Blackcurse


  MIТOТIK AKТIVLIKNI  BOShQARILIShI


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140
Bog'liq
sitologiya

6.  MIТOТIK AKТIVLIKNI  BOShQARILIShI. 

  

Hujayralarni  mitotik  va  interfaza  bo’linish  holatlarini  o’rganish  doimo  yangilanib 



turadigan  to’kimalarni  hujayralarida  umumiy  qonuniyat  borligini  aniqlashga  olib  keldi.  Bu 

qonuniyatga  asosan  ko’payish  yo’li  bilan  hosil  bulayotgan  hujayralar  soni  ulayotgan 

hujayralar  soniga  teng  bo’ladi.  Aftidan,  to’kimani  tashkil  kilgan  hujayralar  populyatsiyasi 

uz-o’zini boshqaruvchi sistema  bo’lsa kerak. 

Mitoz soxasida yirik mutaxassis bo’lgan D. Meziya har bir normal hujayra bo’linish 

qobiliyatiga  ega,  ammo  ko’p  hollarda  tormozlangan  yoki  tusilgan  (blokirovana)  bo’ladi 

deb  hisoblang.  Uning  tasavvuricha,  hujayralarning  mitotik  aktivligini  boshqarilishi 

tormozlash yoki tormozni olish prinsipi buyicha amalga oshiriladi. Albatta, tormozlash har 

xil  darajada  xattoki  qaytmas  darajagacha  bo’lishi  mumkin.  Bu  tasavvur  organizmda 

hujayralarning  aktivligini  boshqarilishi  bilan  mos  keladi.  Mitotik  aktivlik  yoki  vaqt  birligi 

ichida  bo’linayotgan  hujayralarning  nisbiy  mikdori  turli  darajada  bo’ladi.  Тurli  organlar 

hujayralarida  mitozning  so’tkali  ritmlari  aniqlangan.  Eng  ko’p  mikdor  mitoz  tinchlik 

davriga,  organizmning  yoki  organning  kuchli  funksiyasiga  past  mitotik  aktivlik  to’g’ri 

keladi.  Ko’p  hollarda  bu  hujayraning mitotik aktivligi gormonlarni  ta’siri natijasida yuzaga 

keladi.  Masalan,  qo’zg’olish  davrida  mitozning  kam  bo’lishiga  sabab  bu  hollarda  ko’p 

miqdorda  ishlab  chiqariluvchi  adrenalin  ta’siridir.  Bo’linayotgan  hujayralarning  sonini 

o’zgarishi  mitozni  fazalarini  o’zgarishi  hisobiga  emas,  balki  interfazaning  turli  davrlarini 

o’zgarishiga  bog’lik.  Masalan,  mitozdan  avvalgi  G2  va  keyingi G1 davrlar ayniksa, turli 

ta’sirlarga  sezuvchan  bo’ladi.  Hujayralarning  bu  davrlarda  ushlanib  kolishi  interfazani 

cho’zilishiga va bo’linayotgan hujayralarning umumiy sonini kamayishiga olib keladi.  

Bularning  hammasi  mitotik  aktivlikka  qandaydir  umumiy  boshqaruvchi  mexanizm 

ta’sir qiladi degan xulosaga olib keladi.  




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling