Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
64 topilgan) genlardan faqat ozginasi aktiv holda bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda sintezlay oladigan juda ko’p sonli oqsillardan faqat ayrimlarinigina sintezlaydi. Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi hujayradagi genlarning asosiy qismi repressiyalangan holda bular ekan, ya’ni hujayrada bo’lgan axborotni berilish qandaydir holda to’sib quyilgan bo’ladi.
Repressiyaning mexanizmi hozircha aniq emas. Shuning uchun bu xaqda turli gipotezalar ilgari surilgan. Ulardan ko’proq tarqalgan buyicha axborot transskripsiya darajasida, ya’ni i-RNK ga o’tishida yuz beradi. Yukorida ko’rsatilganidek, transskripsiya RNK –polimeraza fermenti ishtirokida bo’ladi. U gen buylab urmalab yuradi va i-RNK hosil bo’ladi. Albatta bu sintezni amalga oshishi uchun RNK polimeraza fermenti makromolekulasi gen biln fazoviy yakinlashishi kerak. Bu esa faqat gen bush bo’lgan holdagina yuz beradi. Agar u bush bo’lmasa, ya’ni uning yuzasi biron modda bilan birikkan holda band bo’lsa, genni RNK-polimeraza bilan o’zaro aloqasi yuz bermaydi- transkripsiya protsessi yuz bermaydi, tegishli oqsilni sintezi repressiyalanadi. Gen yuzasining egallovchi modda, ya’ni repressor giston tipidagi oqsil bo’lsa kerak degan taxmin qilishga yetarli asos bor.
Axborot okimini chegaralash transkripsiya darajasidagin a emas, balki translyatsiya darajasida ya’ni i-RNK matritsasida oqsil sintezlanayotganda ham yuz berishi mumkin. Bu soxada quyidagi gipoteza ilgari surildi: ba’zi germonlar ta’siri ostida ribososmaning i-RNK buylab harakati kuchli tormozlanishi yoki butunlay tuxtalishi mumkin. Boshqa xil gipotezaga asosan, oqsil sintezining borishiga o’sib borayotgan polipeptid zanjir ta’sir ko’rsatadi: gormonlarni yoki ba’zi past molekulali maxsus moddalarni ta’sirida ribosoma strukturasi o’zgaradi va u matritsaga maxkam birikib qoladi. Natijada oqsil sintezi tormozlanadi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling