Bmt tashkiloti va uning tarixi


Download 134.38 Kb.
bet1/20
Sana20.06.2023
Hajmi134.38 Kb.
#1636354
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
BMT ning xalqaro munosabatlarda tutgan o\'rni


Mavzu: BMT ning xalqaro munosabatlarda tutgan o'rni


Reja:



1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi
2. BMTning O`zbekistondagi Vakolatxonasi Axborot
markazi to`g`risida qisqacha ma`lumot`
3. O`zbekiston rasmiy doiralari bilan muloqot
4. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik
o`rnatish bo`yicha faoliyati


Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi

B iografiyasi


Hozirgi kunda BMT ning (hisob bo`yicha sakkizinchi) bosh kotibi Koreya Respublikasi vakili hisoblanmish Pan Gi Mundir. 2007 yil boshlarida bu lavozimga o`tirishdan oldin Pan Gi Mun 37 yil davomida halqaro munosabatlar sohasida va hukumat tarkibida o`z faoliyatini olib borgan.


Ish faoliyatining muhim bosqichlari
Bosh kotib bo`lib saylanishidan oldin Pan Gi Mun o`z mamlakatining tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri bo`lib ishlagan. Vazirlikda uzoq yillar davomida u prezidentning tashqi ishlar bo`yicha maslahatchisi, milliy havfsizlik bo`yicha bosh maslahatchisi, siyosatni rejalashtirish ishlari bo`yicha vazir o`rinbosari va amerika bo`limi bosh direktori sifatida faoliyat olib borgan. O`z faoliyatini olib borishda Pan Gi Mun o`z hududini va butun dunyoni rivojlantirish hamda barqarorlashtirish yo`lida muhim ahamiyat kasb etgan Koreya yarimoroli g`oyasiga doimo sodiq qolgan.
Janob Panning Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan aloqalarining ildizlari uning 1975 yilda tashqi ishlar vazirligining Birlashgan Millatlar Tashkiloti bo`limida ishlagan paytlariga borib taqaladi. Yillar bilan bu sohadagi ishlar mikyosi kengayib bordi: u Nyu-Yorkda joylashgan BMT qoshidagi Koreya Respublikasi doimiy vakolathonasi birinchi kotibi, Seulda vazirlikning markaziy apparati tarkibidagi BMT bo`limi direktori va Venada elchi, 1999 yilda esa BMT ning butun jahonda yadro quroli tajribalarini taqiqlash shartnomasi bo`yicha tayyorlov komissiyasi raisi lavozimlarida faoliyat olib bordi. 2001-2002 yillarda esa Bosh Assambleya Raisi apparatining boshqaruvchisi sifatida bir qator takliflar bilan chiqqan va buning natijasida inqiroz, ikkilanishlar bilan boshlangan sessiyada bir nechta muhim islohotlar qabul qilinishiga erishgan.
Bundan tashqari janob Pan ikki Koreya munosabatlariga tegishli masalalarni ijobiy hal etishda faol qatnashgan. 2005 yil sentyabr oyida Koreya yarimorolida tinchlik va barqarorlikni ta`minlashga hizmat qiluvchi Shimoliy Koreyaning yadro masalasiga oid oltitomonlama kelishuvda muhim rol o`ynagan shaxs ham Pan Gi Mundir.
Ma`lumoti
1970 yili janob Pan Seul milliy universitetining halqaro munosabatlar yo`nalishi bakalavr darajasi sohibiga aylandi. 1985 yili esa Garvard universiteti qoshida faoliyat olib borayotgan Kennedi nomidagi boshqaruv maktabining davlat boshqaruvi yo`nalishi magistri darajasiga ega bo`ldi.

Download 134.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling