Blits-savollari
Download 20.55 Kb.
|
Blits (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Blits savollariga javoblar 1.
“Blits-savollari” 1.Italiya so’zining ma’nosi nima? 2. Apennin yarim oroli qachondan Italiya deb ataladigan bo’ldi? 3. Italiyaning qadimgi aholisi haqida nimalarni bilasiz? 4. Italiyaning tabiati qadimda qanday bo’lgan? 5. Italiya hududida ilk sivilizatsiya qachon paydo bo’lgan? Blits savollariga javoblar 1. Italiya (yunoncha “buzoqlar mamlakati”) deb dastlab o’zining sero’t yaylov-o’tloqlari bilan ma’lum bo’lgan Apennin yarim oroli janubi aytilgan. Apennin yarim oroli o’rtayerdengizi dunyosining eng markazida joylashgan. 2. Apennin yarimoroli mil. Avv. I asrdan boshlab Italiya deb ataladigan bo’ldi. 3. Er. Avv. V asrda Po vodiysiga gallar ko‘chib kelib, u yerdan etrusklarni siqib chiqardilar. Shu sababli bu oika Rimda Tsizlal’p galliyasi deb nom oldi. U sispadan Galliyasi Poning o‘ng qirg‘og‘i va tarnspadan Galliyasi (daryodan shimol tomondagi viloyat) ni o‘z ichiga oladi. Italiyani o‘zi Apenin janubidan boshlanadi. Markaziy Italiyani G'arbiy qismi madaniyat tarixida o‘z yer tuzilishiga ko‘ra muhim rol o‘ynadi. Bu yerda etrusk (hozirgi Florensiya), latin markazi Rim, Kampaniya (Kapuya va Neapol bilan) kabi uch tekislik tashkil etadi. Bu yerdan kemachilik uchun qirg‘oqlari qulay tabiiy portlari bo'lgan Tibr daryosi oqib o‘tadi. Latin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy sharqdan sabin, sharqdan Alban, janubdan Vol’sk tog'lari bilan o‘rab turishi yarim orol tarixida latin xalqlarini yuksalishiga sabab bo‘ladi. Italiyani sharqiy qismi tog‘lik bo‘lib, janubga tomon mars, piligin, marrusen, vistenlar vatani yowoyi sabin tog‘lari cho'zilib ketadi. Undan so‘ng Samnit tepaliklariga yetadi. Janubiy Italiyaning g'arbiy qismida samnitlarga qarindosh togii qabilalar joylashgan tog‘lik Lukaniya va Bruttiya yotadi. Sharqiy qismida suvsiz Apuliya va Kalabriya viloyatlari bo‘lib bu yerda Tarent qo‘ltig‘i orqali Yunonistondan kolonistlar kelgan. Bu yerda Tarent, Regey, Kroton, Metapont, Posidoniya, Eleya kabi ko‘p sonli yunon koloniyalari barpo etilib, buyuk Yunoniston deb atalgan. Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o‘rin tutadi. Orolni sharqiy va janubiy hududlarini yunonlar egalladilar. Bu yerga ilgariroq fmikiyaliklar kelib, Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsala) shaharlariga asos soldilar. Qadimdan Italiyada apelsin va limon daraxtlari o'stirilgan. Italiyaga xurmo va anomi karfagenliklar olib keldilar. Yunonistonga qaraganda Italiyada hosildor yerlar ko‘proq. Ayniqsa, Po vodiysi, Kampaniya, viloyati sikurn va falern navli vinolari bilan mashhur edi. Italiyada dehqonchilik uchun juda ko‘p botqoq yerlar quritilib, sun’iy sug‘orish ishlari amalga oshirildi. Bu ishning mohir ustasi etrusklar edi. Mamlakatda metall juda kam bo‘lgani uchun u chetdan olib kelingan. Faqat Etruriyadan mis va qo‘rg‘oshin, El’ba orolida temir qazib olingan. Metallga ishlov berishda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar. 4. Apenin yarim oroli va uning aholisi Qadimgi Italiya (yunoncha «buzoqlar mamlakati») deb dastlab o‘zining sero‘t yaylov-o‘tloqlari bilan ma’lum boigan Apenin yarim oroli janubi aytilgan. Apenin yarim oroli O’rta yer dengizi dunyosining eng markazida joylashgan bo‘lib, qadimda qulay geografik va iqlim shart-sharoitlariga ega edi. Italiyani sharqdan, janub va g‘arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va Adriatika dengizlar o‘rab, uni O’rtayer dengizining barcha mamlakatlari bilan bog'lagan edi. Er avI ming yillikda Italiyaning shimoliy hududlari mo‘tadil iqlim zonasida bo‘lib, Apenin yarim orolning qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. Shimolda uning tabiiy chegaralari Alp tog‘lari, janubda Messin qo‘ltig‘i uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. Italiyaning g‘arbiy qirg‘og‘i qulay buxtalarga boy bo‘lib, dengizchilik va savdoni rivojlanishiga turtki berdi. Italiyaning ko‘pgina qismini tog‘lar egallaydi, faqatgina 20% hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari Latsiya tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo‘lganligi uchun bu yerda tariq, bug‘doy, polba ekilgan, bog‘dorchilik zaytun daraxtlari va uzumchilik bilan shug‘ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o‘rmonlaiga boy edi. Qadimda foydali qazilmalar ko‘p emas edi: temir, mis, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, qurilish toshi, marmar, loy, tuz. Qadimgi Italiyani 3 qismga bo'lish qabul qilingan: Shimoliy (Liguriya, Alp orti galliyasi va Venetsiya), o‘rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy) va janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya). Apenin tog‘lari janubiy sharqqa cho‘zilib borib Arelin tumanida Adriatik dengizigacha yetib boradi, yarim orolning shimoliy qismi markaziy va janubiy qismidan ajratib turadi. Uning shimoliy iqlimi 0‘rta Yevropa iqlimiga yaqinroq. Yarim orolning bu qismi juda hosildor bo’lib keyinchalik Italiya deb atala boshlandi. Dastlab bu nom yunonlar Italiya deb atagan aholi yashagan Kalabriyaning janubiy tumanlariga nisbatan aytilgan. 5. Qadimgi Rim sivilizatsiyasining yuragiga aylangan Appenin yarimoroli hududida etnik, til va madaiy jihatdan turli-tuman xalqlar yashagan. Uning qadimgi aholisi: Italiyada liqurlar, Sitsiliya orolida – sikanlar, Korsika orolida – korslar, Sardiniyada – sardlar bo’lgan. M.a. II m.y. oxirlaridan Dunay havzasi va Kichik Osiyoning g’arbiy hududlaridan yarimorolga turli qabilalar kirib kela boshlagan, ularning orasida eng ko’p sonlisi indoevropalik italiylar edi. Mil.avv. I mingyillik Italiyaning asosiy aholisini Latsiy viloyatida istiqomat qilgan lotinlar, osklar, umbrlar, sabeylar, shu jumladan samnitlar, sabiniyaliklar tashkil etardi. Lotinlar va sabiniya qabilalarining aralashuvidan rimliklar shakllangan. Tibrdan shimoli-g’arbda Kichik Osiyodan kirib kelgan etrusklar istiqomat qilgan. Etrusklar finikiya alifbosi asosida yaratilgan o’z yozuvlariga ega bo’lishgan. Mohir metallurg, quruvchi, dengizchi bo’lgan etruslar m.a. III asrda rimliklar tomonidan bo’ysundirilgan va ularning yutuqlari rimliklar tomonidan o’zlashtirilgan. Shu tariqa uzoq davom etgan etnomadaniy qorishuv natijasida m.a. I asrga kelib Appenin yarimorolida lotin tilida so’zlashuvchi yagona italiy xalqi shakllangan. Appenin yarimoroli aholisining bir qismini m.a. VIII-VI asrlarda yarimorolda, shuningdek, Sitsiliya orolida o’z kaloniyalarini barpo etgan yunonlar tashkil etgan. Rimliklar yunonlardan juda ko’p sivilizatsiya yutuqlarini o’zlashtirdilar. Appenin yarimoroli aholisi Sitsiliya va Sardiniyada kaloniyalari joylashgan karfagenliklarning ham ta’sirinisezishgan. Shunday qilib, Rim sivilizatsiyasi bir necha omillar ta’sirida shakllangan: umumitaliya madaniy fondining mavjudligi, yunon sivilizatsiyasi va etrusk madaniyatining ta’siri. Download 20.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling