73
hujayralari amiboid harakat qiladi yoki maxsus moslamalar - kipriklar va xivchinlar yordamida
harakat qiladilar.
Biologik harakat reaksiyalari organizmlarni harakatidagina ishlatilmaydi ular hujayrani
ichidagi bo’ladigan protsesslarda ham muhim rol o’ynaydi.
Hujayrani gialoplazmasi tuxtovsiz harakatda bo’ladi, u bilan birga mitoxondriyalar va boshqa
hujayra ichidagi organoidlar harakat qiladi.
Hujayrani funksional holatiga qarab mitoxondriyalar qisqaradi yoki bushashadi. Hujayralarni
bo’linishida xromosomalar juda murakkab harakat qiladi. Ribosomalar oqsillar biosintezida
informatsion RNK buylab harakat qiladi; sintezlangan ipsimon oqsil molekulasi matritsadan
chiqadi va murakkab harakat qiladi. Informatsion RNK DNK molekulasi buylab harakat qiladi, ikki
zanjirli DNK reduplikatsiya vaqtida yoyilib ketadi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |