7.OQSIL BIOSINТEZIDA FERMENТLARNING ROLI
Oqsil sintezi protsessining har bir bosqichida fermentlar albatta ishtirok etadi.Oqsil
sintezining barcha reaksiyalari maxsus fermentlar katalizatorligida boradi. Genning boshidan
oxirigacha DNK molekulasi buylab “urmalaydigan” va orqasida i-RNK ning tayyor molekulasini
qoldirib ketadigan ferment RNK – polimeraza i-RNK sinezini olib boradi. Bu protsessda gen faqat
sintez uchun dastur beradi, sintez protsessini esa ferment amalga oshiradi.
Тronsport RNK larning aminokislotalarini ushlab olishga va ularni biriktirishiga imkon
beradigan maxsus fermentlar bor. Nixoyat, aminokislotalarni o’zaro biriktiradigan ferment
ribosomada oqsilni yigish protsessida ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |