Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
63 yuradi-bir tripletdan ikkinchi tripletgacha siljib boradi. Ribosomaning i-RNK ga tegib turadigan joy yakinida oqsil “yigiladigan” punkt bor: polipetid zanjirni hosil qiladigan, ya’ni aminokislotalar o’rtasida peptid bog’larni hosil qiladigan ferment – sintetaza shu punktda joylashadi va ishlaydi.
Ribosomalarda oqsil molekulasi kuydagi mexanizmga muvofiq yigiladi. Polisoma tarkibiga kiradigan har bir ribosomaga tevarak-atrofdagi muxitdan aminokislotalarni “ortgan” t-RNK molekulalari uzuliksiz okim bo’lib keladi. Bular kodli uchi bilan, shu payt ribosomada turgan i- RNK nuleotidlarni tripletiga tegadi. Т-RNK ning karma-qarshi (aminokislotalar joylashgan) uchi ayni vaqtda oqsil yigilayotgan punkt yakiniga kelib qoladi. Ammo t-RNK ning kod tripleti shu paytda ribosomada turgan i-RNK tripletiga komplementar (bir-birini to’ldiruvchisi bo’lganda) bo’lib chiqqandagina t-RNK olib kelgan aminokislota t-RNK dan ajraladi va oqsil molekulasining tarikbiga kiradi. Ribosoma shu vaqtda i-RNK buylab bir tripletga oldinga “qadam” tashlaydi, bo’shagan t-RNK esa ribosomadan sitoplazmaga chiqib ketadi. Bu t-RNK yangi aminokislota molekulasini ushlab oladi va uni ishlabturgan ribosomaga olib kirib oqsil sintezida yana ishtirok etaveradi. Ribosoma i-RNK buylab shu tarika sekin-asta, ketma-ket tripletlar osha harakatlanib boradi va polipeptid bogi zveno ketidan zveno olib o’sadi. hujayraning ajoyib organoidi bo’lgan ribosoma shunday ishlaydi, uni oqsil sintezining “molekulyar avtomati” deb atash mumkin.
Yaqinda ximiklar laboratoriya sharoidida insulin oqsilini sintezladilar. Insulin molekulasida ikki zanjir (A va V) bo’lib ular disulfid bog’lar orqali o’zaro birikkan. A zanjirini sintez qilish uchun 89 bosqichni, V zanjirini sintez qilish uchun esa 138 bosqichni amlga oshirishga to’g’ri keldi. Shunday qilib, insulinni sintez qilish uchun 227 bosqichni amalga oshirish uchun 10 kishi 3 yil mobaynida ish olib bordi. Ayni shu vaqtda tirik hujayrada oqsil molekulasining sintezi sekundda sodir bo’ladi. Shunday tezlikninng sababi, akademik V.A. Engelgard ko’rsatganidek, hujayrada amalga oshadigan sintetik reksiyalar prinsipining xaddan tashqari mukammalligidir.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling