Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
62 nuleotid tursa, ikkinchi zanjirning usha joyida Т bo’ladi. G ning qarshisida esa hamisha S turadi. Boshqa kombinatsiyalar bo’lmaydi. Informatsion RNK sintezida ham bir nukleotid qarshisida informatsion RNK ning to’ldiruvchi nukleotidi turadi. Shunday qilib, G DNK qarshisida –S RNK, SRNK qarshisida – G RNK, A DNK qarshisida – U RNK, SDNK qarshisida –A RNK turadi. Natijada hosil buluvchi RNK zanjiri uz nukleotidlarining tarkibi va ketma-ket joylashish tartibi jihatidan DNK zanjirlaridan biridagi nukleotidlarning tarkibidan va ketma-ket joylashish tartibidan ko’chirib olingan aniq nusxa hisoblanadi. Informatsion RNK molekulalari oqsil sintezlanadigan joyga, ya’ni ribosomalarga boradi. Oqsilning tuzilish materiali, ya’ni aminokislotalar ham sitoplazmadan usha joyga boradi. Ovkat oqsillarining parchalanishi natijasida hosil bo’ladigan aminokislotalar hujayralar sitoplazmasida doim mavjud. Aminokislotalar ribosomaga mustaqil ravishda bormay, ribosomalarga aminokislotalarni tashib borishga moslashgan maxsus RNK molekulalari ishtirokida boradi. Bular transport RNK (t-RNK) deb ataladi. Bu RNK molekulasining bir uchida aminokislotani osongina va maxkam biriktira oladigan struktura bor. Тransport RNK ning ikkinchi uchida shu aminokislotaga kodi mos keladigan nukleotidlar tripleti bor. Masalan, lizin aminokislotasi t-RNK molekulasining bir uchida lizin “qo’nadigan maydoncha”, ikkinchi uchida esa nukleotidlar tripleti: U-U-U bor. Hozirgi vaqtda kamida 20 ta har xil aminokislotalar va shunga yarasha kamida 20 turli t-RNK mavjudligi ravshan. Demak, har bir aminokislotani tashiydigan o’ziga xos transport RNK bor. RNK timinli nukleotid (Т) urniga uratsilli nukleotid (U) borligini eslatib utaylik.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling