Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 

55 

OVOGENEZ 

 

Тuxum  hujayrasining  rivojlanish  sikli  ovogonez  (ovum-tuxum,    genesis-rivojlanish, 



kelib  chiqish)  deb  ataladi.  Ovogonez  birlamchi  jinsiy  hujayra ovogoniydan boshlanadi va 

uch davrga bo’linadi. 1) ko’payish, 2) o’sish va 3) yetilish 

Ko’payish  davrida  ovogoniylar  mitotik  bo’linadi,  bu  esa  hujayralarning  sonini 

anchagina  ortishiga  olib  keladi.  Bu  davr  hujayralarining  xususiyatlari  spermatogonezdagi 

kabi bo’ladi.  

Bir  qancha  mitotik  bo’linishlar  o’tishi  bilan  hujayralar  o’sish  davriga  o’tadi,  bu 

vaqtda  ovogoniy  birinchi  tartib  ovotsitga  aylanadi.  Bu  hujayra  ham  ovogoniy  kabi  ozik 

moddalarni  oson  o’tkazadi. Elektron mikroskop tadkikotlari orqali ovotsitlarning (amfibiy 

va  sut  emizuvchilarda)  qobig’ida  bu  hujayralarning  shimuvchi  yuzasini  anchagina 

kengaytiruvchi mikrovorsinkalar topilgan. Ovogenez vaqtida ovotsitning sitoplazmasida va 

yadrolarida  RNK  ning  mikdori  ortadi.  Bu  unda  shu  kislota  bilan  bog’lik  bo’lgan  oqsil 

sintezining aktivligini ko’rsatadi. 

Usish  kichik  va  katta  davrlarga  bo’linadi.  Ulardan  birinchisida  ovotsit 

sitoplazmasining  ortishi  hisobiga  o’sadi,  yadrosining  xajmi  biroz  o’zgaradi.  Katta  o’sish 

davri  hujayraga  kirayotgan  ozik  moddalar  donachalar  yoki  plastinkalar  ko’rinishida 

ajraladigan maxsus oqsil sariklarning hosil bo’lishi hisobiga yuz beradi. Bir xil hayvonlarda 

sariklik  ko’p  hosil  bo’ladi  va  shunga  ko’ra  tuxum  anchagina  kattalashib  ketadi, 

boshqalarida  u  kam  ajraladi  va  tuxumning  kattaligi  uncha o’zgarmaydi. Sariklik tuplanishi 

tufayli  urg’ochilik  jinsiy  hujayralarning  o’sish  davri  erkaklik  jinsiy  hujayralaridagiga 

nisbatan anchagina uzunroqdir.  

          Birinchi tartib ovotsit yadrosida yuz beradigan murakkab o’zgarishlar birinchi tartib 

spermoatotsit yadrosida kuzatiladigan o’zgarishlarga o’xshaydi. 

Yetilish  davrida  ikkita:  reduksion  va  ekvatsion  bo’linish  yuz  beradi.  Biroq 

urg’ochilarda  bu  o’zgarishlar  natijasida  bitta  birinchi  tartib  ovotsitdan,  erkaklardagidek 

to’rtta jinsiy hujayra emas, balki bitta hosil bo’ladi. Bu hujayra sitoplazmasining bir tekisda 

taqsimlanmasligi  natijasida  sodir  bo’ladi.  Birinchi  bo’linishda,  kiz  hujayralardan  bittasiga  

sitoplazmaning juda ozgina qismi, boshqasiga esa, deyarli xammasi kuchadi. hosil bo’lgan 

kichkina  hujayra  birinchi  yo’llovchi  (qutb)  tanacha  deb  ataladi.  U  keyinchalik 

rivojlanmaydigan  ikkita  yo’llovchi  tanachaga  bo’linadi.  Yetilishning  birinchi  bo’linishida 

hosil  bo’lgan  ikkinchi  hujayra  juda  katta  bo’ladi  va  ikkinchi  tartib  ovotsit  deb  ataladi. 

Yetilishning ikkinchi bo’linishida bu hujayraning yana kichkina hujayra -ikkinchi yo’llovchi 

tanacha  va  juda  katta  yetilgan  tuxum  hujayra  hosil  bo’ladi.  Shunday  qilib,  ovogonez 

protsessida  uchta  kichkina  hujayrachalar  va  bitta  yirik  yetilgan  tuxum  hosil  bo’ladi, 

shakllanish davri bo’lmaydi. Тuxum hujayra ham gaploid xromosomaga ega. Spermatozid 

va  tuxum  hujayralarida  gaploid  sondagi  xromosomalarning  hosil  bo’lishi  yetilishning 

birinchi  bo’linishida  reduksion  bo’linadigan,  ya’ni  meyoz (meiosis-kamayish reduksiyasi) 

deb ataluvchi protsessga bog’lik. 

MEYOZ 

  

Spermatotsit va ovotsitlarni yetilish protsessida bo’ladigan ikkita bo’linish mitozdan 



qator  belgilari  bilan  farq  qiladi.  Bu  o’zgarish  ko’proq  yetilishning  birinchi  bo’linishi 

protsessida  bo’ladi.Profazani  boshlanishiga  mitozdagidek,  DNK  redup-likatsiyasi  yuz 





Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling