Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
3.AMEBOID ХARAKAТ.
Ameboid harakat tirik hayvon hujayrasi hayot faoliyatini mexaniq namoyon bo’lishidir. Bunda protoplazma harakati bilan bir vaqtda hujayra ham deformatsiyaga uchraydi; hujayra shaklini aktiv o’zgartiradi. Psevdopodiyalar hosil bo’ladi ularga sitoplazma okib kiradi.
Bu harakatni amyobalarda osonroq kuzatish mumkinligi uchun amyoboid harakat deb nomlangan. Bu harakatning boshqa hujayralarda ham kuzatish mumkin. Masalan, leykotsit, mezenxima, endoteliya va epiteliya hujayralari shunday harakatlanishi mumkin.
Yalliglanish protsesslarida leykotsit qon tomirlardan chiqkib, amyoboid harakat qilib u yerga boradi. Mastning klassik tekshirishlarining ko’rsatishicha amyobaning protoplazmasi tinik ektoplazmadan, ko’proq qismini tashkil qiluvchi granulali endoplazmadan iborat. Ektoplazma psevdopodiyalar oxirida ancha kengayib gialindli kalpokni hosil qiladi.
Bu olim endoplazmada ikki qismni farqlaydi: harakatsiz periferiya qismi - plazmagelni va amyoba harakatlanganda okuvchi markaziy qism - plazmozolni. Amyoba oldingi qutbida plazmagel bo’lmaydi yoki yupqa kavatni hosil qiladi, shuning uchun amyobani ogzi bog’lanmagan kopga o’xshatish mumkin. Bunday sharoidda endoplazma (plazmozol) psevdopodiyalarga okib o’tadi, orqasidan protoplazmaning qolgan qismlari ham siljiydi. Amyoboid harakatni muxim faktorlaridan biri qattiq yuzaga adgeziyadir (biron narsaga yopishish). Amyoba erkin suyuqlikdan turganda psevdopodiyalar chiqarishi mumkin lekin olga qarab harakat kila olmaydi: agar amyoba biror qattiq yuzaga yopisha olsa ilgarilama harakat qilishi mumkin bo’ladi. Amyoboid harakatni amalga oshiruvchi faktorlarga hujayralarni o’ziga tortish yoki o’zidan itarish xususiyatlariga ega moddalarni ham kiritish kerak. Bu xemotaksis bo’lib organizmni ximoya mexanizmlarida. ayniksa yalliglanish protsesslarida muxim rol o’ynaydi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling