minlovchi hujayraning o’sishi 2. Хromosomalarning reduplikatsiyasi 3. Mitotik markazlarning ikkilanishi 4. Mitotik apparatning oqsillarini sintezi 5. Energiya zaxirasini tuplanishi Hujayraning o’sishida bir vaqtning o’zida yadro va sitoplazmaning massasi oradi. Bunda yadroning sitoplazmaga nisbati hamma tip hujayralar uchun nisbatan o’zgarmas bo’lib qoladi. Otalangan tuxumninng maydalanishida o’sish fazasi bo’lmaydi. Bo’linish juda tez bo’ladi va borgan sari mayda hujayralar hosil bo’ladi. Somatik hujayralar esa bo’linishdan so’ng, avvalgi kattaligiga o’sib yetadi, keyin mitozga kirishadi. Mitoz vaqtida sintetik protsesslar vaqtincha tuxtab turadi. Bunda I-RNK ni hosil bo’lishi va sitoplazmaga o’tishi tuxtaydi. Mitoz hujayrani hamma qismini o’z ichiga olsa ham ko’proq yadroni tabiati (xromosomalarni hosil bo’lishi) va mitotik apparatni hosil kilayotgan hujayra markazining (sentriola) fuksiyasi qiziqtiradi. Hujayralarning mitotik bo’linishi quyidagi 4 ta bosqichga ajratiladi: profaza, metofaza, anafaza va telofaza.
nazar uning qutblanishi bilan harakterlanadi. Kutblanish sentriolalarni qarama-qarshi tomonga tarqalishi va ular orasida vereteno (duk)ni hosil bo’lishi bilan amalga oshadi. Qutblarni mavjudligi bo’linayotgan hujayra ekvatori tekisligini (yuzasini) belgilaydi. Sentriolalarni va vereteno iplarini mitotik apparat deb ataladi. Sentriolalarni tarqalishi ertaki profazada boshlanadi, mitotik apparatni to’liq shakllanishi esa profazani oxirida tugaydi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda sentriola ham hujayrani avtoreproduksilovchi sistemasiga
|
ma'muriyatiga murojaat qiling