Blackcurse
GUANIN-SIТOZIN SIТOZIN-GUANIN
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
GUANIN-SIТOZIN SIТOZIN-GUANIN
DNKning
qo’shaloq zanjiri
molekulasida azotli asoslar xuddi shu kombinatsiyadagina uchraydi. Agar qandaydir usul bilan DNK molekulasidan biror azotli asosni olib tashlasak, uni o’rnini faqat xuddi shunday asos olishi mumkin, boshqalarini kattaligi jihatidan ham, ximiyaviy bog hosil qilish jihatidan ham to’g’ri kelmaydi. Maktabda bu temani o’tishda xuddi shu o’rinda o’quvchilarga unchalik murakkab bo’lmagan masala, ya’ni DNKni bir zanjiridagi nukleotidlarni tartibi aniq bo’lgan holda, 2- zanjirdagi nukleotidlarni tartibini aniqlashni topshirishimiz mumkin. DNKni bir zanjiri doskaga chiziladi, o’quvchilar esa 2-zanjirini to’ldirishadi. Bu bilan o’quvchilarda DNK avtoreproduksiyasi kao’ida dastlabki tushincha hosil bo’ladi. Molekulyar pogonani hosil bo’lishi uchun adenin timinning zaruriy to’ldiruvchisi hisoblanadi, guanin va sitozin bir-birini to’ldiruvchilari bo’ladi. Shularni hisobga olganda DNK molekulasini har 2la zanjirini nukleotidlari bir-biriga to’ldiruvchilardir. Agar DNK molekulasining zanjiridan birisi tegishli nukleotidlarga va fermentlarga ega bo’lgan ximiyaviy muxitda ushlash mumkin desak u holda zanjir avtomatik ravishda 2-sini to’zib olar edi. Bunda hosil bo’lgan 2- zanjir avvalgisini to’ldiruvchisi bular edi. Shunday qilib qulay sharoidda kerakli nukleotidlar yetarli bo’lganda maxsus fermentlar ishtirokida ajralgan DNK zanjirlaridan DNK molekulasi hosil bo’ladi. Bu DNK reduplikatsiyasi yoki avtoreproduksiyasi deyiladi. Hujayralar bo’linishidan avval xuddi shu yo’l bilan DNK mikdori 2 xissa ortadi va kiz hujayralaridagi DNKni mikdori ona hujayralardagi bilan tenglashadi. DNK reduplikatsiyasi oqsil-fermentlarning faoliyati natijasida amalga oshadi. Ferment DNK polimeraza 2 zanjirli DNK molekulasi buylab guyo “urmalab” boradi va orqasida 2ta yangi DNK hosil bulaveradi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling