Bob. Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik asoslari


Download 0.86 Mb.
bet4/39
Sana08.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1254183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Tadqiqotning dolzarbligi: Pedagogik kasbi bir paytning o’zida ham islohatchilik, ham boshqaruvchilikni talab etadi. Shaxs kamolotini boshqarish uchun esa kompetent bo’lishi lozim. Shuning uchun o’qituvchini kasbiy kompetentligi tushunchasi uning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarligi hamda yuksak darajadagi mahoratini ifodalaydi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunining
5-moddasida «Yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega» ekanligi ko’rsatilgan. Shunga ko’ra bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarning kasbiy kompetentligi tarkibi pedagogik ko’nikmalar orqali namoyon bo’lishi mumkin. Kasbiy tayyorgarlik modeli umumiydan xususiy ko’nikmalar yo’nalishida belgilanishi maqsadga muvofiq. Ma’lumotlar va voqeylikni nazariy tahlil qila olish ko’nikmasi bilan uzviy bog’liqlikda pedagogik fikrlash va amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasi umumiy ko’nikmalar sirasiga kiradi. Bu har ikkala ko’nikmani sezgi, tajriba va nazariy darajalarda ro’y beradigan aniq fikrlashdan mavxumlikka o’tish jarayoni asosini tashkil qiluvchi ko’nikmalar birlashtirib turadi. Tahlilni nazariya darajasigacha yetkaza olish ko’nikmasi – bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilariga ta’lim berishning muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Umuman olganda, professional o’qituvchining kasbiy xususiyatlar talablariga mosligi pedagogik ko’nikmalarning pedagogik fikirlash va amaliyot yuritish bilan bog’liq jihatlarning mosligini anglatadi. Pedagogik vazifaning umumiylik darajasiga qaramay ilmiy asoslangan tizimini yaratish asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi ham aynan shundadir.
Tadqiqot ob’ekti: Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga tayyorlash jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish mazmuni va metodikasi.
Tadqiqotning maqsadi: Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini treninglar orqali shakllantirish mazmuni, metodlari, vositalarini takomillashtirishdan iborat.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling