Bob. 1920-1930 yillarda o‘zbekistonda madaniy inqilob siyosati «shaklan milliy va mazmunan sotsialistik» madaniyatni rivojlantirishlish


BOB. SOVET HUKUMATINING O`ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRGAN TA`LIM SOHASIDAGI DASTLABKI ISLOXOTLARI


Download 288.08 Kb.
bet8/10
Sana26.06.2023
Hajmi288.08 Kb.
#1655149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
pdf.php id=100911

BOB. SOVET HUKUMATINING O`ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRGAN TA`LIM SOHASIDAGI DASTLABKI ISLOXOTLARI VA
UNING NATIJALARI
    1. “Sovet maktablari”ning tashkil topish jarayoni


1917-yil Fevral’ inqilobidan keyin Turkiston taraqqiyparvarlari milliy davlatchilik uchun xarakat boshladilar. 1917 - yilning o`zida to`rt marta Butunturkiston musulmonlari qurultoyi o`tkazildi. U 1917-yil 1 – 11-mayda bo`lib o`tgan I Buturrossiya musulmonlari s`ezdidan so`ng Turkiston musulmon aholisi orasida muhtoriyat masalasi faol ko`tarila boshlandi1.
1917-yil yozida Butun Rossiya Ta`sis Majlisiga saylovlar arafasida turkistonlik taraqqiyparvarlar o`zlarining siyosiy partiyalarini tuzish zarurligini



1 Shamsutdinov R. Karimov Sh. Vatan tarixi. (O’zbеkiston Sovеt mustamlakachiligi davrida) Uchinchi kitob. — Т.:
«Sharq», 2010. - B. 418.
1 Аъзамхўжаев С. Туркистон мухторияти. – Т.: Маънавият, 2000. – Б. 68.
anglab yetdilar. Turkistonlik isloxatchilarning xarakati natijasida Turkiston musulmonlari siyosiy partiyasining dasturi tuzildi, u Skobelev (hozirgi Farg’ona shahri)da 1917-yil 12-14 iyulda bo`lib o`tgan musulmon tashkilotlari qurultoyida tasdiqlandi2.
Oliy maktablarda jumla turklarning umumiy adabiy tili va shevasi bilan dars berilur. Qirq bola yig’ilsa, avalliyatda (ozchilikda) qoladurron millatlar uchun ochilmish ibtidoiy usul maktablarda dars o`z tillarida uqulmog’i majburiydir. Yetarlik darajada talaba bo`lur esa, mahalliyat tashkil qilg’on, millat bolalari uchun tadrisot darslar o`z tillarida bulmoq sharti ila rashidiy va a`dodiy maktablari ochilur.
Maromnomada bayon qilingan jumla maqsadlarg’a etish uchun firqa avvalam janobi va soniyan (ikkinchidan) tabor mehnatkash va millatparvar vatandoshlarga so`yalub va takya qilur.
5-zulqa`da sana 1335-hijriy sana 11-sunbula (11-sentyabr) 1917- millodiy”1.
Maromnomadagi maorif ishlarini jonlashtirish maqsadida Turkiston viloyatlarida qator maktablar ochila boshlandi.
Turkiston ma`rifatparvar va taraqqiyparvarlari 1917-yil oktyabr’ oyida ro`y bergan davlat to`ntarishidan keyin milliy davlatchilik tuzish g’oyalarini yanada tezlashtirdilar. 1917-yil 26 – 28-noyabrda Qo`qon shahrida Turkiston o`lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo`lib o`tdi. Unda milliy davlatchilik masalasi asosiy vazifa sifatida ko`tarildi. 1917-yil 28-noyabr (yangi hisob bilan 11-dekabr) da tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqlanib, Turkiston Muxtoriyati, deb ataladigan bo`ldi. Bu davlat 72 kun yashadi va 1918- yil fevral’ oyida tor-mor qilindi.
O`lkada sovet hokimyati o`rnatilgach, turli sohalar kabi, ta`lim sohasida ham isloxotlar o`tkazila boshlandi. 1918-yilda Farg’onada xalq maorifi xususida s`ezd chaqirildi. Uning qatnashchilari xalq maorifidan, o`qituvchilar ittifoqi, ota-onalar qo`mitalari va xalq maorifi nazoratchilaridan iborat edi. S`ezd kun tartibiga xalq maorifi tizimiga oid qo`yidagi masalalar qo`yildi:

  • Viloyat maktablarini birlashgan xalq maktabi ruhida qaytadan tashkil

qilish;





1 Аъзамхўжаев С. Туркистон мухторияти. – Т.: Маънавият, 2000. – Б. 101-112

  • Tuzem maktabi;

  • Maktabdan tashqari ma`lumot;

  • Maxsus texnik ma`lumot;

  • O`qituvchilar uchun kurslar.

  • Viloyat xalq maorifi Kengashini tashkil qilish va boshqalar.

S`ezd eski maktab masalasini chetlab o`tdi, chunki uning asosiy maqsadi xalq manfaatini ko`zlaydigan yangi milliy maktabni qayta qurish masalasini hal qilishdan iborat edi. Farg’ona viloyatida bu masala to`liq hal qilindi. Ana shunday s`ezd 1918-yilda Andijonda ham o`tkazildi. Natijada, Andijon viloyatida yangi xalq ta`limi tizimi tashkil topdi va rivojlaia boshladi. Masalan, o`sha yiliyoq, Andijonda 2 ta bolalar bog’chasi, 2 ta bolalar uyi, 13 ta milliy maktab, 7 ta rus maktabi, 2 ta politexnikum tashkil qilindi va ishga tushirildi1.
1918-yilda Farg’onada birinchi maktab ochilgan va unda Qori-Niyoziy va Hamza Hakimzoda o`qituvchilik qilgan edilar. O`sha maktab kengayib o`quvchilarning soni 40 nafarga yetgandi.
1918-yilda To`ytepada boshlang’ich maktab tashkil etildi. Unda Oqilxoji Sharafiddinov va Imomxon Husanxo`jayev faoliyat ko`rsatganlar. Toshkentda tajriba-namuna maktablari vujudga keldi. Masalan, Karl Libknext nomidagi tajriba-namuna maktabi Turkistonda maktablarning rivojlanishida turtki bo`ldi. Unga dastlab V.F. Lubensov rahbarlik qilgan. Maktabda kambagal va yetim bolalar o`qitilardi.
Maktabdagi mehnat turlari, qurilish, qishloq xo`jaligi, o`ziga-o`zi xizmat, maktab ustaxonasida ishlash, aholi uchun kerakli ijtimoiy foydali ishlar va boshqalardan iborat edi.
Mehnat bolalarning yosh xususiyati va kuchiga moslab tashkil qilingan. Ta`lim-tarbiya jarayonida o`qishni mehnat bilan qo`shib olib borishga alohida e`tibor berilgan. Fanlardan olinadigan bilimlarni amalda qo`llab o`rganilgan. O`qitishning asosiy metodi nazariyani amaliyot bilan boglashdan, bilimlarni faqat o`qitish yo`li bilan emas, balki o`quvchilar ishtirokida amaliy qo`llanilishi bilan



1 Усмонова М. Н. XX асрнинг 20-30 йилларида анъанавий таълимдан “совет мактаби” га ўтиш. – Б. 63.
olib borilgan.
Umuman, maktab bilimli ishchilar va dehqonlarni yetkazishga xizmat qilgan.
1918-yil sentyabrda Beshyog’ochdagi rus-tuzem maktabi binosida yangi mehnat maktabi ochildi. Unga mahalliy millat farzandlari qabul qilinib o`qish o`quvchilarning ona tilida olib borildi. Maktabda dastlab o`n ikkita yetim bola ta`lim olgan. So`ngra, butun Toshkentdan bir qancha boquvchisiz bolalar terilib mazkur maktabdagi mashg’ulotlarga jalb etilgan. Maktabda o`g’il bolalar bilan birga ularga nisbatan kamroq qizlar ham o`qitilgan. Maktabni mehnat maktabi yoki 3-internat deb atashgan. Unga Almaiy tashkil qilgan boshlang’ich maktab birlashtirilib, Almaiy nomli mehnat maktabi deb atalgan. Maktabda 6 ta sinf xonasi hamda 2 ta fan xonasi mavjud bo`lgan.
Maktabda mehnat tarbiyasi yaxshi yo`lga qo`yilgani sababli uni 1921 – 1923-o`quv yilida o`lka bo`yicha mehnat-tajriba namuna maktabi qilib o`zgartiriladi. Natijada, o`quvchilar soni 150 nafarga yetadi. 1918 – 1919-o`quv yili Toshkentda sobiq Turkiston ASSR Maorif Xalq Komissarligining pedagogika laboratoriyasi huzurida N.G. Chernishevskiy nomidagi birinchi bosqich tajriba maktabi tashkil etildi. Laboratoriya tarkibida pedagogika muzeyi, konsul’tasiya- metodika xonasi, pedagogik tadqiqot muassasasi mavjud edi. Shuningdek, maktab huzurida bir necha kabinet va komissiyalar ishlardi. Ayrim sabablarga ko`ra, pedagogika laboratoriyasi yopilgach, maktab yana Chernishevskiy nomi bilan mustaqil holda ishlay boshlagan1.
Maktabning eng muhim jihati unda bolalar ko`proq amaliy mashg’ulotlar bilan shug’ullanar edi. Boshlang’ich sinflarda rasm chizishgan, loydan turli buyumlar yasashgan. O`rta sinflardagi mehnat darslari ko`pincha yog’och bilan ishlash maqsadida ustaxonada o`tkazilgan. VI – VII sinflarning o`quvchilari asosan, fizika asboblarini yasash bilan shug’ullangan. Maktabning yana bir afzalligi, unda bolalarga muayyan ixtisos berilgani edi. Uning yuqori sinflarini ixtisoslashtirish uchun o`quvchilar ikki guruhga bo`lingan. Masalan, 1924 – 1925-



1 Аъзамхўжаев А.А. Оброзование и развитие Узбекской ССР. – Т., 1971. – С. 113-114.
o`quv yili VII sinf o`quvchilarining bir guruhi o`z hohishlariga ko`ra darsdan bo`sh vaqtlarida alohida soatlarda qishloq xo`jalik ishlari bilan, ikkinchi guruhi esa madaniy-oqartuv ishlari bilan shug’ullangan. Shu tariqa maktab qishloq xo`jalik va madaniy-oqartuv sohalari uchun mutaxassislar tayyorlashga moslashtirilgan.
Turkiston madaniy-ma`naviy va iqtisodiy-siyosiy hayot tarzini yuksaltirish maqsadida tegishli qator mutaxassislarni tayyorlash ehtiyoji tug’ilganligi sababli dastlab, 1896-yilda paxta zavodi qurish maqsadida hunar texnikumi, keyinchalik, 1909-yilda temir yo`l texiikumi, 1912-yilda aviasiya maktabi, Ashxobodda gilam to`qish va Turkqo`rg’onda meva quritish kurslari tashkil etilib, malakali mutaxassislar tayyorlana boshlandi.
1900 – 1917-yillarda tibbiyot, san`at sohasidan kurslar va texnikumlar ochish ehtiyoji tug’ilib, ayollar uchun texnika bilim yurtlari, gimnaziya va progimnaziyalar ochilgan va ularda bichish-tikish, to`qish bilan bog’liq hunarlar o`rgatila boshlangan.
Turkistonning uchinchi s`ezdida oliy maktab tashkil qilish masalasi ko’rildi. 1918-yil 21-aprelda “Oliy maktab muassasalarini tashkil qilish to`g’risidagi Nizom” muhokama qilindi. Toshkentda xalq universitetini ochish masalasi yuzasidan fikr almashildi. Universitet tarkibida tikish-bichish to`garagi, turli kulliyotlar, kutubxona va muzey bo`lishi haqida kelishib olindi. Xalq universiteti bazasida 60 ga yaqin asosan, o`rta maktab o`qituvchilarini hamda turli texnik mutaxassislarni to`plab, Toshkent universitetini tashkil etishga qapop qilindi. Bu universitet tizimida xalq xo`jaligining turli sohalari uchun qisqa muddatda kadrlar tayyorlash va “Amerika tipida” o`rta politexnika kurslarini ochish, ularga 1200 nafar yoshlarni qabul qilish rejalashtirildi. Universitet rahbari A.V. Popov ta`limiy ishlarni yaxshilash uchun jonbozlik ko`rsatgan olimlardan edi1.
1918-yilda, Toshkentda Sharqshunoslik instituti tashkil etildi. Institutning ikkita: ilmiy-nazariy va amaliy bo`limi mavjud bo`lib, ularda o`qish muddati 4 yil qilib belgilangandi. Jami 5 nafar o`qituvchi va 21 nafar xodimlar ishlardi. Bu institutning tashkilotchisi sharqshunos olim V.V. Bartol’d bo`lib, 1920-yil may



1 Аъзамхўжаев А.А. Оброзование и развитие Узбекской ССР. – Т., 1971. – С. 114
oyida universitet qoshida musulmonlar seksiyasi barpo etildi.
Sovetlarning xalq ta'limi, oliy va o’rta maxsus sohasida yuritgan siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri, bu oliy va o’rta maxsus ta'lim tizimini shakllantirish hamda rivojlantirish edi. Har qanday tuzumda bo’lgani singari, sovet hokimiyati ham yangi tuzum g’oyalari va ideallari ruhida tarbiyalangan, unga sadoqat bilan xizmat qiladigan ko’plab yuqori malakali, o’qimishli, ziyoli kadrlarga o’tkir ehtiyoj sezardi. 1920-yil sentabrida Toshkentda tashkil etilgan Turkiston Davlat universiteti shu maqsadga yo’naltirilgan edi. Keyinchalik, O’rta Osiyo universiteti maqomini olgan bu oliygoh o’lkada oliy ta'limni rivojlantirish, yuqori mutaxassis kadrlar tayyorlash o’chog’i bo’ldi. Biroq, bu o’quv dargohi professor- o’qituvchilarining mutloq tarkibi yevropalik millat vakillaridan tashkil topganligidan, undagi o’qitish tizimi birinchi kundanoq faqat rus tilida olib borildi. Unda 43 nafar professor va 43 nafar o`qituvchi Moskvadan kelib o`quv-tarbiya ishlarini olib bordi. Bu esa mahalliy millat yoshlari uchun unga kirib ta’lim olishda jiddiy qiyinchiliklar tug’dirardi. Shuning uchun ham universitet talabalari safida ularning salmog’i juda ozchilikni ashkil etardi. Jumladan, 1923/24-o’quv yilida O’rta Osiyo Davlat universitetida ta'lim olayotgan 2047 nafar talabadan faqat 51 nafari mahalhy millat yoshlari edi, xolos. 1924/25-o’quv yilida bu universitetda 2440 talaba va ishchilar fakultetida 889 yoshlar ta'lim oldi. Universitetda Fitrat, Avloniy, Qori-Niyoziylar ham faoliyat ko`rsatgan edilar1.
XX asrning 20-yillarida O`zbekistonda xalq ta`limi kompartiya va sovetlarning hukmronligi va mafkuraviy iskanjasi sharoitlaridagi taraqqiyot yo`lidan borib, bu sohada bir qadar tashkiliy-amaliy ishlar amalga oshirildi. Ta`lim taraqqiyotida barcha tadbirlar va o`zgirishlar avvalo sotsialistik va kommunistik jamiyat quruvchilarni tarbiyalash va tayyorlashga qaratilgan edi. XX asr oxiriga kelib butun dunyoda har jihatdan o`zining jozibadorligini yo`qotgan va obro`sizlangan kommunistik mafkura 30 – yillardagi sarobga o`xshagan g’oyalari bilan odamlar qalbi va ongidan joy ola bilmadi, o`z maqsadiga erishish uchun



1 Ўзбекистон янги тарихи. Иккинчи китоб // Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. – Т.: Шарқ, 2000.
– Б. 273.
qatag’onlik siyosati hamda mafkuraviy tazyiq siyosatini amalga oshirdi. Bu davrda jamiyat hayotining barcha jabhalari siyosiylashtirilgan, mafkuralashtirilgan va buyuk davlatchilik shovinizmi g’oyalariga bo`ysundirilgandi. Jumladan xalq ta`limi ham ana shu g’oyalarni amalga oshirishga xizmat qilishi lozim edi.
Kompartiya va sovetlarning xalq ta`limi sohasidagi bosh yo`li xalqimizning asrlar davomida amal qilib kelgan milliy ta`lim tizimi va tamoyillarni inqilobiy zarb va sur`atlar bilan yo`q qilish, uning ma`naviy – ruhiy qadryatlarini oyoq osti qilish, yo`li bilan o`zining yaroqsiz mafkurasini singdirishga qaratilgandi.
Mustabid sovet tuzimi XX asrning 20 – yillaridayoq milliy ta`limni barbod qilish, islomiy, sharqona odob-axloq asoslarini shakllantiradigan barcha madaniy muassasalarni barham berishga kirishdi. Bu borada O`z KP MQ VI plenumidagi “Musulmon ruhoniylari va maktab to`g’risida” gi qarorida: “Isloh qilingan maktablar zararli ekanligini hisobga olib, bundan buyon vaqf maktablarini isloh qilishga aslo yo`l qo`yilmasin, shu vaqtgacha isloh qilingan maktablar o`rniga yangi sovet maktablarini ochish, shuningdek, isloh qilingan maktablarda diniy fanlarni o`qitishni hamda umuman ruhoniy shaxslar o`qitishini ta`qiqlash yo`li bilan ham ularni yopish uchun butun choralar ko`rilsin”1 , - deb qat`iy belgilab berilgan edi.
Mustabid tuzum an`anaviy milliy maktablarni yo`q qilishning siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hamda huquqiy asoslarini vujudga keltirishga shu dastlabki yillardayoq jadal kirishgan edi. Ana shunday ahvolda 1919-yilgacha usuli savtiya maktablari bir ko`rinib, bir ko`rinmay faoliyat ko`rsatdi. O`lka o`quv yurtlari bosh inspektori, xususan, N.Ostroumov, V.Nalivkin, S.Gramenitskiy, P.Aznachaev kabi nozirlar maktab dasturlari, kitoblarini sinchiklab tekshirar edilar. Turkiston gubernatori kavaleriya general-leytenanti Samsonov quyidagicha ko`rsatma beradi: “1. Boshlang’ich umumta`lim bilimi beradigan usuli jadid maktablari xalq
o`quv yurtlari inspektsiyasi ruhsati bilan ochiladi.

  1. Usuli jadid maktablari o`qituvchilari ularda ta`lim olayotgan o`quvchilarni o`z qavmlaridan tayinlashni nazorat qilib turish zarur.




1 Аъзамхўжаев А. А. Оброзование и развитие Узбекской ССР. – Т., 1971. – С.125.

  1. Maktablarni ochganlarga shahar va qishloq jamoalariga bu maktablarda umumdavlat tili – rus tilini o`qitishni joriy qilish tavsiya etilsin.

  2. Bunday maktablarni ochishda maktab ochuvchi shaxs yoki jamoadan maktabda o`quv ishlari olib boriladigan o`quv kursi dasturi bilan birga darsliklar nomini taqdim etishni talab qilish zarur.

  3. Mening farmoyishim e`lon qilingan kundan boshlab barcha mavjud usuli jadid maktablarida ushbu qoidalarga amal qilish majburiydir”1.

An`anaviy maktabdan “sovet maktablari”ga o`tish jarayoniga dastlab mahalliy ziyolilar goh yashirin, goh ochiq qarshiliklar ko`rsatishgan. Ana shunday ma`rifatparvarlardan biri Munavvar Qori maktab islohoti, yangi tipdagi o`rta va oliy o`quv yurtini tashkil etishning barcha masalalari bilan jiddiy shug’ullandi. Hokimiyat tepasiga kelgan bir hovuch shovinistlar maorif-madaniyat rivojini asosan o`z xalqlari xizmatiga qo`yadilar. Ana shunday tadbirlardan biri – Turkiston harbiy shtabi qoshida Sharq fakul’tetini tashkil etish, so`ng uni Xalq dorilfununiga aylantirib, konservatoriya ochish bo`ldi. Tatar va o`zbek ziyolilari birlashib, Xalq dorilfununi ochish uchun muzokara o`tkazadilar. Muzokarada “Turon”, “Muallimlar jamiyati”, “Guliston” va boshqa jamiyatlar yig’ilishib bu masala ko`rib chiqiladi.
Yangi Sho`ro hukumati avvalgi ta`lim tizimi, o`quv-tarbiyaviy ishlarni isloh qilish, Xalq maorifi tizimining yangi shaklini joriy etish yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi.
Bunday tadbirlarni amalga oshirish Turkistonda Xalq Komissarlari Sovetining 1918-yil 14-maydagi dekreti asosida boshlandi. Xalq maorifi tizimini tasdiq etish respublika Xalq maorifi Komissarligiga va uning mahalliy Sovetlar huzuridagi bo`limlariga yuklandi. O`quvchilarga ilm-fanning zarur asoslari bilan bir qatorda, mehnat ko`nikmalarini ham bera oladigan yagona sho`ro “Mehnat Maktabi” xalq maorifi uchun asosiy negiz qilib olindi.
Lekin yangi maktablarni vujudga keltirish bir qancha muammolarga duch keldi. Ayniqsa, o`qituvchilarning yetishmasligi, darsliklarning va maktab



1 Мунаввар Қори Абдурашидхонов.Танланган асарлар. – Т., 1998. – Б. 156.
jihozlarining yo`qligi ishni yanada qiyinlashtirdi. Sobiq Turkiston ASSR da yangi tipdagi xalq maorifi tizimini tashkil etishda hukumat RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining “Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish” to`g’risida dekretga muvofiq sobiq Turkiston ASSR Xalq Maorifi Komissarligi aholining hamma tabaqalaridan bo`lgan bolalarni qaysi millatga va jinsiga mansub bo`lishidan qat`i nazar maktablarda tekin o`qitishni Turkiston respublikasida joriy qilish to`g’risida buyruq chiqardi. “Turkiston respublikasi Xalq Komissarlari Soveti 1918-yil may oyining boshida, maktab tubdan qayta quriladi”, deb e`lon qildi. 1917-yil to`ntarishigacha mavjud maktab va umuman, bolalar hamda o`smirlarni o`qitish ishining tashkil etilishiga xos bo`lgan sinfiy tabaqaviylik hamda kamsituvchilikni tezroq bartaraf etish maqsadida shunga qaror qilindi. Bu haqda chiqarilgan hukumat murojaatnomasida: “O`lka Sovetlari s`ezdining irodasini bajara borib, darhol yagona va hamma uchun ochiq maktab tashkil etishga kirishildi. Barcha kirish imtihonlari bekor qilinadi. Hamma bosqich va idora maktablari endilikda yoshi, millati va dinidan qat`i nazar o`qishni istagan hamma kishilar uchun ochib qo`yiladi”, – deyilgan edi. Ushbu murojaatni o`lka aholisi xalq maorifi sohasidagi burilish, chuqur demokratiyalashtirishning yaqqol dalili, deb baholadi1.
Turkiston, respublikasi partiya tashkiloti hamda hukumatining xalq maorifi sohasida amalga oshirgan yangi siyosatiga javoban o`lkada darhol juda ko`plab maktablar ochilgan, ulardagi o`quvchilar soni bir necha baravar ko`paygan. 1918- yilning iyunida Toshkentda maorif xodimlarining birinchi s`ezdi ochilib, unda xalq maorifi sohasidagi ahvol muhokama qilindi hamda uni qayta qurish bo`yicha konkret tadbirlar belgilandi.1918-yil dekabrda Turkiston Respublikasi xalq maorif komissarligi buyruq chiqarib, hamma maktablarda ona tili va rus tili o`qitish to`g’risida qaror qabul qilindi.
Ushbu qarorni qo`llab-quvvatlanilishi natijasida mahalliy millatga mansub xotin-qizlarni madaniyatga, ilm-fanga,ijtimoiy hayotda faol qatnashishga jalb qilish harakati jadal yo`sinda avj olib ketdi. 1918-yilning avgustida esa Turkiston



1 Усмонова М. Н. XX асрнинг 20-30 йилларида анъанавий таълимдан “совет мактаби” га ўтиш. – Б. 69-70.
Respublikasining Markaziy Ijroiya Komiteti maktablarda o`quvchilarni o`z ona tilida o`qitishga o`tish to`g’risida dekret chiqardiki, bu o`lka xalqlariga milliy madaniyatlari istiqboli uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Oradan uch oy o`tgach: “Turkiston maktablarining strukturasi to`g’risida Nizom” chiqarildi. Maktablarni yangi ijtimoiy negizlarda tashkiliy jihatdan tartibga solish hamda qayta qurish maqsadida Xalq maorifi komissarligining buyrug’iga muvofiq, mudirlik, inspektorlik va direktorlik lavozimlari bekor qilindi, saylab qo`yiladigan rais hamda kotib rahbarligida ishlovchi kollegial organ – pedagogika kengashi umumta`lim maktablariga boshchilik qiladigan bo`ldi.
1918-yil noyabr’ oyida Xalq maorifi kengashlari o`quv yurtlarini, ularning turlarini hisobga olgan holda, ro`yxatdan o`tkazdilar va shu asosda yangi maktablar ochish hamda ularni joylashtirish ehtiyojlari to`g’risidagi takliflarni ishlab chiqdilar. Mazkur tadbir ham o`lkada maorif ishini tartibga solishda muhim rol’ o`ynadi. Masalan, “Mehnat maktablari” deb atalgan maktablar ochilib, ularda o`quvchilarning mehnat tarbiyasiga, maktabda politexnika ta`limini amalga oshirishga katta e`tibor berildi. O`lkada mehnatkashlar ommasi madadiga suyangan holda yangi tipdagi maktablar vujudga kela boshladi. Jumladan: Toshkent shahrining eski shahar qismida xalqning bevosita ishtiroki bilan dastlabki
13 ta o`zbek maktabi, Qo`qonda 17 ta o`zbek maktabi va bitta rus maktabi, Andijonda 10 ta o`zbek maktabi va 7 ta rus maktabi tashkil etildi. Shunday qilib, 1918-yilning bahoriga kelib respublikada ishlab turgan maktablarning soni 330 taga yetdi, 1918/1919-o`quv yilining boshida esa Toshkentning o`zida 75 ta maktab va Samarqand viloyatida 100 dan ortiq maktab ishlab turgan. 1919/20- o`quv yilining boshida ishlab turgan maktablar Farg’ona viloyatida 350 taga, Sirdaryo viloyatida 839 taga, Samarqand viloyatida 216 taga yetdi.
Maktablarni tashkil etishda mahalliy aholi orasidan birinchi bo`lib yetishib chiqqan muallimlar Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriy, Ismatulla Rahmatullayev, Abdurauf Fitrat, Ishodxon Ibrat, T.N. Qori- Niyoziy, Munavvar Qori, To`xtanazar Shermuhamedov, Ergash Komilov, Odilxon Sharofiddinov va shu singari ziyolilar faol qatnashdilar.
Xalq maorifi komissarligi mahalliy xususiyatlarni hisobga olib, yerli millatlarning qizlari uchun maxsus maktablar ochib berdi. Shunday maktablardan biri 1917-yilda Beshyog’ochning Zevak (hozirgi Birlik) mahallasida Bashorat Jalilova tomonidan tashkil etildi. Bu maktabda 22 ta o`zbek qizi o`qib turdi. 1920- yilning boshida bunday maktablar Toshkentda 12 ta, Andijonda 2 ta ochilgandi.
Shunday qilib, o`lkada har yili o`rta hisobda 9 tadan yangi tipdagi maktab ochilib turdi. Mahalliy aholidan milliy o`qituvchilar tayyorlash, milliy darsliklar nashr qilish, Sho`ro hokimiyati mafkurasiga asoslangan ta`lim-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish ishlari yuzasidan bir qator tadbirlar belgilandi. Xalq maorifi komissarligi pedagoglar ilg’or tajribasini yoyish hamda ularning metodik jihatdan tayyorgarligini oshirish to`g’risida g’amxo`rlik qilib, toshkentlik ilg’or muallimlarning tashabbusini ma`qulladi. Ular Turkistonda Sho`ro hokimiyatining dastlabki maktablarini tashkil etib, yangi maktab muammolarini o`rganish bilan cheklanmay, balki maktabshunoslik, xususiy metodika hamda pedagogika masalalariga oid materiallarni ham nashr qildilar. Jumladan, “Umumta`lim maktablari bo`limining byulleteni” chiqarildi, fan predmetlari bo`yicha metodik xonalar tashkil etildi1.
1918 – 1919-yillardayoq o`zbek tilida o`quv adabiyotlarini chop etishga kirishildi. Garchi o`sha vaqtda darsliklar hamda o`quv qo`llanmalari nashr etishning ilmiy jihatdan asoslangan istiqbol rejalari mavjud bo`lmasa-da, bunday adabiyotning chiqarilishi o`qituvchilar ishida katta yordam berdi, bu borada kelajakda muhim ishlar amalga oshirilajagiga umid tug’diradi. Shu davrda nashr etilgan o`quv adabiyoti orasida Kruberning “Boshlang’ich geografiya” (u rus tilidan tarjima qilingan edi), tabiiy geografiya bo`yicha o`qituvchilar uchun qo`llanma, “Turkiston” (u Kruber yozgan “Rossiya geografiyasi ocherklari”dan o`zbekchaga ag’darilgandi) qo`llanmasi, birinchi va ikkinchi sinflar uchun arifmetika masalalari to`plami (Valishevning tatar tilidagi darsligining tarjimasi)
T.N. Qori-Niyozovning tabiatshunoslikka oid qo`llanmasi (“Tabiatning bir bo`lagi”) shular jumlasidandir.



1 Усмонова М. Н. XX асрнинг 20-30 йилларида анъанавий таълимдан “совет мактаби” га ўтиш. – Б. 69-70.
1920-yilgacha o`quv adabiyotini chop etish ishlari bilan respublika Xalq maorifi komissarligi shug’ullangan edi, shundan so`ng bu ish yangi tashkil etilgan Turkiston Davlat nashriyoti zimmasiga yuklatildi.
Sho`ro hukumati xalq maorifiga doir tadbirlarni amalga oshirar ekan, o`qituvchilar tayyorlashga ko`proq e`tibor berdi. Turkistonda 1917-yil to`ntarishidan oldingi davrdan qolgan muallimlar seminariyasini hisoblamaganda, o`quv-moddiy baza yo`q edi. Shuning uchun dam o`qituvchilar, tayyorlash ishi bu yerda juda murakkab bo`ldi. Milliy maktablar uchun muallimlar tayyorlashni deyarli yangidan boshlash kerak edi. Tez orada Toshkent o`qituvchilar tayyorlashning markaziga aylandi, 1918-yilning iyunida bu, yerda dorilmuallimin (yerli millat yoshlaridan muallimlar tayyorlash instituti) ochildi. Muallimlar tayyorlash uchun olti oylik va qisqa muddatlik o`lka kurslari ochildi1.
Sovet hukumati mahalliy avom xalq ishonchini qozonish, eng avvalo, kambag’allar, yo’qsillar farzandlarini o’qitish, ularni savodli, bilimli qilish uchun o’zining dasturiy maqsadiga javob beradigan sovetcha ta'limni rivojlantirishga asosiy e'tibor berdi. 20-yillarda O’zbekiston hayotidan muhim o’rin olgan birinchi va ikkinchi bosqich maktablari shunday ta'lim berishga mo’ljallangan bilim dargohlari edi. Masalan, 1921-yilda Turkistonda 165645 o’quvchisi bo’lgan 1965 ta 1-bosqich (boshlang’ich) va 6500 o’quvchisi bo’lgan 58 ta 2-bosqich (o’rta) sovet maktablari faoliyat ko’rsatgandi.
1920-yil 17-sentabrda Turkiston ASSR hukumati o’lkada 8 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan kishilarni o’qitish va savodxon qilish to’g’risida dekret qabul qildi. Bundan ko’zda tutilgan maqsad mahalliy xalqni tobora sovetlar siyosati va mafkurasi ta'siriga olish, uning yangi tuzumga xayrihohligini kuchaytirish edi. Shularni hisobga ollb respublikaning turli hududlarida son-sanoqsiz savodsizlikni tugatish kurslari tashkil etilib, faoliyat ko’rsatdi. Ularga turli yoshdagi kishilar, erkaklar va ayollar jalb qilinib, o’z savodlarini chiqardilar. Jumladan, 1928 – 1932-



1 Ҳошимов К., Нишонова С., Иномова М., Ҳасанов Р. Педагогика тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – Б.272-278.
yillarda O’zbekistonda jami 700 ming nafar kishi savodsizlik kurslarini tugatgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1933 – 1937-yillarda 1,4 mln. kishini tashkil qilgan1.
1923-yilda Turkiston ASSR Maorif Xalq Komissarligi huzurida savodsizlikni tugatish bilan shug’ullanuvchi o`lka favqulodda komissiyasi tuzildi. Respublikadagi barcha oliy o`quv yurti talabalari hamda ishchi fakul’tetlaridagi o`quvchilarning hammasini savodsizlikni tugatishga safarbar qilindi. Milliy chegaralash arafasida Turkiston Davlat universiteti yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab beradigan eng katta manbagina bo`lib qolmasdan, shu bilan birga, Markaziy Osiyoda oliy ta`lim tizimini vujudga keltirish uchun baza bo`lib qoldi.
30-yillarga kelib respublikada malakali o’qituvchi kadrlar tayyorlaydigan ko’plab pedagogika institutlari va O’rta maxsus pedagogik bilim yurtlari tashkil qilindi. Bu esa xalq ta'limi tizimi faoliyatini ancha yaxshilashga turtki berdi. Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo’lsak, 1928/29-o’quv yilida respublikamizda o’qituvchilar soni 5,5 ming kishiga teng bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1932/33- o’quv yilida 19 ming kishini, 1941-yilda esa 42 ming kishini tashkil etdi. Garchand bu raqamlar xalq ta'limi tizimida yuz berib borgan muayyan ijobiy o’zgarishlarni ko’rsatsada, biroq bu sohada huddi shu davrlarda ko’plab jiddiy xato, nuqsonlar, yo’qotishlar sodir etilganligidan ko’z yumib bo’lmaydi.
Sovet hukumati ta'lim tizimini, yangi avlod tarbiyasini to’liq ravishda o’z izmiga bo’ysundirish maqsadida arab alfavitiga asoslangan eski o’zbek yozuvini ham tubdan isloh qilishga kirishdi. Shu maqsadda 1929-yilda arab imlosi asosidagi o’zbek yozuvi tugatilib, undan lotin grafikasiga o’tildi. Bundan ko’p vaqt o’tar- o’tmasdan, 1940-yilga kelib sovetlarning birdan-bir yagona orzusi bo’lgan kirillisa

  • rus alfaviti negiziga qurilgan yozuvga o’tildi. Birgina o’zbek yozuvini o’zgartirish borasida qo’llanilgan bunday xatti-harakatlar respublika xalq ta'limining keyingi taqdiri, istiqboli uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqardi. Eng achinarlisi, buning natijasida necha asrlar davomida xalq dahosi, buyuk bobokalonlarimiz aql-zakovati tomonidan yaratilgan bebaho ma'naviy manbalar,




1 Ўзбекистон янги тарихи. Иккинчи китоб // Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. – Т.: Шарқ, 2000.
– Б. 270.
asarlar, risolalarni o’rganish musnkul muammoga aylanib qoldi. Negaki, ular arab yozuvida bitilgan edida!
Arab imlosida nashr etilgan milliy ruhdagi ko’plab o’quv adabiyotlari ham ayni shu yillarda taqiqlab qo’yildi. Yana shuni aytish joizki, shu davrda ommaviy tarzda “sovet ta'limi”ni olib, turli maktab va savodsizlik kurslarini bitirib, zo’rg’a savodini chiqarib endigina hayotga qadam qo’yganlar “ishonchli shaxslar” sifatida topilib, mafkuraviy saralash asosida o’z vazifalaridan chetlatilgan tajribali, bilimdon, professional ziyolilar o’rnini egallab borganlar.
Ayni paytda mahalliy aholi yoshlari orasidan maxsus tanlab olinib, partiya, sovet va xo’jalik organlarida ishlash, sotsialistik qurilish jabhalarida aktiv faoliyat ko’rsatishga da'vat etilgan rahbariy kadrlar tayyorlashga ham alohida e'tibor qaratildi. Negaki, hukmron partiyaning “oltin fondi” hisoblangan bunday kadrlarni ko’plab tarbiyalab, voyaga yetkazish O’zbekiston sovetlar siyosatini to’laqonli o’tkazishda muhim kafolat bo’lib xizmat qilardi-da. Shu maqsadlarni ko’zda tutib 1923-yilda Turkiston kommunistik universiteti ochildi. Unda o’lkaning bo’lg’usi sovet kadrlari “markscha-lenincna” talimot negizlarini qunt bilan egallab bordilar. Shuningdek, bu davrda Turkistonda 2 ta markaziy, 5 ta viloyat va 5 ta uyezd partiya sovet maktablari faoliyat ko’rsatmoqda edi. Ularda o’qiyotgan 1312 nafar tinglovchining 10 foizini xotin-qizlar tashkil etardi.
Moskvadagi Sharq mehnatkashlari kommunistik universitetida esa 1923- yilda 77 nafar turkistonlik yoshlar ta'lim oldi. Ulardan o’zbeklar 24, turkmanlar 24, qozoq-qirg’izlar 29 kishi edi1.
Sovet hukumati 20 – yillarda ta`lim sohasida bir qator tadbirlarni amalga oshirgan bo`lsa-da, oliy va o’rta maxsus ta'lim tizimi oldida ham hali ko’plab jiddiy muammolar ko’ndalang bo’lib turardi. Maxsus o’quv qo’llanmalari, darsliklar, boshqa o’quv-uslubiy jihozlar milliylik, yurtning o’ziga xoslik jihatlaridan nihoyatda uzoq bo’lib, ular asosan Markazdan tayyorlab yuborilardi. Mahalliy professor-o’qituvchilar tarkibi nihoyatda kam bo’lganligi bois ko’pchilik



1 Ўзбекистон янги тарихи. Иккинчи китоб // Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. – Т.: Шарқ, 2000.
– Б. 275.
fanlar va predmetlarning o’qitilishi asosan yevropalik olimlar tasarrufida edi. Oliy ta'lim tizimidagi o’qish jarayoni asosan rus tilida olib borilardi. Buning ustiga 30- yillarda avjiga mingan stalincha qatag’onlik shamshiri ko’proq milliy kadrlar boshida sindiki, bundan respublika ta'lim tizimining barcha bo’g’inlari katta ziyon- zahmat chekdi, ancha mahrumliklarga duchor bo’ldi.



    1. Download 288.08 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling