Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
4.KIPRIKLI HARAKAТ. 74 Qattiq substratda bo’ladigan amyoboid harakatdan farq qilib kiprikli harakat suyuq muxitga moslashgan va mayda maxsus o’simtalar yordamida bo’ladi. Bularni kattaligi, soni har xil bo’ladi. Agar ular oz va uzun bo’lsa xivchinlar deb, qisqa va ko’p bo’lsa kipriklar deb ataladi. Kipriklar va xivchinlar hayvonot dunyosida keng tarqalgan. Masalan: infuzoriya minglab kipriklar bilan ta’minlangan, ularni harakati infuzoriyani muxitdagi aylanma va ilgarilama harakatini amalga oshiradi. Хivchinlar ba’zi bakteriyalar va sodda hayvonlarda ko’p uchraydi. Ko’p hujayralilarda spermatozoid xivchin yordamida harakatlanadi. Oxirgi vaqtlarda mikroskopik tekshirishlarni ko’rsatishcha, spermatozoidning dumida, xivchinda va harakatlanayotgan kipriklarda submikroskopik fibrillar topildi, ularning soni doimo bir xil ammo yugonligi har xil bo’ladi. Normal holda bu fibrillar tutam hosil qilib bir biri bilan mustaxkam bog’lik bo’ladi. Har xil organizmlarning fibrillari soni 11ga teng; 9 tasi periferiyada, 2 tasi markazda joylashadi. Bu son ko’p hujayralilar uchungina emas, balki sodda hayvonlar, ba’zi o’simlik formalariga ham xarakterlidir. Ipchalar tutami o’zlarining asoslari xususiyatlarini o’zgarishi, ko’pchilik bioximik reaksiyalar, qator issiklik, mexaniq va elektroximik jarayonlar mujassamlangan. Muskullar qisqarishi muammosini o’rganish butunlay biologik harakat pritsiplarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Muskullar qisqarishi asosida yotuvchi reaksiyalar har bilan sitoplazmaga botgan bo’lib, maxsus membrana bilan uralgan bo’ladi. Хivchinlar odatda 2 yoki 3 yunalishda tulkinsimon harakatni ta’minlaydi. Kiprikli harakat har xil hujayralarda har xil harakterda bo’ladi: mayatniksimon, spiralsimon, voronkasimon, tulkinsimon harakatlar bo’lishi mumkin. Kiprikli harakatni mexanizmini tushunishga submikroskopik fibrillarni mavjudligi yordam beradi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, kipriklar va xivchinlar muskul hujayralari miofibrillariga gomologdir. Bu ularning qisqarishining mexanizmini har xil deb o’ylashga imkon beradi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling