2.2.2.HUJAYRALARNI ELEKТROLIТMASLARGA NISBAТAN O’ТKAZUVChANLIGI.
Elektrolitmaslar har xil kimyoviy xususiyatlarga ega bo’lgan moddalardir. Elektolit
emaslardan suvda erigan
turli gazlar, ko’pchilik spirtlar hujayraga juda tez kiradi, insulin. trisaharidlar esa deyarli hujayraga
kirmaydi.
O’tgan asrni oxiri, bizning asrni boshlarida Overton o’simlik va hayvon hujayralarining ko’pgina
moddalarga nisbatan o’tkazuvchanligini tekshirdi.
U o’zining tajribalariga asoslanib, moddalarni hujayraga kirishiga qarab qatorlarga joylashtirdi
va o’tkazuvchanlik koidasini shakllantirdi.
Overton koidasiga binoan moddalarning hujayraga kirish tezligi molekuladagi uglevodorod
bogni uzayishi, metil, etil va fenil guruppalarini ortishi bilan ortadi. Molekulaga gidrooqsil,
karboqsil yoki amin guruppalarini kiritish bilan uning hujayraga kirish tezligi pasayadi. Overton
aniqlashicha, moddalar yogsimon muxitda qancha yaxshi erisa hujayraga shuncha yaxshi kiradi.
Shunga asoslanib u tashqi membranani yogsimon modda lipoiddan iborat deb taxmin qildi. Bu
keyinchalik to’liq tasdiqlanmadi. Ma’lum bo’lishicha yogsimon muxitda yomon eruvchi suv,
mochevina kabi moddalar ham hujayraga oson kirar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |