Blokcheyn texnologiyalari, uning yaratilishi va ishlatilishi


Markazsizlashtirish va taqsimlangan saqlanishi


Download 25.81 Kb.
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi25.81 Kb.
#1010123
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
blokcheyn

Markazsizlashtirish va taqsimlangan saqlanishi
Odamlar hayotining ma’lum bir sohasi bilan bog‘liq har qanday muhim ma’lumotlar biron bir joyda saqlanadi. Uy yoki mashina sotib olish, qarz olish, pul o‘tkazish – bu operatsiyalar bo‘yicha barcha ma’lumotlar qayd qilinadi va markaziy ravishda davlat muassasalari yoki xususiy kompaniyalarning serverlariga joylashtiriladi. Bu ko‘pincha suiiste’mol qilishga olib keladi - xohlaganda, har qanday bazaga kirish va unga tuzatishlar kiritishmumkin.
Blokcheyn texnologiyasi ushbu yondashuvni tubdan o‘zgartirmoqda. Uning mohiyati shundan iboratki, ma’lumotlar bazasi bir joyda saqlanmaydi, balki minglab, hatto o‘n minglab, ba’zan esa millionlab kompyuterlarga tarqatiladi (4-rasm). Ularning barchasining ishgan chiqarish ehtimoli juda kam. Bu orada, hech bo‘lmaganda tarmoqda bitta kompyuter ishlab tursa, blokcheynga asoslangan tizim mavjud bo‘ladi.

Xavfsizlik va himoyalanganlik
Yuqorida aytib o‘tilganidek, har qanday markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi buzilishi va o‘zgartirilishi mumkin. Blokcheyn bilan bu mumkin emas.
Bloklardan birini buzish va undagi ma’lumotni o‘zgartirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, chunki barcha bloklarni buzish kerak va bu juda katta hisoblash quvvatini talab qiladi - chunki yangi bloklarda oldingi bloklar to‘g‘risidagi shifrlangan ma’lumotlar mavjud. Shuning uchun, buzishga urinish tarmoqning boshqa ishtirokchilari tomonidan seziladi.
Elektron raqamli imzo bilan bir qatorda, xesh- funksiyalaridan foydalangan holda kuchli shifrlash algoritmi firibgarlikka to‘sqinlik qiladi.
Imzo ikkita kalitdan foydalanadi - ochiq va yopiqBirinchisi, imzoning o‘zini tekshirish uchun kerak, ikkinchisi uni yaratish uchun ishlatiladi va maxfiydir. Kalitlar ishtirokchilarga ma’lum ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi.

4-rasm. Markazsizlashtirish va taqsimlangan saqlanishi.
Ochiqlik va shaffoflik
Hamma ma’lumotlar bazasi jamoat mulki hisoblanadi va shuning uchun har kim bu yoki boshqa blok ma’lumotlarini ko‘rishi mumkin. Bir foydalanuvchi pulni boshqa foydalanuvchiga o‘tkazishi mumkin - agar xohlasangiz, hamma bu haqda bilib olishi mumkin. Ammo kim pulni kimga o‘tkazganligi sirligicha qolmoqda. Ushbu ma’lumotlar almashuv bevosita ishtirokchilari uchun mavjud, agar ular o‘zlari buni oshkor qilishni istamasalar.

Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling