Bob. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish tizimida siyosiy partiyalar faoliyatiga umumiy tavsif
Endi ushbu qonunga tayangan holda bosh vazir lavozimiga tayinlashda siyosiy partiyaning o’rni masalasiga batafsilroq to’xtalib o’tsak
Download 122.22 Kb.
|
asi
Endi ushbu qonunga tayangan holda bosh vazir lavozimiga tayinlashda siyosiy partiyaning o’rni masalasiga batafsilroq to’xtalib o’tsak.O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylanganidan va shakllantirilganidan keyin bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining har biri bilan hamda deputatlik guruhlaridan saylangan deputatlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ushbu Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, hech shubhasiz, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o‘ynadi. Qonunga asosan, Bosh vazir vakolatlari kengaytirildi va mas'uliyati oshirildi. Yuqoridagi islohotlarning uzviy davomi sifatida konstitutsiyaga kiritilayotgan ushbu o‘zgarish va qo‘shimchalarni quyidagicha baholash va izohlash mumkin. Mazkur qonunga ko‘ra, “Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari mujassamlangan 78-moddasi 15-bandi “…shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish”41 degan so‘zlar bilan to‘ldirildi. E'tirof 41O’zbekistonRespublikasiningKonstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2014. – 16-b. etish joizki, mazkur yangilik mamlakatimizni demokratlashtirish va yangilash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi desak xato b’lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar orqali, eng avvalo, ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Vazirlar Mahkamasi faoliyati, uning tashkil etilishi, javobgarligi, Bosh vazirning tayinlanishi va hukumatning parlament bilan o‘zaro munosabatlari, Vazirlar Mahkamasiga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish tartibi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar to‘liq asosda konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan tartibga solindi, deyish mumkin. Bosh vazir nomzodining Qonunchilik palatasida eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etilishi, fuqarolik jamiyatining muhim instituti, muayyan guruh fuqarolarining huquq va manfaatlarini ifodalovchi siyosiy partiyalarning rolini oshirish hamda Qonunchilik palatasi va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatni ta'minlashga qaratilgan yangi qoida sifatida mustahkamlandi. Qolaversa, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarga ham fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatidagi roli hamda davlat boshqaruvidagi ishtiroki kuchayishiga zamin yaratdi. Bugun, aytish mumkinki, siyosiy maydonda harakat qilayotgan barcha siyosiy partiyalar mazkur “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”dan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish borasida o‘zlarining muayyan pozitsiyalari aks etgan dasturlariga ega bo‘ldi. Bosh vazir va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi muho- kamasiga Bosh vazirga nisbatan “ishonchsizlik votumi” bildirish haqidagi masala rivojlangan demokratik mamlakatlar davlat boshqaruvining konstitutsiyaviy- huquqiy amaliyoti bo‘lib, ushbu qoidaning amalga kiritilishi orqali Bosh vazir va hukumat a'zolarining jamoatchilik, ya'ni parlament oldidagi mas'uliyati va javobgarligini oshirishga xizmat qilib, hokimiyatlar “o‘zaro tiyilib turish va qarama-qarshi ta'sir ko‘rsatish” mexanizmining amalda tatbiq etilishiga keng shart- sharoitlar yaratib berdi. Yuqoridagi masalaning parlament qo‘shma majlisida muhokamaga qo‘yilishi hamda parlament a'zolarining kamida 2/3 qismining ovozi talab etilishi, ushbu jarayonning parlament a'zolarining aksariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida yakuniy qarorga asoslanishi bu mexanizmning murakkabligi va parlament a'zolari oldidagi mas'uliyatli masala ekanligidan dalolat beradi. Bosh vazirning iste'foga chiqishi natijasida butun hukumat a'zolarining iste'foga chiqishi kollegial tartibda faoliyat olib boruvchi Vazirlar Mahkamasiga yanada yuksak mas'uliyat yuklaydi va qonunlar hamda davlat dasturlari ijrosi yuzasidan bahamjihat yakdil faoliyat yuritishini ta'minlashga xizmat qiladi. Hukumatning parlament javobgarligi odatda siyosiy javobgarlik sifatida tavsiflanadi. Parlament javobgarligi – hukumat tomonidan o‘tkaziladigan siyosiy harakat, boshqaruv faoliyatining bajarilishi uchun yakdil javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni anglatadi. Yana shuni aytish mumkinki bugungi kunda siyosiy partiyalar mahalliy davlat hokimyati organlarining xalq deputatlari kengashlarida ham partiya guruhlarini tuzib faoliayat yuritadilar. O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilinga “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi qonunining 14-moddasida partiya guruhiga quyidagicha ta’rif berib o’tilgan. Unga ko’ra “Partiya guruhi — siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengesida, xalq deputatlari Kengashida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasi hisoblanadi. Download 122.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling