Bmt tashkiloti va uning tarixi
Download 134.38 Kb.
|
BMT ning xalqaro munosabatlarda tutgan o\'rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy ma`lumot
- BMTning O`zbekistondagi Vakolatxonasi Axborot markazi to`g`risida qisqacha ma`lumot
- O`zbekiston rasmiy doiralari bilan muloqot
- Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik
- Nohukumat tashkilotlar va o`quv yurtlari bilan hamkorlik
- Markaz kutubxonasi
- Noshirlik faoliyati
Mukofot va medallari
Janob Pan ko`plab milliy va halqaro mukofotlar, medallar bilan taqdirlangandir. 1975, 1986 va 2006 yillarda u o`z mamlakati ravnaqi va tarakkiyotiga qo`shgan hissasi uchun Koreya Respublikasi oliy ordeni - “Hizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangandir. Shaxsiy ma`lumot Janob Pan 1944 yil 13 iyun kuni tavallud topgan. Turmush o`rtog`i honim Yu (Pan) Sun Dek bilan ular 1962 yili maktabning yuqori sinf o`quvchilari bo`lishgan paytlarida tanishishgan. Ularning bir og`il va ikki qiz farzandlari bor. Koreyschadan tashqari janob Pan ingliz va fransuz tillarida erkin gaplashadi. BMTning O`zbekistondagi Vakolatxonasi Axborot markazi to`g`risida qisqacha ma`lumot Ushbu Axborot markazi – BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi qoshida 1995 yilda ochilgan edi. U BMTning 70 dan ortiq mamlakatlardagi axborot markazlari va xizmatlarning butunjahon tarmog`iga kiradi. Uning markaziy mutasaddi tashkiloti – 1946 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan "dunyodagi barcha xalqlarning Birlashgan Millatlar to`g`risida imkon qadar to`liqroq ma`lumot olishlari maqsadida" tashkil etilgan Nyu-Yorkdagi BMTning Jamoat axboroti departamentidir. Rezolyutsiyada ta`kidlanganidek, "Birlashgan Millatlar Tashkiloti o`z vazifalarini, faqat dunyo xalqlari uning maqsad va faoliyatidan to`liqroq xabardor qilingandagina yaxshiroq amalga oshirishi mumkin bo`ladi". Xuddi shu vazifa BMT fikrlari ifodachisi bo`lgan va shu bilan birgalikda mahalliy jamoatchilik e`tiborini global ahamiyatga ega muammolarga jalb etishga yordam beradigan Jamoat axborot departamentining joylardagi Axborot markazlariga yuklatilgan. Toshkentdagi Axborot markazining asosiy vazifasi – BMT maqsad va vazifalarini yanada yaxshiroq tushunib olishga yordamlashish va odamlarni uning O`zbekistondagi faoliyatini qo`llab-quvvatlashga safarbar etishdir. Bunga axborotlar tarqatish va ommaviy axborot vositalari, hukumat va nohukumat tashkilotlar, ta`lim-tarbiya berayotgan muassasalar va boshqa mahallaiy hamkorlar bilan birgalikda tadbirlar o`tkazish yordamida erishiladi. Markaz Jamoat axborot departamentining joylardagi boshqa bo`limlari singari, BMT tizimi uchun O`zbekistonda jamoatchilik bilan aloqa qilish xizmati rolini ham bajaradi. O`zbekiston rasmiy doiralari bilan muloqot Axborot markazi O`zbekiston davlat hokimiyat organlari, vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari (hokimliklar) va boshqa davlat muassasalari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi. Markaz ularning talab-ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda BMT faoliyati to`g`risida axborotlar taqdim etadi va ularning BMTga taalluqli tashabbus va tadbirlarining amalga oshirish uchun ko`maklashadi. Axborot direktori vazifasini ham bajaruvchi, BMTning O`zbekistondagi Doimiy Vakili tez-tez rasmiy tadbirlarda, bayramlarda va uchrashuvlarda BMT nomidan qatnashib turadi. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik Axborot markazi BMT faoliyati to`g`risida butun dunyoda va mamlakatda axborot materiallari e`lon qilishlari uchun O`zbekistondagi noshirlik va elektron ommaviy axborot vositalariga har tomonlama yordam beradi. Markaz – BMT rasmiy shaxslar va expertlari ishtirokida matbuot konferensiyalari, brifinglar va davra suhbatlari tashkil etadi. Shuningdek, BMT vakili BMTning O`zbekistondagi faoliyati masalalarida, shu singari BMTning global ahamiyatga ega bo`lgan tashabbuslari va loyihalari borasida O`zbekiston televideniesi, radiosi va matbuot organlarida chiqishlar qiladi. Axborot markazi ommaviy axborot vositalariga nashr etilgan, audio va video materiallar taqdim etadi va radio hamda televidenieda BMT to`g`risida muntazam ruknlar, dasturlar tashkil etilishini qo`llab-quvvatlaydi. Markazning matbuot uchun ma`lumotnomalarni tarjima qilishi va Jamoat axborot departamentining matbuot uchun ma`lumotnomalarini va boshqa axborot ma`lumotlarini tarjima qilishi va tarqatishi odatdagi amaliyotga aylanib qolgan, shuningdek, Markazning o`zi ham ro`y berayotgan voqealar hamda Tashkilot loyihalari va uning O`zbekistondagi ixtisoslashtirilgan muassalari to`g`risida matbuot ma`lumotnomalari mustaqil chiqarmoqda. Ommaviy axborot vositalarida BMT faoliyatini yoritishni kengaytirish maqsadida Axborot markazi mahalliy matbuotda BMT mavzui bo`yicha eng yaxshi maqolalar konkursi o`tkazmoqda. Nohukumat tashkilotlar va o`quv yurtlari bilan hamkorlik Axborot markazi O`zbekiston nohukumat tashkilotlari va o`quv yurtlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida Markaz BMT xodimlari va ekspertlarining chiqishlarini tashkil etmoqda, axborot bilan ta`minlashda yordam ko`rsatmoqda, BMT nashr etgan ma`lumotlarni taqdim etmoqda. Shuningdek, Axborot markazi Tashkilotning BMT kuni, Inson huquqlari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni singari nishonlanadigan kunlari to`g`ri kelgan maxsus tadbirlarini o`tkazmoqda, nohukumat tashkilotlariga, ularning BMTga taalluqli o`z tadbirlarini o`tkazishlariga yordamlashmoqda. Markaz O`zbekiston maktablari va oliy o`quv yurtlari bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqotga kirishishni qo`llab-quvvatlaydi, bu hol viktorinalar, BMT "modeli" kabi hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini beryapti. Bundan tashqari Axborot markazi yoshlar davrasiga mo`ljallangan hujjatlar, matbaa mahsulotlari va videodastarlarni tarqatmoqda. Ayni paytda Markaz O`zbekiston nohukumat tashkilotlari bilan BMT Jamoat axborot departamenti o`rtasida rasmiy hamkorlik munosabatlarini o`rnatish uchun BMT bosh qarorgohiga ma`lumotalar va tavsiyalar taqdim etadi. Markaz kutubxonasi Axborot markazi O`zbekistondagi BMT rasmiy hujjatlari va boshqa axborot materiallari, jumladan, plakatlar rasmlar statistik hisobotlar va audiviuzal materiallarning asosiy manbai hisoblanadi. Markaz kutubxonasi barcha talabgorlar uchun ochiqdir. Kutbxona fondida Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy kengashi, Vasiylik kengashi va Xalqaro sud majlislarining rasmiy protokollari, shuningdek, BMTning xalqaro tinchlik va xavfsizlik, barqaror taraqqiyot, inson huquqlari, atrof muhit muhofazasi, demografiya, ijtimoiy taraqqiyot, jahon iqtisodiyoti, qishloq xo`jaligi va boshqa mavzulardagi nashrlari mavjud. Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, Axborot markazi va uning kutubxonasi BMT axborot markazlari butunjahon elektron tarmog`iga ulangan va bu erda BMTning Internetga joylashtirilgan axborot manbaalaridan ham foydalanish imkoniyati mavjud. Markaz kutubxonasi BMT hujjatlari va nashrlarini O`zbekiston kutubxonalariga, oliy o`quv yurtlariga va boshqa muassasalariga muntazam ravishda taqdim etmoqda. U haftaning payshanba, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari soat 14.00dan 17.00ga qadar har doim keluvchilar uchun ochiq. Muloqot uchun telefonlar: (998-71) 1394835, 1391462. Axborot markazi televideniega nohukumat tashkilotlarga va o`quv yurtlariga ularning talablariga binoan berishi mumkin bo`lgan BMT videodasturlari kolleksiyasiga ega. Videodasturlar tomoshasi bevosita Markazning o`zida ham tashkil etilishi mumkin. Bu erda shu kabi seminarlar va boshqa tadbirlar ham tez-tez o`tkazilib turiladi. Noshirlik faoliyati Axborot markazi faoliyatining muhim yonalishlaridan biri – BMT nashrlarini o`zbek tilida qayta nashr etishdan iboratdir. Keyingi yillarda o`zbek kitobxonlari BMTning "BMTni bilasizmi?", "BMT yurtida" kabi taniqli kitoblarni qo`llariga oldilar. Makaz, shuningdek, Bosh Assambleyaning maxsus sessiyalariga bag`ishlangan, BMTning muhim butunjahon konferensiyalariga to`g`ri keladigan axborot materiallarini o`zbek tiliga tarjima qilmoqda va tarqatmoqda. Bundan tashqari, Axborot markazi BMTning O`zbekistondagi dasturlari va agentliklariga ularning davriy hisobotlari va boshqa nashrlarini tayorlashda ko`maklashyapti. Download 134.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling