Bmpn: boshqaruv oqimlari
Download 457.49 Kb.
|
loyihalashtirish javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mohiyat
- Mohiyatlar
Mohiyat ta’rifi:
Mohiyat - umumiy atributlar yoki xususiyatlarni birlashtiradigan real yoki mavhum obyektlar (odamlar, joylar, hodisalar) to'plamidir. Har qanday tizim obyekti faqat bitta mohiyat bilan ifodalanishi mumkin, u unikal identifikatsiyalanishi kerak. Misol: Mohiyat - talaba. Mohiyat namunasi - talaba Ganiyev J.S. Atribut - mohiyatning o'ziga xos xususiyati. Misol. "Talaba" mohiyati "Ism" atributiga ega. "Talaba" (aniq inson) mohiyatining namunasi "Ism" atributining namunasiga ega bo'ladi (masalan,Ganiyev J.S) Munosabat - bu ikki yoki undan ortiq mohiyatlar o'rtasidagi munosabatlar. Munosabatning nomlanishi fe’l so’z turkumi (bor, aniqlaydi, ...) yordamida amalga oshiriladi. Mohiyatlar ma'lumotlar bazasida saqlanadigan ma'lumotlarning turini, munosabatlar bu ma'lumotlar turlari bir-biri bilan qanday bog'liqligini ko'rsatadi. 50.IDEF1X modeli: Mohiyatni aniqlash qoidalari,Atributlarni aniqlash qoidalari Mohiyat unikal nomga ega bo'lishi va birlik ot deb atalishi kerak. Misol: talaba, kredit karta, shartnoma,… Mohiyat o'ziga tegishli bo'lgan yoki munosabatlar orqali meros qilib olingan bir yoki bir nechta atributlarga ega. Mohiyat har bir mohiyat namunasini identifikatsiya qiluvchi bir yoki bir nechta atributlarga ega va ular kalit (tarkibiy kalit) deb ataladi. Har bir mohiyat boshqa mohiyatlar bilan istalgan miqdorda munosabatlarga ega bo'lishi mumkin. IDEF1X yozuvida mohiyat to'rtburchaklar shaklida tasvirlangan, ma'lumotlarni taqdim etish darajasiga qarab, ba'zi farqlar bo'lishi mumkin. 1. Har bir mohiyatning har bir atributi unikal nomga ega. 2. Mohiyat istalgan sonli atributlarga ega bo'lishi mumkin. 3. Mohiyatning o'z va merosxo'r atributlari farqlanadi. Mohiyatning o'zining atributlari model ichida unikaldir. Identifikatsiya qiluvchi munosabatlarni aniqlashda meroslar ota-ona-mohiyatidan o'tadi. 51.IDEF1x ning asosiy xususiyatlari Afzalliklari: O'rganish qulayligi va avtomatlashtirish imkoniyati. Bir qator umumiy CASE vositalari (xususan, ERwin, Design/IDEF) tomonidan qo'llaniladi. Kamchiliklari:Relyatsion axborot tizimlarini yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan. masalan, obyektga yo'naltirilgan tizimlarni loyihalash uchun qo'llanilmaydi. Mavzu sohasini yetarli darajada va to'liq tavsiflay olmaslik. Shu sababli, ma'lumotlar bazasi tuzilmasi haqidagi ma'lumotlar asosida keyinchalik yaratiladigan mijoz dastur kodi murakkab biznes mantig'iga ega samarali dastur yaratishga imkon bermaydi. Buning sababi shundaki, ma'lumotlar bazasida saqlash uchun ma'lumotlar tuzilmasi normallashtirish talablariga bo'ysunadigan jadvallarda taqdim etilishi kerak. 52.AT ning hayotiylik sikli Download 457.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling