Blackcurse


   Хromosomalarning spirallanishi


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   140
Bog'liq
sitologiya

5.  

Хromosomalarning spirallanishi. 

 

Хromosomalar ikki xilda: tashqi spirallanish (interfazada xromosoma, xromatid yoki 



poluxromatidlarning  buralishi  natijasida  vujudga  keladi)  va  ichki  spirallanish  (profaza  va 

metofaza  oralig’ida  bo’ladi,  ya’ni  alohida  yoki  ikkita  kiz  xromatidlarning  ichida)  bo’ladi. 

Ichki  spirallanish  meyozda  yaxshi  kuzatiladi.  Хromosomada  katta  va kichik spiral bo’lib, 

katta  spiral  ma’lum  diametrga  yetgach,  kichik  spiral  paydo  bula  boshlaydi.  Har  ikkala 

spiral xromosomalari ikkilanishini vujudga keltiradi va uni ikkilangan spiral deyiladi.  

Profazadan  boshlab  xromosomalar  kuchli  spirallana  boshlaydi.  Metofazada  kic hik 

spiralning  spirallanishi  tufayli  spiralning  diametri  kattalashadi  va  yugonlashadi.  Anafazada 

spiral  strukturasi  o’zgarmaydi,  telefozada  spiral  bushashadi,  despirallashadi  va  interfaza 

holiga  o’tadi.  Ikki  yoki  undan  ko’proq  xromosoma iplarining o’zaro buralishidan ikki tip 

spirallar  hosil  bo’ladi.  Paranemik  spirallanishda  iplar  biri  ikkinchisiga  kirib  turgandek 

bo’lib, ular bir-birlaridan oson ajraladi.  

Plektonemik  spirallanishda  iplar  soch  urilishi  kabi  bo’ladi  va  ularning  bir-birlaridan 

ajralishi kiyin bo’ladi.  

Хromosomalarda  uzunasi  buylab  kora  belbog’lar  ya’ni  disklar  joylashadi.  Disklar 

oralig’ida okish zonalar bo’ladi. Disklar doimo intensiv bo’yaladi.  

Ayrim  ikki  kanotli  xashoratlar  lichinkasining  ma’lum  rivojlanish  davrida  disklar 

yugonlashib,  o’lchami  kattalashadi,  ularni  pufflar  yoki  Balbiyani  halqasi  deyiladi.  Pufflar 

bitta diskdan yoki yonidagi disklardan ham hosil bo’lishi mumkin. Ularning ba’zilari lampa 

cho’tkasi tipidagi xromosomalarga o’xshash bir qator halkalarni hosil qilib yon o’simtalar 

berishi mumkin.  





Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling