Bmt tashkiloti va uning tarixi


Download 134.38 Kb.
bet3/20
Sana20.06.2023
Hajmi134.38 Kb.
#1636354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
BMT ning xalqaro munosabatlarda tutgan o\'rni

BMTni bilasizmi?
Ko`pchiligimiz, albatta, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish yoki insonparvarlik yordami ko`rsatish bilan bog`liq faoliyati borasida eshitganmiz. Biroq uning hayotimizga bevosita ta`sir ko`rsatayotgan boshqa ko`plab faoliyatlari to`g`risida zamondoshlarimiz har doim ham batafsil ma`lumotga ega bo`lolmaydilar. Mazkur ishimda Birlashgan Millatlar Tashkiloti o`z faoliyati bilan butun jahon xalqlari hayot tarzini yaxshilashga qanday yordamlashayotgani haqida hikoya qilish bilan birga bu tashkilotning qachon tashkil etilgani va qanday ishlar bilan shug`ullanayotgani borasida qisqacha ma`lumot beriladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti butun insoniyat duch kelayotgan muammolar hal etiladigan markazdir. Mazkur faoliyat Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimini tashkil etuvchi 30 dan ortiq tashkilotning hamkorlikdagi sa`y-harakatlari natijasi o`laroq amalga oshiriladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi tashkilotlar inson huquqlarini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish, turli xavfli kasalliklarga qarshi kurashish, taraqqiyotni barqaror etishga yordamlashish va qashshoqlikka qarshi kurashish borasida kundan kun faolroq ish olib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti muassasalari havo va dengiz orqali xavfsiz va samarali aloqalarni yo`lga qo`yish norma va qoidalarini ishlab chiqadi, tetelekommunikatsiyalarni takomillashtirish va talabgorlar hojatini qondirisha ko`maklashadi, intellektual mulk huquqiga hurmat-e`tibor bilan yondoshish va radioto`lqinlarni tarqatishni tartibga solishga yordamlashadi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi va terrorizmga qarshi kurash xalqaro kompaniyasining ham tashabbuskoridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning muassasalari dunyoning barcha mintaqalarida faoliyat ko`rsatib qochoqlarga yordam qo`lini cho`zadi va Minalardan tozalash dasto`rini amalga oshiradi, ichimlik suvlarining sifatini yaxshilashga yordamlashadi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytiradi, rivojlanayotgan mamlakatlarga qarz beradi va moliyaviy bozorlarni barqarorlashtirishga ko`maklashadi.

Download 134.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling