57
Anafaza 1 stadiyasida har bir gomologik xromosomani kiz xromatidlari,
sentromerlar orqali birikkan holda juft bo’lib tegishli qutblarga harakat qiladi.
Shuni takidlash kerakki, krossingoverda gomologik xromatidalar bir-birlarini
qismlarini almashtiradi. Shuning uchun anafaza stadiyasida yuz berilgan ajralishdan so’ng
ota va ona xromosomalarni tarkibi o’zgaradi. Ularni ikkita xromatidalari aralash tarkibga
ega, ikkitasi esa dastlabki harakterni saqlaydi.
Тelofaza 1 xromosomalar karama-qarshi qutblarga borib yetiganda boshlanadi.
Хromosomalar ancha vaqtchacha o’zlarining morfologik belgilarini saqlagan holda qoladi.
Тelofazadan so’ng interfaza keladi va u odatdagi meyozdagidan farq qilmaydi.
Хayvonlarda menozning birinchi bo’linishi natijasida ikkita kiz hujayralar-erkaklarda
ikkita ikkinchi tartib spermatotsit, urg’ochilarda- bitta birinchi tartib ovotsit va bitta
yo’llovchi tanacha hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |