Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 

56 

beradi.  Yetilishni  birinchi  bo’linishi  profazasi  oltita  stadiyaga  bo’linadi:  proleptonema, 

zigonema, paxinema, diplonema va diakinez.  

 

Proleptonema  stadiyasi  mitozning  ertaki  profazasiga  to’g’ri  keladi.  Хromosomalar 



xaddan  tashqari  ingichka  bo’lib  kiyinlik  bilan  farqlanadi.  Ular  orasida  faqat  jinsiy 

xromosomalargina yaxshiroq ajralib turadi. 

 

Leptonema  xromosomalar  uzun  va  ingichka  ip  shaklida  bo’lib,  unda  juda  ko’p 



burtmalar- xromomeralar joylashadi. Хromosomalari soni kam bo’lgan hujayralarda iplarni 

sanash  mumkin  va  ular  diploid sonda (2n) bo’ladi. Leptonema xromosomalari ko’pincha 

qutblangan  bo’lib,  sentromerasi  bilan  bir  tomonga  yunalgan  bo’ladi.  Хromosomalarni 

bunday o’ziga xos joylashishi “buket” deb nom olgan. 

 

Zigonema  juft  gomologik  xromosomalarni  konyugatsiyasidan-  juftlashishdan 



boshlanadi.  Ba’zan  dastlab  xromosomalarni  qutbiy  uchlari  birikadi  va  karama-qarshi 

tomonlarga tarqaladi, boshqa hollarda esa, konyugatsiya xromosomani turli qismlarida bir 

vaqtda  bo’ladi,  (lokal  konyugatsiya).  Konyugatsiya  juda  annik  va  o’ziga  xos  amalga 

oshadi:  gomologik  xromosomalarni  xar  birining  ma’lum qismlari ikkinchisining xuddi shu 

qismiga  to’g’ri  keladi,  xattoki  bir  xromosomadagi  xromomera  ikkinchasidagiga  to’g’ri 

keladi.  

 

Paxinema  stadiyasida  xromosomalar  konyugatsiyasi  tugaydi.  Ular  qisqarib  ancha 



yugon  iplarni  hosil  qiladi.  Maxsus  metodlar  orqali  bu  vaqtda  har  bir  xromosomani  juft 

strukturalar  ekanini  aniqlash  mumkin.  Shu  stadiyaning  taxminan  o’rtasida,  yadroda yarim 

sondagi  xromosomalar  bo’lgandek  ko’rinadi,  chunki  har  bir  birlik  tikasiga  birikkan 

gomologik xromosomalardan tashkil topgan bivaleit yoki «holida» tetrada bo’ladi. 

 

Gomologik  xromosomalarning  har  biri  uz  sentromerasiga  egaligi  tufayli  bivaleitda 



ikkita sentromera bo’ladi. Paximena stadiyasining o’rtasida har bir gomolog konyugatsiya 

tekisligiga perpendikulyar holda tikasiga yoriladi. Shunday qilib har bir bivaleit endi 4 tadan 

xromatidadan  tashkil  topadi.  Har  bir  gomologik  xromosomalarni  xromatidalari  kiz 

xromatidalar deb ataladi.   

 

Хromosomalarni  tikkasiga  yorilishi  bilan  bir  vaqtda  ajralishi  va  gomologik 



xromatidalar  ularni  almashtirishi  yuz  berishi  mumkin.  Хromatidalarni  qismlari  joylarini 

almashtirib  xromatidaning  qolgan  qismi  bilan  quyilishib  ketadi.  Bu  protsessni  chatishish 

yoki  krossingover  deb  ataladi.  Diplonema  stadiyaisida  tig’iz  birikkan  xromosomalar  bir-

birini  itarishib  tarqala  boshlaydi.  Ammo,  bu  bo’linish  to’liq  bo’lmaydi,  chunki  ular 

krossnigover  yuz  bergan  nuqtada,  ya’ni  xiazmada  o’zaro  birikkan  holda  qoladi.  Хiazma 

deyarli barcha o’simlik va hayvonlar hujayralarida topilgan. Har bir bivalentda kamida bitta 

xiazma hosil bo’ladi, ba’zilarida u ko’proq bo’lishi mumkin. 

 

Diakinez  stadiyasida  xromosomalarning  qisqarishi  kuchayadi,  shu  bilan  birga 



terminalizatsiya,  ya’ni  xiazmani  sentromeradan  xromosomaning  uchlari  tomon  siljishi  yuz 

beradi, bir vaqtni o’zida orliq xiazemalar soni kamayadi.  

Хromatidalar metofaza boshlanguncha terminal xiazmalar orqali birikkan holda kolaldi. 

 

Prometofaza  1  da  xromosomalarning  spirallanishi maksimumga yetadi. Keyinchalik 



yadro qobig’i yuk bo’lib ketadi va  Metofaza 1 ni boshlanishiga xromosomalar ekvatorga 

joylashadi.  Bu  stadiyada  gomologik  xromosomalar  sentromeralari  bilan  karama-qarshi 

qutblarga  qaragan  holda  joylashadi.  Sentromeralar  bir-biridan  borgan  sari  uzoklashadi va 

xromosomalar ajralib ketishga tayyor holga keladi. 





Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling