Bob. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish tizimida siyosiy partiyalar faoliyatiga umumiy tavsif


Download 122.22 Kb.
bet12/14
Sana16.06.2023
Hajmi122.22 Kb.
#1503706
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
asi

Birinchidan, siyosiy partiyalarning moliyaviy jihatdan barqarorligining oshishi ularning faoliyatining jonlanishini, raqobatdoshligini oshiradi, saylovlar oralig‘idagi ishlash mexanzlarinining ham takomillashishiga, partiyalarning joylardagi bo‘linmalarini kengayishiga olib kelishi barchamizga ayon. Shuning uchun “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunining 13, 14 moddalarida belgilangan siyosiy partiyaning yil davomida bir yuridik shaxs tomonidan olinadigan xayriya yordami yilning birinchi yanvardagi holatiga ko‘ra belgilangan eng kam ish haqining besh ming barobaridan, O‘zbekiston
Respublikasining jismoniy shaxslarining xayriya yordamlarining miqdori besh yuz barobaridan oshmasligi tog’risidagi miqdorni siyosiy partiyalar faoliyatini yanada faollashtirishni nazarda tutgan holda ikki barobarga ya’ni O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari uchun o‘n ming barobargacha, jismoniy shaxslar uchun ming barobargacha oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ikkinchidan, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining kamida to‘qqiz nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega. Ushbu midorni qonunchilik palatasining deputatlarining 120 tadan 150 taga oshganligini inobatga olib ushbu miqdorni o‘n beshta qilib belgilash maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylayman. Chunki bu birinchidan, siyosiy partiyalarning jamiyatda faollashuviga hamda saylovchilar bilan yanada yaqinroq bo‘lishiga qaysidir ma'noda turtki bo‘lsa, ikkinchidan, siyosiy partiyalarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini parlament quyi palatasida ifoda etish jarayonida nisbatan ko‘pchilik ovoz va tarafdorlar bo‘lishiga erishishni taminlaydi.
Uchinchidan, bizga ma’lumki Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.

Download 122.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling