Bob dastur va dasturlash tillari. Python dasturlash tili va uning imkoniyatlari


Download 0.97 Mb.
bet6/18
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1567169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
7 mavzu

Pythonda izohlar


Izohlar quyidagi holatlarda ishlatiladi:

  • Koddagi bajarilayotgan ishlarni tushuntirish uchun;

  • Kodning o’qilishini yanada osonlashtirish uchun;

  • Kodning ba’zi qismlarini vaqtincha hisobga olmay turish uchun;

Izohlarni hosil qilish


Izohlar # belgisi bilan hosil qilinadi va python o’sha qismni kod deb qabul qilmaydi:
# Bu yerda izoh print("Salom dunyo")
Izohlarni kod yozilgan qator oxiriga yozish ham mumkin:
print("Salom dunyo") #Bu yerda izoh
Kodning biror qismini izohga kiritsak o’sha qism natija bermaydi. Quyidagi holatda Salom dunyo jumlasi ekranga chiqmaydi:
# print ("Salom dunyo") print ("Dasturlashni o'rganamiz")

Izohlar dastur kodini o'qiyotganlar uchun foydali bo'ladi va dastur nima qilishini oson tushunishga yordam beradi. Unga yechimdagi muhim joylarni, muhim bo'lgan qismlarni yozish mumkin.

Ko’p qatorli izohlar


Python ko’p qatorli izohlar hosil qilish uchun alohida belgiga ega emas . Shuning uchun har bir qator uchun alohida # belgisi ishlatiladi. Ammo 3 talik qo’shtirnoq ichiga yozilgan matnni o’zgaruvchiga biriktirilmasa ko’p qatorli izoh sifatida ishlatish mumkin:

""" Bu izoh ko'p qatorli ozihdir
""" print("Dasturlashni o'rganamiz")


Pythonda o`zgaruvchilar

Biror ma'lumotni saqlash va uning ustida turli amallarni bajarish uchun bizga o'zgaruvchilar yordam beradi. O'zgaruvchining qiymati, o'z nomi bilan aytib turibdiki, o'zgarishi mumkin. Unda xohlagan qiymatni saqlash mumkin. O'zgaruvchilar kompyuter xotirasidagi joy bo'lib, u yerda siz biror ma'lumotni saqlaysiz. O'zgaruvchining konstantadan farqi, o'zgaruvchiga dastur ishlashi davomida (run time) murojaat qilib, uning qiymatini o'zgartira olamiz. Konstantaga esa oldindan ma'lum bir qiymat beriladi va bu qiymatni o'zgartirib bo'lmaydi.


Pythonda o’zgaruvchilar ularni qiymatlarini tenglashtirish bilan hosil qilinadi. O’zgaruvchilarning turini alohida e’lon qilish shart emas. Pythonda barchasi avtomatik tarzda ishlaydi:


  1. Download 0.97 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling