Ismoil Somoniy
Urushdan so`ng xalq xalifalik istibdodidan xalos bo'ldi.
Ismoil Somoniy bu hududda kechgan uzoq yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanib, markaziy davlat boshqaruvi tizimini va shunga muvofiq keladigan mahalliy idora organlarini vujudga keltiradi.
Bu tizim Ahmad ibn Ismoil, Nasr ibn Ahmad, Nuh ibn Nasr davrida ham takomillashib boradi.
AMIR
Oliy dargoh
Devon
Shayxulislom
Davlat xazinasi
Vazirlik devoni
Davlat ishlari nazorati
Davlatlararo
munosabat
Harbiy ishlar
Qozilik devoni
Pochta aloqalari
xizmati
Bozor, savo-sotiq
ishlari
Davlat mulklari
devoni
Vaqf devoni
Shaharlarda hunarmandchilik korxonalari, karvonsaroy, bozorlar doimiy ishlab turgan.
Shahar maqomiga ega bo'lish uchun kamida 32 xil kasb-hunar turlari faoliyat yuritishi kerar edi.
Qishloqda mahsuloilaridan ishlov berish yo'li bilan har xil matolar ishlab chiqara boshladi. Zandana qishlog'ida sifatli, tilla rang «zandanachi» deb atalgan bo'z to'qish, Samarqanddagi Vador qishlog'ida chiroyli, yumshoq, pishiq «vodoriy» deb nomlangan matolar tayyorlangan. Bu yerdagi to'qilgan matodan mamlakatning oliy amaldorlari ham kiyim tiktirishda foydalanganlar.
Metall ishlash, nodir metallardan, chunonchi, oltin, kumush, mis va boshqa ma’danlardan qimmatli, bezakli buyumlar, asbob-anjomlar tayyorlash shaharlarda keng rivojlangan.
Uch joyda (Buxoro, Samarqand, Farg'ona) kumush pullar zarb etilgan.
Iqto yerlari
Yettisuv, Sharqiy Turkistonda IX asr II- yarmida turkiy qavmlar, elatlarning birikuvi natijasida Qoraxoniylar davlati tashkil topdi.
Mazkur davlatga asos solgan shaxs Abdulkarim Sotuq Bug‘roxon (859-955) yag'molar qavmiga mansub bo'lgan.
Bu davlat hukmdorlari «arslonxon» yoki «qoraxon» unvonlari bilan yuritilgan. Qoraxon so'zining lug'aviy ma'nosi esa turkiy qabilalarda «ulug`», «buyuk» degan tushunchalarni anglatgan.
Qoraxon «Tamg'achxon» ham deb yuritilgan.
Bu davrda Somoniylar davlati ichki ziddiyatlar, sinfiy ixtiloflar natijasida tang holatiga tushib qolgan edi. Bundan foydalangan Qoraxoniylar hukmdorlari - Hasan va Nasr Bug'roxonlar qo'shini Somoniylar qarshiligini qiyinchiliksiz yengib, (992-996 va 999-yillarda) Buxoroni egallaydi.
Somoniylar sulolasining so'nggi vakili Ismoil al-Muntasir (1000-1005) hukmronligi barham topdi. Oqibatda butun Movarounnahr hududlari Qoraxoniylar tasarrufiga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |