Bob elektron darslik yaratishning nazariy
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
my sql va dasturlash tili php yordamida kompyuter arxitekturasi fanidan elektron darslik yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA KIRISH
- III. BOB. “KOMPYUTER ARXITEKTURASI” FANIDAN ELEKTRON DARSLIKNI LOYIHALASH VA UNDAN FOYDALANISH .
- I. BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATISHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Elektron darsliklar haqida tushuncha.
- 1.2. Elektron darslik tuzilmasi.
4 5 6 7 MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….5 I. BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATISHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Elektron darslik haqida tushuncha……………………………………8 1.2. Elektron darsliklar tuzilmasi………………………………………...11 1.3. Elektron darsliklarning afzalligi va kamchiliklari…………………...17 1.4. Elektron darsliklar yaratish texnologiyasi…………………………...20
2.1. Elektron darsliklar yaratuvchi dasturlar xarakteristikalari……..……25 2.2. WEB dasturlash tili asoslari…………………………………..……..31 2.3. Elektron darsliklar yaratilishi………………………………….…….36 III. BOB. “KOMPYUTER ARXITEKTURASI” FANIDAN ELEKTRON DARSLIKNI LOYIHALASH VA UNDAN FOYDALANISH . 3.1. Yoshlar tarbiyasida elektron darsliklarning o’rni……………………57 3.2. Bitiruv malakaviy ishidagi dasturning ishlatishi……….……………58
8 KIRISH O’zbekiston Respublikasining birinchi Prеzidеnt I.A.Karimovning “Butun jahon inqirozi va uning ta’sirlarini O’zbеkistonda bartaraf etish” nomli dasturida ta’kidlanganidеk, hayotimizning har bir nuqtasi, jumladan ta’lim tizimi ham isloh qilinib, bilimli, yеtuk, kashfiyotchi kadrlar yеtishtirish ko’zda tutilgan. Bugungi kunda axborot tеxnologiyalari kirib bormagan biror bir sohani ko’rsatib o’tish juda mushkul. Ayni vaqtda ilm-fan, tеxnika taraqqiyotini innovatsion tеxnologiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayni paytda ushbu tеxnologiyalarning ta’lim va ta’limning turli yo’nalishlariga, tibbiyot, bioinformatika va boshqa sohalarga kirib kelishi sеzilarli yutuqlarni vujudga kеltirdi. Bu esa o’z-o’zidan ham ma’naviy, ham moddiy yutuqlarga asos bo’ladi. “Axborot asri” - har daqiqada o’sib borayotgan va rivojlanish cho’qqisiga chiqayotgan davr silsilasidir. Bir qarashda jo’ndek ko’ringan bu soha har bir faoliyatning qoniga, uning yuragiga aylanmoqda. Negaki axborotsiz inson bir daqiqa ham yashashi mumkin emas. Uning tug’ulishi ham bir axborotni vujudga keltiradi, yani u yashash mobaynida turli darajali axborotga duch keladi. Ko’zlarimizni ko’rishi, ranglarni ajratishi inson miyasidagi behisob jaroyonlar axborotni mavjudligidan dalolatdir. Darhaqiqat insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo`lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil to`siqlarga duch keladi va shu to`siqlarni yengib o`tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin hayot tajribalaridan ma`lumki, ko`pincha yangi kashfiyot ma`lum bir muammoni hal qilish jarayonida yuzaga keladi. O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida shular ayon bo’ldiki elektron darsliklardan darsda foydalanish pedagogga katta yordam beradi. O‘quv materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin. 9 Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, analitik qism, loyiha qism, Tadbiq qilishni tashkil qilish va loyiha samaradorligi va hayot faoliyati xavfsizligi bo’limlari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar tashkil topgan. Elektron darsliklarni loyihalashtirish ishlab chiqish va o’quv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda ta’lim sohasida qo’llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron nashrlarni turli xillari yaratilib, ular o’z tarkibiga masofaviy o’qitishning kompleks tizimigacha qamrab olmoqda. Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta'minotning yo‘qligi ishlab chiqilayottan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish mumkin. Ishning maqsadi va vazifalari. Hozirgi kunda elektron darsliklar sanoati va poligrafiya sanoati o’zaro raqobatga kirishgan va o’z navbatida ikkalasini ham ta’lim sohasida o’ziga xos o’rni va roli mavjud. Biz hozir ikkalasini bir-biridan yaqqol ustun deya olmaymiz. Elektron darslik ham poligrafik darslik ham ta’lim sohasining ajralmas qismi hisoblanadi. Lekin shuni tan olish lozimki elektron darsliklar tobora rivojlanib o’z o’rnini topib bormoqda. Buning natijasida esa yaratilayotgan elektron darsliklar sifati, qulayliklari, qo’shimcha imkoniyatlarini tadbiq qilish hamda yaratilishdagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalasi yuzaga keladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishining ham asosiy maqsad va vazifasi elektron darslilar yaratish texnologiya fanini o’quv uslubiy majmuasini yaratish hamda uning yaxlit information modelini yaratishdan iboratdir. Vaqt o’tishi bilan xar qanday sohada bo’lgani kabi elektron darsliklar yaratish texnologiyasida ham keskin ravishda rivojlanish kuzatilmoqda. Umuman axborot texnologiyalari sohasi hozirgi kunda eng jadal rivojlanayotgan soha bo’lib qoldi. Bugun keng 10 foydalanilayotgan texnologiya yoki dastur hech qancha vaqt o’tmasidan turib o’z o’rnini yangi qulayroq texnologiyaga bo’shtib bermoqda. Elektron darsliklar yaratish texnologiyasi ham
aynan axborot
texnologiyalarining ajralmas bir bo’lagi hisoblanadi. Shu munosabat bilan elektron darsliklar yaratish texnologiyasini ma’lum bir modelini va o’quv uslubiy majmuasini ishlab chiqish dolzarb masalaga aylangan. Ta’lim oluvchilarning bevosita elektron darsliklar yaratish fanidan o’quv uslubiy majmuasi va unformatsion modelini ishlab chiqish hamda ularga ushbu fanni o’rganishlari uchun kerakli ma’lumotlarni yaratish hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish. Bu borada elektron darsliklar yaratishni zamоnaviy o’qitish texnоlоgiyalari asоsida samarali tashkil qilish yo’llari tavsiya qilindi Bevоsita izlanish mоhiyatidan kelib chiqib, talabalarning mustaqil ta`lim оlish samaradоrligini оshirish uslublarini izlab tоpishga qaratildi. Mazkur muammоni hal etish maqsadida fanning ishchi o’quv dasturini ishlab chiqildi. Ushbu bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida hozirgi kunda elektron darsliklarni ta’lim sohasida tutgan o’rni va ahamyati hamda ularni yaratilish jarayonida kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalarga alohida e’tibor berildi. Elektron darsliklarga qo’yiladigan talablar hamda ularning ta’lim tizimiga chuqurroq tadbiq etish yo’llari ishlab chiqildi. Shuningdek elektron darsliklar yaratishda zarur bo’ladigan dasturiy va texnik resurslar hamda sarflanadiga xarajatlar jamlanmasi ham o’rganildi. 11 I. BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATISHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Elektron darsliklar haqida tushuncha.
Bundan yigirma yil oldin elektron darsliklar haqida tasavvurga ham ega emasdik. Bugun esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiyoti bois elektron darsliklardan foydalanish imkoniyatiga egamiz. O‘z navbatida, u bilan bog‘liq muammolarni ham yechishga harakat qilyapmiz. Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‘rgazmali material sifatida foydalanish pedagogga katta yordam beradi. O‘quv materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin. Slaydlarga nisbatan o‘quvchilar o‘zlarining fikrlarini yozadi va bu orqali ular axborotlar bilan ishlashning quyidagi malakalariga ega bo‘ladilar: •grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki teskarisi; •muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha xulosalar va savollarni shakllantirish; •o‘zining o‘quv-bilish faoliyatini rejalashtirish. Bunday metodika o‘qituvchiga yangi axborotlarni ko‘paytirib borish, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi o‘zgarishi bilan ma'lum bir mavzuga mo‘ljallangan slaydlarni takomillashtirib borish imkoniyatini beradi. Metodik jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti ikki turdagi ta'sirdan iborat. Birinchisi — o‘qitishning ma'lum bosqichida o‘quvchiga shu bosqichdagi masalani tushunishga yordam beruvchi yo‘naltiruvchi savollar. Ikkinchisi — masalani aniqlashtiruvchi fikrlar va harakatlar usulini ko‘rsatish. Savollar va ko‘rsatmalar soni nazariy va amaliy materiallarning o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishi hamda malakaning shakllanishiga bog‘liq ravishda beriladi. 12 Amaliy tahlillar ta'lim jarayonida katta samaraga ega bo‘lishi uchun o‘quv jarayonida interfaol didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlardan foydalanishni taqozo etadi. Ular o‘quvchilarning jamoa bo‘lib yoki individual faoliyatini, kasbiy malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Interfaol o‘yinlar ma'lum bir kasbiy sifatlarga va malakaga ega bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini shakllantirish maqsadida kelajakda kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vaziyatlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Aynan didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlarni yaratish elektron o‘quv-metodik majmualar yaratishda katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu qiyinchilik dasturiy-texnik va metodik qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta'lim metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil ta'lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli foydalaniladi. Elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va o‘quv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda ta'lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o‘quv nashrlarning turli xillari yaratilib, ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy o‘qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda. Elektron darsliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: • matnning elektron versiyasi; • kitobning gipermatnli elektron versiyasi; •grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik; •animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik; •animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud darsliklar.
13 Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta'minotning yo‘qligi ishlab chiqilayottan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish mumkin. Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron darsliklarni baholash mezonlarini belgilab olish lozim. Avvalambor, elektron darsliklar o‘tilayotgan darslar sifatini yuksaltirishiga qanday ta'sir ko‘rsatishini bilish kerak. Elektron darsliklarning an'anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarini keltirish mumkin:
1. O‘quv axborotlarining taqdim etilish shakli. 2. Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati. 3. Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi. 4. O‘qituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi. Shulardan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishning quyidagi tamoyillarini keltirish mumkin: • multimedia ma'lumotlari (matn, grafik, audio, video, animatsiya) asosida axborotlarni taqdim etish; • qidirish va yo‘llash imkoniyatlarini kiritish; • olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning ob'yektiv tizimini kiritish; • tarmoq texnologiyalari asosida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro interaktiv va teskari aloqasining yo‘lga qo‘yilishi. Elektron darsliklardan o‘quv jarayonida keng foydalanishning asosiy muammosi — bu kompyuter ekranidan katta hajmdagi axborotlarni o‘qishdir. Ushbu muammoni hal qilish uchun elektron darsliklarni matn va ovoz shaklida taqdim etish mumkin. Bu ikki usul bitta o‘quv materialini turli shaklda taqdim etishi bilan farqlanadi, xolos. Elektron darslikning matn usulida material, gipermatn ko‘rinishida taqdim etilib, unda rpafik, chizma, diagramma, fotografiya, animatsiya va video qo‘llaniladi. Elektron darslik materiali o‘qituvchiga diktor
14 ovozi bilan yetkazilib, slayd-shou ko‘rinishdagi material bilan birga beriladi. Audio va videoaxborotlarning o‘zaro birgalikda qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini keskin yuksaltiradi. Elektron darslikni yaratishda kelajakda ayrim muammolarni yechish lozimligi ayon bo‘ldi. Shulardan asosiysi, bu — o‘zbek kirill alifbosidagi «Q», «F», «O‘», «H» harflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnga kiritishdir. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, elektron darslikni oldin biror bir nashriyotda chop etilgan darslik asosida yaratish lozim, chunki foydalanilayotgan materiallarni tahrir qilish talab etilmaydi va ulardan skaner orqali foydalanish mumkin bo‘ladi. Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi, ishonchliligi va to‘liqligi darajalariga yuqori talablar qo‘ymoqda. Chunki busiz samarali marketing, moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin emas. Axborot mahsulotlarining respublikamiz hayotida tutgan o‘rni va roli ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozori industriyasini tarkib toptirish jamiyatimizda chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarga olib kelib, uni «industrialdan axborot lashgan jamiyatga» aylantirishiga ishonchimiz komil.
O’zbekiston Respublikasi ”Ta'lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bu sohadagi qilinadigan ishlar ko’lamini va yo’nalishlarini belgilabgina qolmasdan, ta'lim sohasida o’ziga xos inqilobiy burilish yasadi. Bu borada “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta'limni tashkil etish to’g’risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda milliy umumiy o’rta ta'limni halqaro darajaga olib chiqish, uni jahon andozalariga mos qilib, tubdan isloh qilish mamlakatimiz oldida to’rgan eng ustivor vazifalardan biri sifatida belgilab qo’yildi. Hisoblash texnikasining hayotga kirib borishi, elektron darsliklarning, ya'ni o’qituvchisiz o’qitish texnologiyasini joriy etish va ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasini rivojlantirmoqda.
15 Oddiy (qog’ozli) darsliklarga qaraganda, elektron darslik ko’proq saloxiyatga ega, chunki kompyuter o’qituvchi uchun qiyin bo’lgan ba'zi qirralarini bajaraoladi, o’z joyida va o’z vaqtida materialni ko’rsatish, bilim darajasini xaqqoniy aniqlash va boshqalar. Elektron darslik ma'lum bir predmet bo’yicha to’liq materialni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Elektron darslikning «intellektual jihati»ni olib qaraydigan bo’lsak, uning kamchiliklarini (faqat kompyuterda qo’llash imkoniyati) qoplabgina qolmay, qog’ozli variantdan ustunlik jihatlari ham mavjud (kerakli ma'lumotni tezda izlash, ixchamlik va h.k.). Har bir elektron darslik ma'lum bir me'yorlarga, ichki struktura va formatga ega bo’lishi uni boshqa darsliklar bilan bog’lash va yagona bir yillik masofaviy o’qitish tizimini yaratish imkonini beradi. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari predmeti maktabda o’qitiladigan barcha fanlarni umumiy kompleksda integratsiyalashga tayanadi. Turli fanlardan elektron darsliklar yaratilishi va IHTA predmetini o’qitish jarayonida ulardan foydalanish, fanlarni o’zaro bog’lash imkoniyatini yaratadi. Umuman olganda fanlararo aloqa didaktikaning kompleks muammolaridan hisoblanadi. Ma'ruzadaa 8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari darsligi asosida elektron darslik yaratilishini ko’rib chiqamiz. Keltirilgan darslikda asosan illyustratsiyalardan foydalanilgan va yana bir jihati bu erda darslik yaratishning avtomatlashtirilgan vositalaridan keng foydalanilgan. Elektron darslik strukturasi. Darslikning ichki strukturasini, ya'ni foydalanuvchi ko’rib turadigan elementlarini ko’rib chiqamiz. Darslikning qiymati uning mazmunidadir. Agar o’quvchi bu darslikdan foydalanib keyinchalik imtihon topshiradigan bo’lsa, u holda material mazmunini 3ta ko’rinishda berishni taklif qilamiz: 1. Mant, rasm, jadval, grafik shaklida ( ya'ni kitobdagi shaklda, lekin bu erda kitob shakliga xos bo’lmagan animatsiya, video va ovoz elementlari, ma'lumotni izlash imkoniyatlari ham bo’lishi mumkin). 2. Sxema-kurs ko’rinishida, ya'ni darslik strukturasi tushunarli bo’lishi uchun darslik mazmuni qisqartirilgan grafik-matn shaklda beriladi.
16 3. Test tizimi (o’z bilimini tekshirish) shaklida – tinglovchiga maxsus interaktiv tizim vositasida, o’quv materialini savollar va javoblar shaklida berilishi. Test kompyuter bilan bellashuv, o’yin jixatlari bilan o’quvchilar uchun darslikning eng qiziqarli qismi bo’lishi mumkin. Bitta materialning bunday uchta shaklda berilishi uni takrorlash va eslab qolish imkonini yaratadi. Elektron darslikning strukturasiga to’htaladigan bo’lsak, u quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: muqova; titul ekran; mundarija; annotatsiya;
o’quv materialining qisqacha mundarijasi (sxemakurs shaklida);
qo’shimcha adabiyotlar;
o’z bilimini tekshirish tizimi; cheklangan nazorat tizimi; matn fragmentlarini izlash;
mualliflar ro’yxati; tayanch iboralar; darslikni boshqaruvchi elementlar bilan ishlash bo’yicha yo’riqnoma. Elektron darslikka qo’yiladigan yana bir talabga e'tibor berish lozim: o’quv materiali va uning dasturiy ta'minoti o’z ishini avtomatik tarzda boshlaydigan bitta lazer diskda joylanishi lozim. Qattiq diskda esa foydalanuvchi o’zi yaratgan ma'lumotlar joylanishi mumkin. Muqova. Darslik muqovasi o’z ichiga grafik, animatsiya, video yoki xaraktlanuvchi darslik annotatsiyasidan iborat bo’lsa o’ziga jalb qiluvchi xususiyatga ega bo’ladi.
17 Titul ekran. Titul ekranda darslik nomi, yuqori tashkilot haqida, mualliflik huquqi haqida, darslikning attestatsiyadan o’tganligi haqida ma'lumot, sana, tashkilot, mualliflar haqida ma'lumotlarni o’z ichiga oladi. Mundarija. Mundarija darslikning asosiy elementi hisoblanadi. Bir tarafdan darslikning turli qismlariga tez va qulay o’tish uchun to’liq bo’lishi, va shu bilan birga bitta ekranda jolanishi kerak. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, bunday talablarga ikki bosqichli (mavzuG’mavzuosti) mundarija javob beradi. Bundan tashqari mundarija orqali:
o’z bilimini tekshirish tizimiga; cheklangan tekshirish tizimiga; matn fragmentini izlash qismiga; tayanch iboralarga;
adabiyotlar ro’yxatiga; darslikning istalgan qismiga o’tish imkoniyati; darslik ishini tugatish;
titul ekranga qaytish imkoniyatlari mavjud bo’lishi kerak. Annotatsiya. Annotatsiya darslikning muqovasida joylashgan bo’lishi mumkin.
O’quv materialining to’liq matni. Elektron darslikning muvaffaqiyatli bo’lishining sharti – unda o’quv materialining to’liq bo’lishidir, ya'ni matn, grafik, jadval, illyustratsiya, animatsiya, video va ovoz qismlarini o’z ichiga olishidir. Darslikning bitta sahifasida matn, va uning ichidagi grafik elementlar, sahifaning qisqacha mazmuni va materialni o’rganish jarayonini boshqarish elementlari joylashadi. Elektron darslikda o’quv materialining to’liq bo’lishi, ta'lim jarayonida undan foydalanish va qog’ozdagi o’quv materialiga murojaat qilmaslikni ta'minlaydi. Matndagi turli iboralar va ta'riflarga, illyustratsilarga, jadvallarga, grafiklarga yo’llovchi gipermatnlar tufayli elektron darslik qog’oz materiallarga qaraganda o’quv jarayonida qulay imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga uning
18 ihchamligi va nisbatan arzonligi ta'lim oluvchining e'tiboridan holi bo’lmaydi. Elektron darslikda o’quv materialining to’liq berilishi sahifalarning ko’payib ketishiga olib keladi. Agar har bir sahifaga alohida ishlov berilsa, u holda bunday elektron darslikni yaratishga ko’p vaqt ketadi. Agar sahifaga matnni oddiy holatda joylashtirilsa, u holda bu jarayonni avtomatlashtirish osonlashadi. Bundan tashqari gipermatnlarni yaratishni avtomatlashtirish ham qulaylashadi. Kichik grafik ob'ektlar esa matn ichida ham joylashtirish mumkin. Darslik sahifasining strukturasi. Elektron darslik sahifasi bir qancha sohalarni o’z ichiga oladi:
mavzu yoki mavzu osti nomlanishi );
matnga grafik qo’shimchalar ( formula, grafik, jadval va h.k.),gipermatnlar kiritilishi mumkin;
(sxemakurs shaklida); sahifada boshqaruv elementlari joylashgan soha ( oldingi, keyingi sahifaga, mundarijaga o’tish tugmalari, yordamchini chaqirish tugmasi); sahifadagi matnga aloqador, katta ilmostratsiya va jadvallar darslik resurslarida saqlanadi, yoki boshqa sahifalarda joylashadi. Ular ekranga gipermatnlar yordamida yoki sahifadagi maxsus tugmachalar yordamida chaqiriladi;
o’quv materialining qisqacha mazmuni. O’quv materialining to’liq matni bilan bir qatorda qisqacha mazmunining ham bo’lishi juda muhim. Sxemakurs shaklida, ya'ni grafik-matn shaklida (strukturali blok-sxema) berilishi yaxshi samara beradi. O’z bilimini tekshirish tizimi. O’z bilimini tekshirish tizimiga aloxida e'tibor berilishi kerak. Darslikning hamma qismini qamrab olgan, bilim darajasini yaxshi nazorat qiladigan bo’lishi lozim. Darslik bazasidagi barcha savollar o’quvchi uchun tushunarli va qulay tarzda taqdim etilishi lozim. Shu bilan birga, har bir javob baholanishi, umumiy natija va vaqt hisobi olib borilishi kerak.
19 Matn fragmentlarini izlash. Darslikda bunday funktsiyaning bo’lishi shart. Izlash ikki variantda bo’lishi mumkin: izlanayotgan elementni alohida izlash yoki shu elementni o’z ichiga olgan so’zlarni ham izlash. Mualliflar ro’yxati. Odatda, mualliflar ro’yxati alohida saxifada keltiriladi. Bu saxifada nafaqat darslik mualliflari, uning elektron versiyasini yaratganlarning ham ro’yxati beriladi. Bundan tasho’ari darslikni yaratgan tashkilotning to’liq rekvizitlarini ham joylashtirish mumkin. Tayanch iboralar. Iboralarga berilgan ta'rif gipermatn yordamida namoyon bo’lishi mumkin, lekin bu saxifaning gipermatnlar bilan to’lib ketishiga olib keladi, chunki gipermatnlar nafaqat iboralarning ta'rifiga, illyustratsiya, jadval, grafiklarga ham yo’llovchi bo’ladi. Shuning uchun tayanch iboralar va ularning ta'riflarini alohida
saxifada joylashtirgan ma'qul. Zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi insoniyat oldida, ta'lim sohasida yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, yangi vazifalarni ham yukladi. Biz bu maqolada shu vazifalardan biriga, ya'ni zamonaviy axborot texnologiyalarining multimedia vositalaridan foydalangan holda ta'lim berishning yangi bosqichiga, elektron darsliklarni ta'lim jarayonida qo’llash imkoniyatlariga to’htalib o’tdik. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling