Bob. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish tizimida siyosiy partiyalar faoliyatiga umumiy tavsif


O’zbekiston Respublikalasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasini shakillantirish tizimida siyosiy partiyalarning o’rni


Download 122.22 Kb.
bet11/14
Sana16.06.2023
Hajmi122.22 Kb.
#1503706
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
asi

O’zbekiston Respublikalasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasini shakillantirish tizimida siyosiy partiyalarning o’rni.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatini siyosiy partiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Binobarin, saylovchilarning siyosiy partiyalar va ular ko‘rsatgan nomzodlarga nisbatan ishonchi ortmoqda. Bu esa mamlakatda siyosiy partiyalarning rolini oshirishga qaratilgan islohotlarning huquqiy asoslari yaratilganligidan dalolat beradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasini shakllantirishda siyosiy partiyalar ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • siyosiy partiyalar - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasini shakllantirishda ishtirok etuvchi siyosiy tizimning asosiy elementidir;

  • siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasini shakllantirishda bevosita saylovlar orqali ishtirok etadilar;

  • siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasini shakllantirishda ishtiroki maxsus qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlarda ishtirok etish bu siyosiy partiyalarning nafaqat huquqi, balki ularning o‘ziga xos belgisi, ya'ni o‘zlarining jamiyat oldidagi majburiyatini saylovlarda ishtirok etishi bilan tasdiqlashidir;

  • siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasini shakllantirishda ishtirok etish orqali davlat hokimiyatini egallash bo‘yicha ko‘zlangan maqsadlariga erishish uchun harakat qiladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovlarining o‘ziga xosligi to‘g‘risida, huquqshunos olim A.A.Azizxo‘jaev quyidagicha fkir bildirib o’tgan: “Navbatdagi saylovlarda partiya fraksiyalarining parlamentdagi faoliyati saylovchilar uchun ovoz berish mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Boz ustiga, quyi palataning ishi partiya vakillari faoliyatiga bog‘liqligi partiyalar ishini jonlantirishga xizmat qiladi42”.
Siyosiy partiyalar nomzodlarni ko‘rsatish va ularni ro‘yxatga olish hamda saylovoldi tashviqot bosqichlarida keng huquq va erkinliklardan foydalanadilar. Bunda siyosiy partiyalar asosan saylov jarayonining ikki bosqichida, ya'ni, nomzodlarni ko‘rsatish va saylovoldi targ‘ibot-tashviqot bosqichlarida faol qatnashadilar.
Siyosiy partiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida ishtirokini tartibga soluvchi milliy qonunchilik qoidalaridan kelib chiqib, siyosiy partiyalarning saylov jarayonidagi quyidagi huquqlari (vakolatlari)ni quyidagicha ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  • nomzodlarni ko‘rsatish va ro‘yxatga olish bo‘yicha;

  • saylovoldi targ‘ibot-tashviqot faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha;

  • saylovlarni kuzatib borish bo‘yicha;

  • saylov kampaniyasini moliyalashtirish bo‘yicha.

Siyosiy partiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovlarida ishtirokiga oid vakolatlaridan eng asosiysi ularning nomzodlar ko‘rsatish huquqiga egaligidir. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi siyosiy partiyalarga bunday huquq O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi43 (12-modda), hamda O‘zbekiston



42Azizxo’jaev.A. Chin o’zbek ishi. – Toshkent: Akademiya, 2013. – B.76.
43 O’zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi Qonuni // (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. – 2014 й., 4-сон, 45-модда)
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi44 Qonunlarida (20-modda) mustahkamlangan.
Mamlakatimizda parlamentning jamiyat hayotidagi rolini oshirish va uning faoliyatini professional asosda shakllantirish yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar natijasi o‘laroq, parlament quyi palatasiga nomzod ko‘rsatuvchi sub'ektlar soni qisqartirildi. Ushbu holat bizning fikrimizcha, siyosiy partiyalarning saylovlarda haqiqiy raqobat olib borishlari uchun keng imkoniyatlar tug‘diradi.
Bu bobarada huquqshunos olimlarning fkir mulohazalariga e’tibor qaratadigan bo’sak, huquqshunos olim A.A.Azizxo‘jaevning fikricha: “Parlamentga nomzod ko‘rsatayotgan vaqtda partiyalar nomzodlarning mansabiga, ko‘rsatgan xizmatlariga qaramay, ularning qonunchilikni qay darajada tushunishiga e'tibor qaratishga majbur bo‘ladilar. Demak, partiyalar o‘z saflariga imkon qadar faol, bilimli, fidoyi kishilarni jalb qilishga harakat qiladilar.Bu partiyalarning o‘z dasturiy maqsadlariga erishish imkoniyatlarini yanada oshiradi”45.
Hozirgi kunda siyosiy tizimni siyosiy partiyalarsiz, siyosiy partiyalarni esa fraksiyalarsiz tasavvur qilish mumkin emas. E.Xolova qayd etganidek, siyosiy partiyalar faoliyati davlat boshqaruvini demokratlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonida katta ahamiyat kasb etadi46.
Ta'kidlash joizki, siyosiy partiyalar fraksiyalarining parlament faoliyatidagi ahamiyati yuzasidan huquqshunos olimlarning turlicha fikrlari ilgari suriladi. Xususan, bir guruh huquqshunoslar fraksiya va deputatlar guruhlarini faqat depu- tatlarning parlamentdagi faoliyatining bir ko‘rinishi sifatida tan olsalar, boshqalar esa uni qonunchilik jarayoniga ta'sir etuvchi47, parlament mexanizmini harakatga



44 O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahrirda) // (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi.– 2015 й., 52-сон, 645-модда)
.
45Azizxo’jaev A. Chin o’zbek ishi. – Toshkent: Akademiya, 2013. – B.76.
46 Холова Э. Вклад развитие парламентаризма. Материалы Международного круглого стола. – Ташкент: Академия, 2007. – С. 94.
47 Совет Государственной Думы 1994-1995. / Под рук. И.П.Рыбкина и др. – М., 1996. – С. 9.
keltiruvchi48 hamda parlamentning muhim tarkibiy tuzilmasi49 sifatida baholay- dilar.
Mazkur masalada rossiyalik olim E.Mixaylovaning quyidagi mulohazasi ham o‘rinli: “deputatlarning u yoki bu fraksiyaga birlashuvi “to‘g‘ri” qonunlar qabul qilishga, kasbdoshlari bilan kelishgan holda faoliyat yuritishga, siyosiy qarorlarni kelishgan holda qabul qilishda namoyon bo‘luvchi deputat kasb mahorati rivojlanishiga salbiy ta'sir etuvchi shaxsiy pozitsiyalarini oshkor etishlarini cheklaydi”50. Darhaqiqat, fraksiyalar faoliyatining samarali tashkil etilganligi parlamentning mo‘tadil barqarorligini ta'minlaydi.
Deputatlarning muayyan fraksiyaga birlashishi parlament yalpi majlislaridagi ovozlar miqdoriga ta'sir etmaydi, biroq ularga mustaqil deputatlarga nisbatan quyidagi ba'zi imtiyozlarni beradi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashda kafolatli huquqqa ega bo‘lish;

  • so‘zga chiqishda imtiyozli huquqqa ega bo‘lish;

  • O‘zbekiston Respublikasi PrezidentigaBosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi tashabbus bilan murojaat etish kabilarda ko’rish mumkin.

Siyosiy partiya fraksiyalari parlament faoliyatining muhim tashkiliy shakli bo‘lib, saylovda e'lon qilgan dasturini amalga oshirishga mo‘ljallanadi.
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining “Deputatlar birlashmalari to‘g‘risida”, deb nomlangan 23-moddasi Qonunchilik palatasi deputatlari siyosiy, professional va boshqa asosda fraksiyalar va deputatlar guruh- lari shaklida deputatlar birlashmalarini tuzishi mumkinligini ko‘zda tutadi.



48 Павлов А.В. “Депутацкие обoединение в Государственной Думе: статус, проблемы законотворческой деятельности” (политологический анализ): Дис. …канд. полит.наук. – М., 1997. – С. 159.
49 Гостев Р.Г., Гостева С.Р., Решульский С.Н. Формирование и структурирование Государственной Думы Федерального Собрания Российской Федерации второго созыва / Российская цивилизация: история и современность. Сб. – Воронеж, 2002. – С.41.; Юдин Ю.А. Политические партии и право современном государстве. – М., 1998. – С. 234.
50 Михайлова Е. Теневые структуры Думы // “Независимая газета”, 2001. – 13 сентября.
Deputatlar guruhlarini Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan, siyosiy partiyadan ko‘rsatilmagan deputatlar tuzishga haqli bo‘lib, bu haqdagi qaror ularning majlislarida qabul qilinadi. Qonunchilik palatasining deputati faqat bir fraksiya yoki deputatlar guruhining a'zosi bo‘lishi mumkin.
Bu borada fraksiya va deputatlar guruhlarini tuzish va tugatish masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Fraksiyalar tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 24-moddasida keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra, Qonunchilik palatasining kamida to‘qqiz nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega.
Qonunchilik palatasining majlisida fraksiya rahbari yoki boshqa vakili tegishincha fraksiya tuzilgani haqida palataga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.Qonunchilik palatasi fraksiya to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Fraksiya tuzish uchun: 1) fraksiyaning ta'sis yig‘ilishini o‘tkazish; 2) fraksiyaini tuzish to‘g‘risida ta'sis bayonnomasini qabul qilish; 3) fraksiyaning rahbarini saylash zarur bo‘ladi.
Fraksiyaning rahbari fraksiyani tuzish to‘g‘risidagi ta'sis bayonnomasini Qonunchilik palatasiga taqdim etadi va tegishincha fraksiya tuzilgani haqida Qonunchilik palatasiga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi. Fraksiyalar hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Fraksiya tashkil etishning eng muhim shartlaridan biri muayyan miqdorda deputatlar sonining bo‘lishidir. Bunday talabning belgilanishi texnik ahamiyat kasb etmay, balki parlament tuzilmasining oqilona tashkil etilishini ta'minlashi bilan ham zarurdir. Bu avvalambor, siyosiy masala bo‘lib, uning hal etilishi alohida siyosiy partiyalarning parlament faoliyatidagi ishtirokiga qat'iy ta'sir ko‘rsatadi. Bu borada rivojlangan davlatlar parlamentlari faoliyatini o‘rganish natijasida parlament turli palatalari uchun ushbu me'yor turli xil bo‘lishi mumkinligini ko‘rish mumkin. Masalan: Fransiyada Milliy kengashda fraksiya tuzish uchun 20,
Senatda esa 10 nafar deputat bo‘lishi talab etiladi. GFR Bundestagida esa, deputatlarning besh foizi; Avstraliya va Shveytsariyada esa 5 deputat talab etiladi. Shu o‘rinda ta'kidlash lozimki, ayrim davlatlarda fraksiya tuzish uchun yuqoridagi kabi cheklashlar belgilanmagan. Masalan, Portugaliya va Shvetsiya qonunchiligida parlament fraksiyasi yoki guruhlarini tuzish uchun muayyan talablar belgilanmagan, ya'ni saylovda bittadan ko‘p mandatga ega bo‘lgan har qanday partiya o‘z fraksiyasini tuzishi mumkin51.
O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq esa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining kamida to‘qqiz nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega.
Shu o’rinda yuqoridagi horij tajribasini inobatga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlar sonining 120 tadan 150 taga oshganligini inobatga olib ushbu miqdorni o‘n beshta qilib belgilash maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylayman. Chunki bu birinchidan, siyosiy partiyalarning jamiyatda faollashuviga hamda saylovchilar bilan yanada yaqinroq bo‘lishiga qaysidir ma'noda turtki bo‘lsa, ikkinchidan, siyosiy partiyalarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini parlament quyi palatasida ifoda etish jarayonida nisbatan ko‘pchilik ovoz va tarafdorlar bo‘lishiga erishishni taminlaydi.
Yana shuni ham aytish kerakki, saylov natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonun- chilik palatasidagi deputatlik o‘rinlarining kamida o‘n foizini ololmagan siyosiy partiya siyosiy sahnada ham o‘z o‘rniga va tarafdorlariga ega bo‘lishi qiyin albatta. Endi bevosita siosiy partiya fraksiyalarining faoliyatini tugatish tartibi va xuquqiy oqibatlariga keladigan bo’lsak “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining

  1. moddasiga ko’ra:

    1. fraksiyaning o‘z tashabbusi bilan;

    2. Qonunchilik palatasining vakolat muddati tugaganda;






51 Конституции государств Европы: В 3 т. Т.3. / Под общ.ред. Л.А. Окунькова. – М., 2001. – С. 669.

    1. fraksiyaga kiruvchi deputatlar soni ularni tuzish uchun zarur bo‘lgan miqdor chegarasidan kamayib ketganda;

    2. tegishli siyosiy partiyaning faoliyati tugatilgan taqdirda fraksiyaning faoliyati tugatiladi.

To’rtinchi asos bo‘yicha 2008 yil 20 iyunda O‘zbekiston Fidokorlar milliy- demokratik partiyasi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyalarining birlashishi natijasida siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari ham tugatilib 2008 yil 14 avgustda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan 29 kishidan iborat deputatlar fraksiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ro‘yxatga olindi52.
Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, bugungi kunda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 24- moddasiga binoan Qonunchilik palatasida to‘rtta siyosiy partiya fraksiyalari faoliyat yuritmoqda. 2014-yil 21-dekabrda bo’lib o’tgan saylov natijalariga ko’ra, “O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi” – 52 nafar deputatdan iborat tarkibda S.Turdiyev boshchiligida53, “Milliy tiklanish partiyasi” – 36 nafar S.Otamurodovboshchiligida54, “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi” – 27 nafar deputatdan iborat X.Ketmonov boshchiligida55, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi – 20 nafar deputatdan iborat tarkibda N.Umarov boshchiligida56 faoliyat yuritmoqdalar.



52 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga O’zbekiston “Milliytiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraktsiyasini ro’yxatga olish to’g’risida”gi 2008 yil 15-avgustdagi 847-I-sonli Qarori.
53O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi”dan saylangan deputatlar fraktsiyasini ro’yxatga olish to’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 11-II –sonli Qarori
54O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga O’zbekiston “Milliytiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraktsiyasini ro’yxatga olish to’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 13-II-sonli Qarori.
55O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga O’zbekiston Xalq-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraktsiyasini ro’yxatga olishto’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 12-II -sonliQarori
56 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar fraktsiyasini ro’yxatgaolish to’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 14-II –sonli Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatini o‘ziga xos xususiyati shundaki, qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a'zolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiyaga yoki guruhga mansubligini hamda saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qarori bilan belgilanadi. Ushbu qoidaga asosan O‘zbekiston Liberal- demokratik partiyasi fraksiyasi - Mudofaa va xavfsizlik masalalari, Sanoat, qurilish, va savdo masalalari, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitalari; O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi – Qonunchilik va sud-huquq masalalari, Mehnat va ijtimoiy masalalar, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitalari; “Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasi – Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalari; “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi – Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi; O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi uchun – Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raislari lavozimi taqsimlandi57.
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  • odatda siyosiy partiya fraksiyalarining tarkibiga siyosiy partiyalarning yetakchi vakillari va nisbatan faol bo‘lgan a'zolari kiradi;

  • siyosiy partiya fraksiyalari siyosiy partiya intizomi va faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi;

  • siyosiy partiya fraksiyalariga maxsus organlar boshchilik qiladi;

  • o‘ta muhim masalalarning hal qilinishi oldidan siyosiy partiya fraksiyalarining yig‘ilishlari o‘tkazilishi mumkin;

  • davlat boshqaruvida ishtirok etadi;




57O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo’mitalari ro’yxatini tasdiqlash, qo’mitalar raislari lavozimlarini siyosiy partiyalar fraktsiyalari va deputtatalar guruhi o’rtasida taqsimlash to’g’risida”gi 2014 yil 22 yanvardagi 16-II –sonli Qarori.

  • siyosiy partiya fraksiyalarining tashkil etilishi va faoliyati bilan bog‘liq masalalar parlament reglamenti hamda konstitutsiyaviy odatlar bilan tartibga solinadi.

“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilingunga qadar “parlament ko‘pchiligi” va “parlament ozchiligi” institutlari mexanizmi muayyan qonunlar bilan tartibga solinmagan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005 yil 28 iyulda qabul qilingan 102-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti58”ning 56-moddasida fraksiyalar Qonunchilik palatasida o‘z umumiy manfaatlarini ifodalash va faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida fraksiyalar blokiga birlashishlari mumkinligi belgilangan bo‘lsada, shuningdek 57-moddada deputatlarning yarmidan ko‘pini birlashtirgan fraksiya yoki fraksiyalar bloki parlament ko‘pchiligini tashkil etishi belgilangan bo’lsada, ushbu reglamentda parlamentdagi muxolifatning qanday huquq yoki imtiyozlarga ega ekanligi ko’rsatilmagan edi.
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining qabul qilinishi ushbu “parlamentdagi ko‘pchilik” va “parlamentdagi ozchilik” tushunchalariga qonuniy ta'rif va aniqlik kiritdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi. Shuningdek, o‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik Harakatidan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin.





58O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi. –2014 й., 16-сон, 177-модда; 20-сон, 222- модда.
Yangidan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek O‘zbekiston Ekologik Harakatidan saylangan deputatlar o‘zlarini parlamentdagi muxolifat, deb e'lon qilishi mumkin.
Muxolifat (oppozitsiya – lotincha - qarshi qo‘ymoq) ozchilikni ifoda etib, rasmiy qarashlarni tan olmaslik, ozchilikning qarash va maqsadlari, siyosiy jarayonlardagi ko‘pchilik qatnashchilarning qarash va maqsadlaridan foydalanishdir59.
Jahon konstitutsiyaviy amaliyotida muxolifatning keng tarqalgan ikki modeli: Vestministr (anglosakson) va kontinental (fransuz) modellari mavjud. Vestministr modelida kim – hokimiyat, kim –muxolifat ekanligi aniq ajratilgan. Saylovlarda yutib chiqqan – hokimiyat, yutqazgan-muxolifatni tashkil etadi.Ushbu modeldagi mamlakatlar Konstitutsiyalarida parlament muxolifati maqomiga alohida urg‘u berilgan60.
Respublikamizdagi qonunchilikka ko‘ra, ko‘pchilikni tashkil etuvchi fraksiyalar ham muxolifat fraksiya ham teng bo‘lib, ularga bir xil huquqlar berilgan. Qonunchilikda ularning parlamentni tarkibiy qismi ekanligi inobatga olinib, qator huquq va imtiyozlar taqdim etilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasida siyosiy partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega ekanligi mustahkamlangan:
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi tashabbus bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilish;
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan so‘z berilishi;



59 Tinchlik va bag’rikenglik atamalari izohli lug’ati. Mas’ul muharrir.Q.A.Jo’raev. –Toshkent: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2005. – B. 79.
60 Исмаилов Б. Генезис правовой регламентации статуса политической оппозиции. // www.порталус.ру
tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeriga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, vazirlarga, shuningdek boshqa davlat organlarining rahbarlariga so‘rov bilan murojaat etish;
Qonunchilik palatasining Spiker o‘rinbosarligiga, qo‘mitalari va komissiyalari raisligiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish;
Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish kabilar.
Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tish lozimki, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunida o‘zini parlamentdagi muxolifat, deb e'lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda, quyidagi huquqlarga egaligi belgilangan:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mas'ul qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma'ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish;

  2. muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish;

  3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi.

Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas. Bugungi kunda yuqoridagilarga qo’shimcha raishda parlamentdagi muxolifat bo’lgan siyosiy partiya fraksiyasi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir qonun loyihasining shuningdek, Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish 61 huquqiga ham ega.


61“O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi reglamenti to’g’risida”gi Qonuni 2015 yil 29 dekabr, O’RQ-396 (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi. –2014 y., 16-son, 177- modda; 20-son, 222-modda)


XULOSA


Hozirgi davrda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurish vazifalari siyosiy partiyalarlarni yanada faollashishga undamoqda. Mamlakatimizda mustaqillikdan so‘ng “Kuchli davlatdan–kuchli fuqarolik jamiyati” sari odimlar ekan, albatta bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlaridan biri bo‘lgan siyosiy partiyalar roli va ahamiyatini oshirish zaruratga aylanadi. Ana shu zaruratni anglagan holda so‘ngi yillarda mamlakatimizda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, siyosiy partiyalarga doir milliy qonuniligimiz takomillashtirildi. Buning natijasida “siyosiy partiyalarning mamlakatimiz oliy qonunchilik organi, joylardagi hokimiyat vakillik organlari faoliyatidagi roli va ta’siri sezilarli darajada oshdi67.”


Jamiyatimizni yanada demokratlashtirish va fuqarolik institutlarini shakllantirish, avvalo, aholi siyosiy faolligining o`sishi, uning siyosiy ijtimoiy va davlat hayotida nechog`li faol ishtirok etishi bilan uzviy bog`liqdir. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti-jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning nodavlat va jamoat tashkilotlarining o`rni, ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat.
Faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizasiya qilish davrida O`zbekistonda ko`ppartiyaviylik, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini shakllantirish va ularining erkin rivojlanishining tashkiliy-huquqiy shart- sharoitlarini, iqtisodiy va huquqiy kafolatlarini tashkil etish, demokratik qayta o`zgartirishda va jamiyatni erkinlashtirishda ularning faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirishni taqozo etdi.

tarbiyalashga hamda jamiyat a`zolarining demokratik dunyoqarashini shakillanishida muhim ahamiyat kasb etadi.


Demak yuqoridagilarga tayanib umumiy xulosa qiladigan bo’lsak, ushbu bitiruv malakaviy ish natijalari shuni ko’rsatadiki, O`zbekistonda siyosiy partiyalarning davlat boshqaruvini demokratlashtirishdagi o’rnini quyidagicha ko’rsatib o’tish mumkin:

    • Demokratik davlatda siyosiy partiyalar fikrlar xilma-xilligi ya`ni plyuralizm shakillantiradi va rivojlantiradi. Bu esa jamiyatda barcha fuqarolarning shaxsiy fikirlarini bildirish huquqini kafolatlaydi;

    • Jamiyatda turli siyosiy partiyalarning o`zaro kurashi, g`oya va qarashlarning raqobati hamda saylovchilar ovozi uchun kurash bo`lishi haqiqiy demokratik tamoyillarni mustahkamlaydi;

    • Barcha siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatini davlat bilan uyg`unlashtirishga hizmat qiladi;

    • Demokratik jaiyatda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning o’zaro bogliq holda faoliyat yuritishida siyosiy partiyalar ijobiy ta`sir ko`rsatadi;

    • Bugungi kunda amalaga oshirilgan islohotlar natijasida siyosiy partiyalar davlat boshqaruvida siyosiy jarayonlarni nazorat qilishda davlatga yordamlashib davlatni muayyan tizimli faoliyat yuritishi uchun hizmat qilmoqda.

Tadqiqot yuzasidan qilingan izlanishlar natijasida quyidagilarni taklif sifatida ko’rsatib o’tmoqchiman.

Download 122.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling