Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
4.ТRANSKRIPSIYa. Oqsil sintezida DNK ning o’zi bevosita katnashmasligi, hujayra yadrosida DNK borligi, oqsil esa sitoplazmadagi juda maydi strukturalar- ribosomalarda sintezlanishi aniqlangan. DNK da faqat oqsillar strukturasi xaqidagi axborot( informatsiya) bo’ladi va saqlanadi. Maxsus oqsillar hujayrada nuklein namunasi bilan sintezlanadi. Hujayralarni bo’linishida kiz hujayradari ana shu namunani oladilar. Ular esa DNK reproduksiyasi da hosil bo’ladi. Хuddi mana shu taxminni fan tasdiqlamoqda. Buni tajribalarda isbotlandi. Ana shu tajribalardan biri viruslar ustida o’tkazildi. Ma’lumki viruslar juda ajoyib tuzilmalar bo’lib ular tirik bilan ulik chegarasida turadi. Virus oqsilli qobiq bilan uralgan, bir molekula nuklein kislotasidan iborat. Viruslarning kattaligi 16-300 mk gacha bo’ladi. Хamma viruslar qanday hujayralarni zararlashiga qarab 3 ta katta gruppaga-bakterial, o’simlik va hayvon viruslariga bo’linadi. Bakteriya-larlda parazitlik qiluvchi viruslar faglar deb ataladi.
Fag bakteriya bilan tuknashganda uning oqsilli qobiqi tashqarida kolib, nuklein kislotasi baktenriyaning ichiga kiradi. Bu nishonli atomlarni qo’llash orqali aniq isbot etilgan. Bakterial hujayraga virusning birgina nuklein kislotasi kirgandan 20-30 minut utgach hujayra buzilib undan 100-200 ta virus tanachalari chiqadi. Bunda hujayraga kirgan nuklein kislotasi uz nusxasinigina hosil qilmay, balki fagni maxsus oqsilli qobig’ini ham ishlab chiqibdi.
Shunday qilib, virusni oqsil qobig’i molekulasidagi aminokislo-talarni joylanish tartibi xaqidagi axborotni hujayraga nuklein kislotasi olib kiradi. Nuklein kislotalarini oqsil sintezidagi rolini yana ham ishonchliroq bo’lishi uchun olimlar bir qancha tajribalar qildilar. Тamaki o’simligida mozaika kasalligini tarqatuvchi viruslarni ma’lum usullar bilan nuklein kislotasi va oqsilli qismlarga ajratildi. Chiqargan kasallikni mana shu qismlarni har biri bilan hujayrani zararlash mumkinmi? degan savolga javob berishga urinib kurildi. Bu qismlar ayrim holda hujayraga kirib bir butun virus keltirib chaqirarmikin? Ma’lum bo’lishicha virusni faqat oqsilli qismi hujayraga xech qanday ta’sir kilmas ekan, nuklein kislotasini o’zi esa hujayraga kirib, bir butunligi buzilmagan virus paydo
|
ma'muriyatiga murojaat qiling