Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
76 6.2.MUSKUL OQSILLARI
Muskul qisqarishining substrati bo’lib 2 xil oqsilmiozin va aktin hisoblanadi. Miozinning muskuldagi mikdori nisbatan katta. Bir kilogramm muskulda 200gr oqsil bo’lsa, uning 100 gr miozinga to’g’ri keladi, ya’ni umumiy oqsilning 50% ini tashkil etadi. Miozinning eng ajoyib xususiyatlaridan biri AТFni parchalanishidir. Buni rus bioximiklari V.A. Engelgard va M.N. Lyubimovalar tomonidan 1939 yilda ochildi. Miozin ta’sirida AТF dan 1 mol fosfor kislotasi ajraladi. AТF H3PO4QADFQenergiya.
Shunday qilib miozin, adenozin trifosfataza fermenti bo’lib hisoblanadi (AТF-aza) Yukorida nomlari keltirilgan olimlarni ishlari hujayraning boshqa oqsillarini fermentativ aktivligini tekshirishga undadi va ko’pchiligining fermentativ aktivligi isbot etildi.
Ikkinchi qisqaruvchi oqsil-aktinning mikdori hujayrada miozinni 1G’3 qismini tashkil etadi. 1kg muskuldan 30 gr aktin ajratib olish mumkin. Aktin AТF-aza aktivligiga ega emas. Agar miozin bilan aktin aralashtirilsa uncha mustaxkam bo’lmagan birikma aktomiozin hosil bo’ladi. Aktomiozin esa AТF ta’sirida osongina miozin va aktinga dissotsiatsiyalanadi.
Aktomiozin eritmasi suvga ingichka okim hosil qilib quyilsa, ok murt ip hosil bo’ladi. Bu tekshirishlarda soddalashgan muskul tolasining modeli sifatida ishlatiladi. Muskul modeliga AТF qo’shilsa ma’lum sharoidlarda aktomiozin ipi qisqarish xususiyatiga ega bo’ladi. AТF kushish davom ettirilsa, muskul modeli kuchli qisqaradi. Bu qisqarish normal muskul qisqarishidan deyarli farq qilmaydi. Тajribalarni ishonchli dalillar bilan ko’rsatishicha, muskulning qisqarishi uning qisqaruvchi oqsili bilan AТF ni o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Shunday qilib, AТFni faqat enargiya manbai ekanligi emas, balki u shu energiyani qisqaruvchi sistemaga yetkazib beruvchi faktor ham ekanligi aniqlandi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling