Blokcheyn texnologiyalari, uning yaratilishi va ishlatilishi


A1zP1eP5QGef12DMPTfTLmv7Divfna44


Download 25.81 Kb.
bet7/7
Sana28.12.2022
Hajmi25.81 Kb.
#1010123
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
blokcheyn

A1zP1eP5QGef12DMPTfTLmv7Divfna44
Bitkoin-adres - bitkoinlar olish uchun kerakli bo‘lgan birdan bir informatsiyadir. Bitkoinni olish uchun qandaydir dasturiy ta’minotning keragi yo‘q, buning uchun adresni ko‘rsatish kifoya va yana shunisi ham borki, faqat to‘lovchigina tranzaksiyani tarmoqning boshqa qismiga jo‘natishga mas’ul bo‘ladi xolos. Keng aholi ommasi asta-sekin bitkoin, kriptovalyuta va bitkoin tushunchalarining asl ma’nosiga tushunib borayapti. Ammo xozirgi davrga qadar ko‘pchilik insonlar ushbu tizimning o’zi nima ekanligini va u nima uchun xizmat qilishini yaxshi tushunishmaydilar. Shuning uchun ham xozirgi kunlarni internet yaratilayotgan kunlar bilan solishtirish mumkin – unda ham jamiyatning ko‘pchilik a’zolari inqilobiy texnologiya haqida uning tamoillarini tushunmagan xolda eshitishgan va uning jamiyat xayotiga hamda iqtisodiyotga katta ta’sir qilishini aniq sezishmagan. Xozirgi davrda blokcheynning holati brauzerlar paydo bo‘lmasdan oldingi internet tizimining xolatiga o‘xshab ketadi. Blokcheyn tizimiga ham kelajakda internetdagidek qulay va tushunarli bo‘lgan interfeyslar ishlab chiqarilib, u shaffof xolatga keltirilsa, xuddi internet kabi undan ham keng miqyosda foydalaniladi. Klassik tizim bilan blokcheyn tizimining taqqoslanishi quyidagi rasm orqali amalga oshirilishi mumkn (7-rasm).
Blokcheyndan foydalanadigan eng birinchi iqtisodiyot tarmog’i sifatida bank faoliyatini keltirishimiz mumkin. Shuni yana bir marta ta’kidlashimiz kerakki, blokcheyn yangi, markazlashmagan, xavfsiz va shaffof yechim bo‘lib, uning yordamida ma’lumotlarni saqlash va ularni o‘zaro almashinish, ularning haqiqiyligini tekshirish mumkin hamda bu ishlar osongina amalga oshadi. Barcha ishlar foydalanuvchi tomonidan bajariladi, jarayonda uchinchi ishonchli tomonning ishtiroki talab qilinmaydi. Blokcheynning innovativligi va originalligi operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida xuddi shu uchinchi tomon ishtirokining zarur emasligi ekanligidadir. Xozirgi paytda blokcheyn texnologiyasining eng ma’lum va mashxur bo‘lgan ishlatilish sohasi kriptovalyutalar, kriptodevizlar va bitkoinga o’xshash raqamli pullardir. Ammo ushbu texnologiya boshqa yo’nalishlarda ham muvaffaqiyatli ravishda ishtalishi mumkin.
Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling