Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
77 sitoplazmada o’ziga xos kanalchalar hosil kilsalar kerak. Shu kanalchalarda granulalarning harakatini kuzatishga erishildi.
Oxirgi vaqtda siklozda mikronaychalarning ishtiroki taxmin qilinyapdi. Caulerpaning bargini sitoplazmasida mikronaychalarning juda ko’p tutamlarini kuzatish mumkin. Mikronaychalar siklozni amalga oshiruvchi harakatlantiruvchi kuchlar rivojlanadigan karkassinch bo’lib xizmat qilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Yukorida aytilgandek hujayralarni harakatlanish reaksiyalari juda ham turli tuman. Bu turli-tuman harakatlarning mexanizmini tushinishga muskullarning qisqarishini tekshirishdagi goya va metodlarni qo’llash orqali erishildi. Jumladan ko’pchilik muammolarni hal qilish uchun hujayra modellaridan, ya’ni 50% glitserin bilan ishlangan hujayralardan foydalaniladi. Bunday ulik, matseratsiyalangan hujayralar ko’p hollarda AТF eritmasiga solinganda qisqarish xususiyatlarini tiklaydi. Bu shuni ko’rsatadiki, hujayrani qisqarishida ham xuddi muskul qisqarishida bo’lganidek AТFni sarflaydi. Bunday natijalar amyobalar, spermatozoidlar, kiprikli epiteliy hujayralari va boshqa hujayra modellari olindi. Bu hujayra AТF eritmasiga solinganda aktiv harakatlana boshlaydilar.
Тurli hujayralarning harakat mehanizmlarini muskul qisqarishi bilan bir xilligini hujayralardan aktomizin kabi oqsilni ajratib olinganligi yanada ishonchliroq tasdiqlaydi.
Spermatozoidlardan spermiozin ajratib olindi, u aktomiozin bilan o’xshash xususiyatlarga ega. Shu kabi oqsillar amyobalardan, mitoxondriylardan va xattoki o’simlik hujayralaridan (mimoza) ajratib olindi. Shunday qilib, juda ko’p xil hujayralarda qisqaruvchi oqsillarni mavjudligi, turli harakatlar asosida o’xshash molekulyar mehamizm yetishini ko’rsatadi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling