Bloger: akmx


Nima sababdan qattiq disk(HDD)ni defragmentatsiya qilish kerak?


Download 211.75 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi211.75 Kb.
#203898
1   2   3
Bog'liq
Defragmentatsiya

Nima sababdan qattiq disk(HDD)ni defragmentatsiya qilish kerak?


BLOGER: AKMX · 24.10.2015

Defragmentatsiya bu — qattiq disk(vinchester) qismlarini(раздел)  mantiqiy strukturasini yaxshilash(optimizatsiya) maqsadida bajariladigan protsess hisoblanadi. Bu protsess orqali vinchesterdagi fayllar mantiqiy tartiblanadi. Bu protsessni amalga oshirish natijasida, kompyuter ishlashini tezlashtirish va qattiq diskda sodir bo‘ladigan xatolarni oldini olish mumkin.

Defragmentatsiyani ko‘pchilik tushunmaydi va shu sababli, bu ishni bajarishmaydi. Buni tushuntirish uchun o‘sha mashxur misolni keltiraman. Misol uchun sizga, Windows’ga oib biror kitob kerak bo‘lib qoldi, siz kutubxonaga borib, dastlab kompyuterga oid kitoblar joylashgan javonga borasiz, u yerdan boshidan qidirib o‘tirmaysiz, darhol, bu javondan «W» harfiga oid kitoblarni qidirishni boshlaysiz va tez topasiz. Endi o‘ylab ko‘ring, agar kutubxonada kitoblar tartib bilan qo‘yilmagan deylik, hammasi aralash joylashgan, siz o‘zingizga kerakli kitobni topishingiz uchun, ancha vaqt kerak bo‘ladi, natija bor, topasiz agar kerak bo‘lsa, lekin aaaancha vaqtingiz ketib qoladi.

Kompyuterda ham shunday, fayllar ma’lum bir bloklarga bo‘linib, shu bloklar qattiq diskka yoziladi, o‘qish jarayonida bu bloklar birlashtirilib o‘qiladi, agar bu bloklar har xil joyda joylashgan bo‘lsa, to‘liq faylni yig‘ish uchun, biroz vaqt kerak bo‘ladi.

Savol tug‘iladi, qanday qilib bitta fayl bloklari bir necha joyda joylashib qoladi? bu savolga keyinroq fayllarni diskda joylashuvi nomli maqola yozib javob berishga harakat qilaman. Demak, nima sababdan defragmentatsiya qilish lozim?



1. Vinchesterning ishlash vaqtini oshirish uchun, fayllar qancha tartibli joylashgan bo‘lsa, ularni qidirishga ko‘p harakat talab qilinmaydi, vinchesterga yuklama kamroq tushadi.

2.  Kompyuter ishlashini tezlashtiradi, kompyuter ishlashi asosan fayllarni kiritish va o‘qishga asoslangan, tartibli fayllarni o‘qish, tartibsiz fayllarni o‘qishdan ancha tez.


Download 211.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling