Blackcurse
Hujayra strukturalarining sekret hosil qilishidagi roli
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
1.2.Hujayra strukturalarining sekret hosil qilishidagi roli.
67
Sekretor hujayrani xomashyo olib, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan fabrika bilan solishtirish mumkin. Bu 2 xodisa orasida juda ko’p o’hshashlik bo’lib har ikkalasida ham oxiri u yoki bu mahsulotni hosil bo’lishiga olib keladi. Butun protsess narsalarni asta sekin yigilishi yuz beradigan zamonaviy “yig’uv konveyerini” eslatadi.
Sekretsiya juda murakkab protsess bo’lib unda hujayrani barcha qismlari va organoidlari katnashadi. Yadro va yadrocha, ribosomalar, mitoxondriylar, endoplazmatik tur va Goldji kompleksining vakuolalar sistemasi “yiguv konveyerida” ya’ni sekret ishlab chiqarishda turli darajada katnashadi.
Sekretsiyani sitologik tekshirishda asosiy e’tiborni tartibga solingan fiziologik vokealar yigindisiga karatilib, bunda hujayraning barcha strukturalari u yoki bu holda katnashadi. Shu munosabat bilan hujayrani ba’zi muhim funksiyalarini esga olish urinlidir.1) xromosomada joylashgan DNKdan tuzilgan strukturali yoki boshqa genlarda RNKni sintezi; 2) ribosomalarni hosil bo’lishida yadrochani ishtiroki; 3) transport RNKsi aminokislotalar kompleksi bilan axborot RNKsini o’zaro ta’siri natijasida ribosomalar, aniqrogi poliribosomada, oqsillarning sintezi; 4) “eksport” qiluvchi oqsilning sirkulyatsiyasini ta’minlovchi endoplazmatik turni roli. 5) sekretsiya mahsulotlarini bir joyda tuplanishi va ularni membranalarga joylanishini amalga oshiruvchi Goldji kompleksini roli. Shunday qilib sekretsiyani o’rganish hujayra biologiyasining juda ko’p bo’limlari bilan bog’lik.
Sekretsiya protsessini Goldji kompleksi bilan aloqasi eng ko’p o’rganilgan. D. N. Nasonov, R. Boven va boshqalarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, sekretor hujayralarda sekret donachalari ko’proq Goldji apparat zonasida hosil bo’ladi. Boven donacha to’liq Goldji apparatini olcha to’ldirilgan savatchaga o’xshatadi. Sekretning mayda donachalari savatchani ostida bo’ladi, yiriklashgan sari ular hujayralarning apikal qismiga siljiydilar. sekretor faoliyatida Goldji apparatining o’zgarishi uni bu protsessga aloqador ekanini tasdiqlaydi. bunda bu apparat kattalashadi, kundalang chizziklar yugonlashadi. Sekret chiqazilgach goldji apparati keskin kichrayadi. Nosonovning ko’rsatishicha bunda Goldji apparatining hujayrada joylashishi ham o’zgaradi. Oshkozon osti bezi hujayralarida sekretsiya boshlanishi bilan bu apparat hujayrani apikal yuzasiga siljiydi, shunga mos holda sekretor donacha hosil bo’lish zonasi ham shu rayonga siljiydi. Bu ma’lumotlarning barchasi Goldji apparatini sekretsiya bilan aloqasi borligini ko’rsatadi, shuning uchun ba’zi olimlar bu apparatni “sekretsiya organoidi” deb ataydilar. Bunda Goldji apparatida barcha sekretor protsesslar sekret mahsulotlarini sintezi va donachalarni hosil bo’lishi joylashgan degan ma’no kelib chiqadi. Ammo bunday deb o’ylash xato ekan. Oxirgi vaqtlarda Goldji apparatini kimyoviy tarkibi xaqida ma’lumotlar olindi. Gistoximik va bioximik metodlar yordamida uning tarkibida lipidlar va oqsillar borligi aniqlandi. Fermentlar esa mikdor jihatdan juda oz ekan. Shuni hisobga olib juda ko’p olimlar sekretor hujayralarni sintetik faoliyatida hujayraning barcha fermentativ apparati bir butun holda ishtirok etadi deb hisoblamoqdalar. Buni oqsil tabiatli sekretlarni hosil bo’lishi ustidagi tekshirishlar yakkol tasdiqlamoqda. Bu holda sekretning sintezlanishida oqsil sintezlovchi barcha zvenolar- yadro va sitoplazma yoki I-RNK sintezlovchi DNK ham, aminokislotalar tashuvchi Т-RNK ham, oqsil molekulalarini yiguvchi ribosoma ham ishtirok etadi. Sintezlangan oqsil modda ribosomadan endoplazmatik tur kanallari orqali, Golji appartiga o’tadi, unda esa sekret donachalari tuplanadi. Nemis sitologi Хirsh ko’rsatadiki, agar sekretor hujayrani fabrika bilan takoslasak, u holda yadro va gialoplazmani uning fermentlari bilan birga ishlab chiqarish sexlariga, Golji apparatini upakovka qiladigan sexga o’xshatish mumkin, chunki uning faoliyati faqat ishlab chiqkilgan mahsulotni shakllantirish va joylashtirish bilan chegaralanadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling