6.MUSKULLAR QISQARIShI
Biologik harakatning turli shakllari ichida to’liqroq o’rganilgani muskullar qisqarishidir. Bu juda
murakkab xodisadir. Bunda nerv impulsining ta’siri, muskul oqsillarining tarkibini o’zgarishi,
fermentativ qanday harakatni ta’minlovchi reaksiyalar bilan o’xshashdir. Bu tasavvurni ko’pchilik
tekshirishlar tasdiqlamoqda.
6.1.MUSKUL QISQARIShI ENERGEТIKASI.
Hujayraning barcha funksiyasi kabi muskul hujayrasini qisqarishi uchun ham AТF
parchalanishi natijasida ajraluvchi energiya kerak bo’ladi. Agar zaharlar yordamida hujayrada AТF
sintezi tuxtatilsa hujayrada mavjud bo’lgan AТF tugaguncha muskul qisqaradi. Skelet muskullarida
AТF ni mikdori 0,2 -0,4 %.Bu muskulni bir sekund davomida qisqarishini ta’minlaydi. Vaholanki
hujayrada AТF doimo sintez bo’lib turgani uchun muskullar juda uzok vaqt qisqarish xususiyatiga
ega bo’ladi (ayniksa yurak muskuli).
Muskulda AТF ni yetarli konsentratsiyasini ushlab turishda kreatin fosfor kislotasi (KF) ni
roli katta. Bu AТF parchalanib ADF hosil bo’lganda uni qaytadan AТF ga aylanishida kerak
bo’ladigan bir molekula fosfor kislotasini beradi. Bu fosfokinaza fermenti yordamida amalga
oshadi. KF ni hujayradagi AТF regeneratsiyasi uchun zarur bo’lgan fosfat rezervi yoki zapasi deb
qarash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |