Bob elektron darslik yaratishning nazariy


Elektron darslik strukturasi


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana27.06.2020
Hajmi1.97 Mb.
#122070
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
my sql va dasturlash tili php yordamida kompyuter arxitekturasi fanidan elektron darslik yaratish


Elektron darslik strukturasi. Misol uchun umumta’lim maktablari 9 sinfi 

uchun Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan yaratilgan elektron 

darslik strukturasi quyidagicha: 

quyidagi sxemada: 

 - strelkaning ikkala tarafidagi modullar bir-birini ishga tushiradi

 - strelkaning boshidagi modul oxiridagi modulni ishga tushirishi mumkin, 

teskarisi mumkin emas; 

 - strelkaning boshidagi modul oxiridagi modulni ishga tushiradi va 2-chi 

modul ishi yakunlagach boshqaruv yana 1-chi modulga o’tadi. 

 


20 

 

1.2.1- sxema. Elektron darsliklarning sxemasi. 



 

1.3. Elektron darsliklarning afzalligi va kamchiliklari. 

 

Bundan  yigirma  yil  oldin  elektron  darsliklar  haqida  tasavvurga  ham  ega 



emasdik. Bugun esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiyoti bois 

elektron  darsliklardan  foydalanish  imkoniyatiga  egamiz.  O‘z  navbatida,  u  bilan 

bog‘liq muammolarni ham yechishga harakat qilyapmiz. 

Elektron  taqdimotlardan  darsda  namoyish  va  ko‘rgazmali  material  sifatida 

foydalanish  pedagogga  katta  yordam  beradi.  O‘quv  materialining  elektron 

1-modul. 

Ma’lumotnoma 

2-modul. 

Foydalanuvchilarni 

ro’yxatga olish 

3-modul. 

Boshqaruv moduli 

4-modul. 

Mundarija 

6-modul. 

Test nazorati o’tkazish 

moduli 

9-modul. 

Belgi o’rnatish va 

belgiga o’tish moduli 

 

5-modul. 

Mavzuni bayon qilish 

moduli 

8-modul. 

Animatsiyalarni 

namoyish qilish 

7-modul. 

Ichki qism dasturga o’tish 

moduli 

10-modul.  

Sozlash moduli 


21 

taqdimotda  animatsiyalar  shaklida  berilishi  o‘tilayotgan  mavzuni  tushunishni 

yengillashtiradi va  ko‘rgazmalilikni  oshiradi.  Namoyish  slaydlarini o‘quvchilarga 

tarqatma material sifatida ham berish mumkin. 

Slaydlarga  nisbatan  o‘quvchilar  o‘zlarining  fikrlarini  yozadi  va  bu  orqali 

ular axborotlar bilan ishlashning quyidagi malakalariga ega bo‘ladilar: 

  grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki teskarisi; 



 

muhokama  etilayotgan  mavzu  bo‘yicha  xulosalar  va  savollarni 



shakllantirish; 

 



o‘zining o‘quv-bilish faoliyatini rejalashtirish. 

Bunday  metodika  o‘qituvchiga  yangi  axborotlarni  ko‘paytirib  borish, 

o‘quvchilarning  tayyorgarlik  darajasi  o‘zgarishi  bilan  ma'lum  bir  mavzuga 

mo‘ljallangan slaydlarni takomillashtirib borish imkoniyatini beradi. 

Metodik  jihatdan  o‘qituvchi  va  o‘quvchining  o‘zaro  muloqoti  ikki  turdagi 

ta'sirdan  iborat.  Birinchisi  —  o‘qitishning  ma'lum  bosqichida  o‘quvchiga  shu 

bosqichdagi  masalani  tushunishga  yordam  beruvchi  yo‘naltiruvchi  savollar. 

Ikkinchisi — masalani aniqlashtiruvchi fikrlar va harakatlar usulini ko‘rsatish. 

Savollar  va  ko‘rsatmalar  soni  nazariy  va  amaliy  materiallarning  o‘quvchi 

tomonidan  o‘zlashtirilishi  hamda  malakaning  shakllanishiga  bog‘liq  ravishda 

beriladi. 

Amaliy  tahlillar  ta'lim  jarayonida  katta  samaraga  ega  bo‘lishi  uchun  o‘quv 

jarayonida  interfaol  didaktik  o‘yinlar  va  mashq  qildirgichlardan  foydalanishni 

taqozo etadi. Ular o‘quvchilarning jamoa bo‘lib yoki individual faoliyatini, kasbiy 

malaka  va  ko‘nikmalarini  shakllantirishga  yordam  beradi.  Interfaol  o‘yinlar 

ma'lum  bir  kasbiy  sifatlarga  va  malakaga  ega  bo‘lajak  o‘qituvchi  shaxsini 

shakllantirish  maqsadida  kelajakda  kasbiy  faoliyati  bilan  bog‘liq  vaziyatlarni 

modellashtirish  imkoniyatini  beradi.  Aynan  didaktik  o‘yinlar  va  mashq 

qildirgichlarni  yaratish  elektron  o‘quv-metodik  majmualar  yaratishda  katta 

qiyinchiliklar  tug‘diradi.  Bu  qiyinchilik  dasturiy-texnik  va  metodik  qiyinchiliklar 

bilan bog‘liq. 


22 

Elektron  darslik  –  kompyuter  texnologiyalariga  asoslangan  ta'lim 

metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil 

ta'lim  olishda  va  o‘quv  materiallarini  har  tomonlama  samarali  o‘zlashtirishda 

foydalanish  mumkin.  Elektron  darslikda  fanning  o‘quv  materiallari  o‘quvchiga 

interfaol  usullar  bilan,  psixologik  va  pedagogik  jihatlar,  zamonaviy  axborot 

texnologiyalari, 

audio 


va  video  animatsiyalar  imkoniyatlaridan  o‘rinli 

foydalaniladi. 

Elektron  darsliklarni  loyihalashtirish,  ishlab  chiqish  va  o‘quv  jarayonida 

keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda 

ta'lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o‘quv nashrlarning 

turli xillari yaratilib, ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy 

o‘qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda. 

Elektron darsliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 

  matnning elektron versiyasi; 



  kitobning gipermatnli elektron versiyasi; 

  grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik



  animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik; 

  animatsiya,  ovoz,  grafik,  jadval,  rasm,  gipermatnli  va  test  tizimlari  mavjud 



darsliklar. 

Ushbu  sohaning  yangiligi  va  o‘quv-uslubiy  ta'minotning  yo‘qligi  ishlab 

chiqilayottan  elektron  darsliklarning  sifat  darajasiga  jiddiy  ta'sir  ko‘rsatmoqda. 

Bundan  tashqari,  darsliklarni  yaratishning  yagona  standartlari  majud  emasligi  va 

dasturiy  vositalarining  turli  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  yaratilishi  elektron 

darsliklarni  o‘quv  jarayonida  samarali  qo‘llashga  to‘sqinlik  qilyapti  deyish 

mumkin. 

Shuning  uchun  ham  yaratilayotgan  elektron  darsliklarni  baholash 

mezonlarini  belgilab  olish  lozim.  Avvalambor,  elektron  darsliklar  o‘tilayotgan 

darslar  sifatini  yuksaltirishiga  qanday  ta'sir  ko‘rsatishini  bilish  kerak.  Elektron 

darsliklarning  an'anaviy  usullarga  nisbatan  quyidagi  afzalliklarini  keltirish 

mumkin: 


23 

1. O‘quv axborotlarining taqdim etilish shakli. 

2. Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati. 

3. Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi. 

4. O‘qituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi. 

Shulardan  kelib  chiqib,  elektron  darsliklarni  yaratishning  quyidagi 

tamoyillarini keltirish mumkin: 

  multimedia  ma'lumotlari  (matn,  grafik,  audio,  video,  animatsiya)  asosida 



axborotlarni taqdim etish; 

 



qidirish va yo‘llash imkoniyatlarini kiritish; 

  olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning ob'yektiv tizimini kiritish; 



  tarmoq texnologiyalari asosida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro interaktiv 

va teskari aloqasining yo‘lga qo‘yilishi. 

Elektron  darsliklardan  o‘quv  jarayonida  keng  foydalanishning  asosiy 

muammosi  —  bu  kompyuter  ekranidan  katta  hajmdagi  axborotlarni  o‘qishdir. 

Ushbu  muammoni  hal  qilish  uchun  elektron  darsliklarni  matn  va  ovoz  shaklida 

taqdim  etish  mumkin.  Bu  ikki  usul  bitta  o‘quv  materialini  turli  shaklda  taqdim 

etishi bilan farqlanadi, xolos. 

 

1.4. Elektron darsliklar yaratish texnologiyasi. 

 

Axborot  asrida  insoniyat  tarixida  sanoat  va  fan  olamida  olamshumul 

yutuqlar  qo’lga  kiritildi.  Dunyoda  axborot  eng  qimmat  narsaga  aylandi. 

Kompyuter  ixtiro  qilinishi  insonlar  bajaradigan  yumushlarni  yengillashishiga  olib 

keldi.  Fan,  ta’lim  sohalarida  o’qitish  o’rganishning  zamonaviy  vositalari  joriy 

qilindi.  Ushbu  vositalarni  biri  va  deyarli  eng  ko’p  qo’llaniladigani  bu  elektron 

darsliklardir.  Hozirda  deyarli  barcha  sohaga  barcha  sohaning  elektron 

qo’llanmalari  mavjud.  Lekin  hammasini  ham  foydali  deya  olmaymiz.  Ma’lumot 

undan  insonlar  foydalangandagina  foydali  bo’lishi  mumkin.  Shunday  ekan 

elektron darsliklar tayyorlashda ham Ushbu jihatga e’tibor qaratish zarur bo’ladi. 



24 

Elektron  dasrliklar  yatuvchi  dasturlarning  nomlari  har  xil,  lekin  ularni 

boshqarilish  tamoyillari  deyarli  bir  xil  bo’ladi.  Ularning  ba’zilari  qo’shimcha 

imkoniyatlari  mavjudligi  va  ularda  darslik  tayyorlash  qulayligi  bilan  farqlanadi. 

Dastlab elektron darsliklar o’ta sodda ko’rinishga ega bo’lgan bo’lsa endilikda turli 

inson  ruhiyatiga  ta’sir  etadigan  tasviriy  vositalar  bilan  boyimoqda.  Bunday 

vositalarga  turli  animatsiya  va  video  fayllarni  kitish  mumkin.  Dastlab  bu 

imkoniyatlar  mavjud  bo’lmagan.  Vaqt  o’tishi  bilan  Flash,  3D  Max  dasturlarini 

ishlab  chiqilishi  elektron  darsliklar  tayyorlashni  yanada  mazmundorroq  va 

foydalanuvchiga  mazmuni  tushinarliroq  bo’lishiga  olib  keldi.  Bularning  barchasi 

axborotlarni elektron usulda tezkor almashish va o’zlashtirish imkonini beradi. 

Elektron  darsliklar  iqtisodiy  tejamkorlikka  olib  keladi.  Buning  uchun 

tayyorlangan  ma’lumotlar  foydalanuvchiga  kerakli  bo’lishligi  ahamiyatlidir. 

Dunyoda  axborot  ko’payib  keganidan  keraklilarini  tanlab  olish  muammo  bo’lib 

bormoqda.  Ana  shu  holatlardan  qochish  maqsadida  ko’plab  nufuzli  muassalar 

o’zlarining  elektron  darsliklarini  imkon  qadar  asosiy  va  talaba  o’zlashtirishi 

muhim  bo’lgan  ma’lumotlar  bilan  boyitmoqda.  Albatta  bu  jarayonda  elektron 

darsliklar  yaratuvchi  dasturlarning  o’rni  ahamiyatlidir.  Vaqt  o’tishi  bilan  bunday 

dasturlarning 

imkoniyatlari 

kengaygan 

ko’rinishdagilari 

amaliyotda 

qo’llanilmoqda. Bunday dasturlar bozorida arzon bo’lgan, foydalanish uchun qulay 

va sifatli elektron darslik tayyorlovchi dasturlar turli ko’rinishlarni olmoqda. 

