Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.DNK kodi.
2.Gen va kodlash.
DNK ning bir molekula oqsil sintezini belgilab beradigan har bir qismi gen deb ataladi. Har bir gen DNK kush siralining bir qismi bo’lib, unda qandaydir bir oqsil strukturasi xaqidagi axborot bor. Shunday qilib, DNK molekulasi bir qancha genlarga bo’linadi, ularning soni DNK da yozilgan oqsil molekulalari strukturasi xaqidagi axborotlar soniga teng bo’ladi. Oqsil strukturasini DNK strukturasi qanday qilib belgilab berishini tushunish uchun shunday misol keltiraylik. Signallarm va telegrammalari yuborishga yordam beradigan Morze alifbesini ko’pchilik biladi. Morze alifbesida alfavitning barcha harflari qisqa va uzun signallarning birikmalari- nuqta va tirelar bilan ko’rsatiladi. Хozirgi vaqtda telegrafiyada boshqa belgi ishlatilmoqda. Har qanday harf mo’sibat va manfay elektr impulislari bilan beriladi. Bunda bir impuls bitta harfni belgila olmaydi, shuning uchun telegrafchilar ularni turli kombinatsiyalarda ishlatadi. Masalan A harfi Q----Q, B harfi --QQ- , V harfi esa -QQ-Q bilan ko’rsatiladi va xokazo. Demak, har bir harf 5 ta impuls bilan beriladi, bundan oz impulsli kombinatsiya esa hamma harflarni belgilay olmaydi. Kibernetikada shunday bir ob’ektlarni (harflarni) boshqa ob’ektlar (impulslar) orqali ifodalashni kodlash deb yuritiladi. Shartli qisqartmalar yigindisi kod yoki shifr deb ataladi. Morze alifbesi kodga misoldir. Morze kodini biladigan kishi musbat va manfiy impulslar tushirilgan telegraf lentasini kulga olib, undagi yozuvlarni ma’nosini biladi, shifr (kod) ni ochib beradi.
DNK molekulasi ketmakket joylashgan bir necha mingta 4 xil nukleotiddan iborat bo’lib, oqsil strukturasini belgilab beradigan kod hisoblanadi. Morze kodida har bir harfga musbat va manfiy impulslarning muyayyan birikmasi mos kelgani kabi, DNK kodini har bir aminokislotaga ketma-ket bog’langan nukleotidlarni muayyan birikmasi mos keladi.
Morze kodida 2 ta belgi bor, barcha harflarni ifodalash uchun yuqorida aytganimizdek bu belgilarni 5 tadan kombinatsiyasi ishlatiladi. DNK kodi esa oddiyroq. DNK molekulasini tashkil etgan nukle-otidlar to’rt xil. Bularni uchtadan mumkin bo’lgan |
ma'muriyatiga murojaat qiling