Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
7.MIKRONAYChALAR.
Oxirgi vaqtlarda turli-tuman hujayralarni sitoplazmasida mikronaychalarni keng tarqalganligini ko’pchilik tomonidan tan olindi. Ular morfologik jihatdan kiprik va xivchin kabilarga o’xshash bo’ladilar. Mikronaychalar, ma’lum bo’lishicha mitoz, sikloz, hujayra ichi transporti va extimol umuman sitoplazmani harakatida muxim rol o’ynasa kerak. Bu tizilmalar osmiy 4 oksidi kabi fiksatorlarning ta’siriga chidamsiz bo’lganligi uchun ularni tuzilishi elekron mikroskopik tekshirishda glutaral’degid fiksatori qo’llanila boshlagandan so’ng, 1963 yildan boshlab o’rganila boshlandi. Bu naysimon strukturalar dastlab De Robertis va Frasti tomonidan miyelinli nerv tolasidan ajratilgan aksoplazmada kuzatiladi. Mikronaychalar xayvon hujayralaridan tayyorlangan ultrayupqa kesmalarda ham kuzatildi. Ularning ko’ndalang kesigi halqa shaklida bo’lib, kalin devor va markaziy okish qismlar farqlanadi. Mikronaychalarning devori liniyali yoki spiral ipsimon subbirliklardan tashkil topgan. Mikronaychalarning ko’ngdalang kesigida 13 ta subbirlikni ko’rish mumkin. Bu tuzilish kiprik va xivchinlarning tuzilishini eslatadi. Gidralarni nematotsistalarida mikronaychalarni Goldji apparatining vakuolalari bilan aloqasi aniq kuzatiladi xuddi shunday aloqa nerv hujayralarida ham kuzatiladi. Veretenoni yoki dukni mikronaychalari va boshqa sitoplazmatik mikronaychalar chidamchsiz o’tkinchi strukturalar bo’lib, materialni 0 S saqlanganda yoki alkaloid kolxitsin ta’sir ettirilganda yuk bo’lib ketadi. Sitokinez vaqtida ikki kiz hujayralarni juda ko’p mikronaychalar tutgan qismida periyetal’tik tulkin kuzatiladi.
Mikroanaychalar bilan hujayraning harakati o’rtasidagi aloqani Hela hujayralarining kulturasida o’rganildi.
Mikronaychalarni hujayra ichida bo’lgan mayda molekulalarni transportini ta’minlovchi “mikrotsirkulyator sistema” funksiyasini bajarishini taxmin qilinmoqda. Buning uchun ular |
ma'muriyatiga murojaat qiling