Bob dastur va dasturlash tillari. Python dasturlash tili va uning imkoniyatlari


Download 0.97 Mb.
bet2/18
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1567169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
7 mavzu

Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, kompyuter texnikasidan samarali foydaianish ikki qism texnik va dasturiy ta’minotning uzviyligini talab etadi. Bu uzviylik kompyuter texnik ta’minotining jadal sur’atlar bilan takomillashib borishiga mos dasturiy ta’minotni ham keskin sur`atlar bilan rivojlnnishiga sabab bo`ladi, va aksincha. Buning sababima’lum, mos dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter «qimmatbaho o`yinchoq» bo`lib qolaveradi.
Ma’lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval uning modeli va algoritmi tuziladi, so`ng mazkur algoritm ma’lumbir qonunqoidalar asosida kompyuter tushunadigan tilda ko`rsatma buyruqlar shaklida yoziladi. Hosil bo`lgan kompyuter tushunadigan tildagi matn dastur matni, algoritm esa dastur deb ataladi. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi.


  1. BOB DASTUR VA DASTURLASH TILLARI.

    1. Python dasturlash tili va uning imkoniyatlari.

Dasturlash tillarini shartli ravishda quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:


Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog`liq bo`lib, buyruqlar maxsus raqam (kod)lar yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo`lib, ularni tahrir qilish ancha mushkul ish hisoblanadi. Dastlabki elektron hisoblash mashinalarida («ENIAC», «МЭСМ» va boshqalar) masalalarni yechish uchun ana shunday buyruqlar yordamida dasturlar tuzilgan.


Quyidagi jadvalda dasturlash tili rivojlanishi tarixidan ma’lumot berilgan.


Dasturlash tili

Ishlab chiqilgan yil


Dasturlash
tili

Ishlab chiqilgan yil

Plankalquil

1946

Logo




1967

Qisqa kod

1949

Algol 68




1968

Assembler “Edsak”,
AO

1950

APL




1969

Avtokod “Madlen”

1953

Paskal




1970

Tezkor kodlash

1955

Fort




1971

A-2, Flou-metik

1956

Prolog,
Ada

Ci,

1972

IPL-1, Matn-metik

1957

Smoltok




1980

Fortran

1958

VBA




1990

Algol 58

1959

VC++




1993

APT, LISP,
Algol-60

Kobol,

1960


Java

1994

PL/1, Basic




1964

Delphi

1995

Algol W




1965

С ≠

2000

Dastur tuzishni osonlashtirish maqsadida inson tiliga yaqin bo`lgan buyruqlar tizimini qo`llash masalasi qo`yildi va hal etildi. Bu kabi dasturlash tillari o`rta darajadagi dasturlash tillari (ba’zan assemblerlar) deb yuritila boshlandi, Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSH, AVTOKOD-MADLEN va boshqalar kiradi. Ular BESM- 6, Minsk-22, Minsk-32, IBM-360 elektron hisoblash mashinalarida qo`llanildi. Masalan, ST 5, BSUM ifoda 5 raqamini BSUM deb nomlangan yacheykaga joylashtirilsin (ST-storejoylashtirish) degan buyruqni beradi.



    • Rasmiy sayt –www.python.org

    • Python mashhur dasturlash tili. U Guido van Rossum tomonidan yaratilgan va 1991 yilda chiqarilgan.

    • Python – bu o'rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo'lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma'lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.

Stack Overflow saytining 2019-yildagi dasturchilar o’rtasida dasturlash tillari bo’yicha olib borilgan so’rovnomasida, eng qulay va ko’p foydalaniladigan dasturlash tillari ro’yxatida Python JavaScriptdan so’ng ikkinchi o’rinni egallagan. Shu bilan bir qatorda dunyoning Twitter, Pinterest, HP, Symantec, Instagram va Groupon kabi yirik korxonalar aynan Python dasturlash tilidan foydalanmoqda. YouTube, DropBox, Google va Quora kabi dunyoning mashhur online platformalarining dasturiy ta’minoti ham aynan python dasturlash tilida yozilganligi ushbu dasturlash tiliga bo’lgan talabning yuqori ekanligini anglatadi. Python nafaqat web sohasida balki sun’iy intellekt va robotexnika sohasida ham yuqori talabga ega til hisoblanadi.

Python dasturini kompyuterga o‘rnatish bir necha bosqichlardan iborat.



  1. https://www.python.org/downloads/windows/orqali rasmiy veb saytiga kirib, kompyuteringizning texnik parametrlarini hisobga olgan holda eng so‘nggi versiyasini yuklab olamiz. Kompyuterning texnik parametrlariga, razryadi, (64 bit yoki 32 bit) qaysi operatsion sistema o‘rnatilganligi va boshqa parametrlar kiradi. Biz hozir sizga 64 bitli kompyuter uchun o‘rnatish jarayonini tushuntirib o‘tamiz.


1-Rasm

  1. Yuklab olib o‘rnatishni boshlaymiz. Pastdagi rasmlarda o‘rnatish jarayoni rasmlar ketma – ketligida keltirilgan.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling