Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
42
2. Хromosomalar - yadroning asosiy funksional avtoreproduksiyalovchi strukturasidir. Ularda DNK yig’iladi va yadroning funksiyasiga bog’lik bo’ladi. Juda ko’pchilik hollarda xromosomalar faqat bo’linayotgan hujayralarda ko’rinadi. Bo’linish davrida fiksatsiyalangan hujayralarda ham, tirik hujayralarda ham xromosomalarning soni, kattaligi, morfologiyasini va tabiatini aniqlash mumkin. Хromosomalarni nozik tuzilishlarini elektronmikroskoplarni ishlatish, avtoradiografik va bioximik metodlarni qo’llash orqali o’rganiladi.
a) Хromosomalarning soni. Ma’lum bir tur o’simlik va hayvon uchun xromosomalar soni doimiydir. Ko’pchilik organizmlar ikkita gametalarning bir-biri bilan qo’shilishi-birlashishi natijasida rivojlanadilar. Erkaklik va urg’ochilik gametalarida xromosomalar soni teng, gaploid sonda bo’ladi. Shuning uchun organizmlarning tana hujayralarining xromosomalari soni undan ikki marta ko’p diploid sonda bo’ladi, ( somatik sonda). Har bir gaploid tuplam xromosomalar n bilan, diploidlisi esa- 2 n bilan belgilanadi.
Хromosomalar soni diploid hujayralarda bir necha yuztagacha bo’ladi. (qirq quloq - Ohioglossum vulgatum da 500 ta).
b) Хromosomalarning kattaligi metofazada nisbatan o’zgarmas bo’ladi. Bir nabordagi xromosomalarning biri boshqalardan katta bo’lishi mumkin. Har xil organizmlarning hujayralarida xromosomalarning uzunligi 0,2-50 mk, yugonligi 0,2-2mk gacha bo’lishi mumkin.
Metofazada xromosomalarning shakli sentromera- birlachi kisilma( peretyajka) ni joylanishiga ikkilamchi kisilma va yo’ldoshi borligiga bog’lik.
Sentromera xromosoma yelkalarining chegarasini belgilaydi va uni odatda birlamchi kisilma deyiladi.
Ko’pchilik hayvon va o’simlik xromosomalar bitta sentromerli (1ta kisilmali) bo’ladi.
Ba’zilarida ikkita yoki bir nechta sentromera bo’lishi mumkin. Ba’zi xromosomalar esa, ko’rinadigan sentromeralarga ega emas( diffuziya holda). Bo’linish vaqtida sentromeralarga duk(vereteno) iplari birikadi.
Sentromeralarning joylanishi va bir juft xromosoma uchun doimiy bo’ladi. Sentromeralarning holatiga qarab xromosomalar metatsentrik - har ikki yelkasi teng, sub- metotsentrik teng bo’lmagan yelkali va akrotsentrik - bitta yelkasi juda qisqa, xatto ajratib bo’lmaydiganlarga bo’linadi. Ma’lum bo’lmagan sababga ko’ra sentromera xromosomalarning bir uchiga joylashmaydi, shuning uchun telotsentrik- bir yelkali xromosomalar uchramaydi.
Ko’pchilik hollarda xromosomalar ikkilamchi kisilmalarga ega. Ayrim ikkilamchi kisilmalar yadrochani hosil bo’lishi bilan bog’lik bo’lgan mutaxassislashgan qismlardir. Shuning uchun, ularni nukleopolyar zona yoki yadrocha tashkilotchisi deb aytiladi.
Boshqa ikkilamchi kisilmalar yadrocha hosil bo’lishi bilan bog’lik emas va ularning roli aniq emas.
v)Хromosomalar ultrastrukturasi Хromosomalarning tuzilishini submikroskopik tekshirishlarni ko’rsatishicha ularning asosida kalinligi 40-100 A bo’lgan elementar iplar yotadi. Ular DNK dan, asosli oqsil giston va oz mikdor kislotali oqsildan iborat. Kesmalarni dezoksribonukleaza deb ataluvchi
|
ma'muriyatiga murojaat qiling