Elektron  o’quv  qo’llanma  arxitekturasi  kompyuterlashtirilgan  axborot 

texnologiyalarini egallashga qaratilgan sa'i xarakatdir. Taqdim etilgan ma'lumotlar 

yangi  shaklda,  elektron  o’quv  qo’llanma  da  tasvirlanadi.  Elektron  o’quv 

qo’llanmaning  birinchi  shakli  matnli  ko’rinishida  ishlab  chiqildi.  Hozirda  esa 

uning  ko’rinishi  mukamal  holga  etib  keldi.  Elektron  o’quv  qo’llanmaga  hozirda 

matn, ovoz, musiqa, video va boshqa axborot texnologiyalari imkoniyatlari qo’shib 

borilmoqda. U televizion va radio uzatish imkoniyatiga ega. Multimedia o’quvchi 

va  o’qituvchilarning  ekran  dizayniga  bo’lgan  bog’liqligini  kamaytirdi.  Hozirgi 

kunda  ma'lumotlar  foydalanuvchilarga  yangi  imkoniyatlar  bilan  etkazib 

berilmoqda. Shu bilan bir qatorda turli muammolar, bog’liqliklar, masalan, axborot 


25 

manbalari  etishmaydigan,  maxsus  bilimlarning  egallashning  qiyinligi  masalasi 

ko’ndalang  turadi.  Bu  muammoning  echimini  zamonaviy  elektron  o’quv 

qo’llanmalar  ko’rsatib  berdi.  Zamonaviy  axborot  texnologiyalari  taraqqiyoti 

strategiyasi  ma'lumotdan  bilimga  o’tish  yo’nalishini  belgilaydi.  Kompyuter 

dasturlari  bilimlarni  tashish  vazifasini  bajaradi  degan  fikr,  faqat  ma'lumot  yoki 

uning shakli, belgilangan butunlik bilan ta'minlanadi. Darhaqiqat, birinchi elektron 

o’quv  qo’llanmada  algoritmlash  amalga  oshirilib,  muallif  butun  o’qitishni 

shakllantirishga 

erishdi. 

Bu 

elektron 



o’quv  qo’llanma  evolyutsiyasiga 

multimedianing taraqqiyoti sabab bo’ldi. Ammo aynan u foydalanuvchilar axborot 

resurslarining  kelajagini  belgilaydi.  Eng  yaxshi  elektron  o’quv  qo’llanmalarda 

chuqur ma'no, yana metodik va pand — nasihat darajasi strategiya va algoritmiga 

ega. 

Landshaft.  Elektron  o’quv  qo’llanma  ma'lumotlar  fazosining  elementi 

hisoblanadi.  U  foydalanuvchilar  manbalari,  boshqa  elektron  o’quv  qo’llanma, 

insoniyat  yaralishi,  davlat,  nashriy  va  etkazib  beruvchilarning  madaniyatini 

belgilab  beradi.  Tan  olish  kerak,  o’qituvchi,  o’quvchi,  ona  —  ona,  sinfdosh 

yuzasidan  insoniyat  yaralishi  maktab  ta'limi  uchun  ma'lumot  echimini  bajaradi. 

O’rta  maktab  darajasida  yuqori obro’li  shaxs  vazifasini o’qituvchi bajarishini  tan 

olish kerak. Qanday zamonaviy elektron o’quv qo’llanma bo’lmasin, agar u, ota — 

onalar  yig’ilishida  o’qituvchi  tomonidan  tavsiya  etilmasa,  o’quvchiga  bu  o’quv 

qo’llanmadan  hech  qanday  qo’shimcha  imkoniyatlar  etib  bormaydi.  Kamchiligi, 

o’qituvchi  o’quvchini,  ota  —  onalar  va  o’quvchilarning  o’zlari  ham  savdo 

tarmoqlari  yoki  INTERNETga  kirib  qolishlariga  sababchi  bo’lshlari  mumkin. 

Bugungi  kunda  jiddiy  nashriyotlar  chetlatilib,  elektron  o’quv  qo’llanmaga 

qaratilgan, 

lekin 


sotilishi 

mumkin 


bo’lgan,  o’qitishga  mo’ljallangan 

ma'lumotlardan  tashkil  topgan  bo’lishi  kerak.  Yagona  mo’ljal  narx  va  tijoriy 

reklama,  do’st  va  tanishlar  maslahatlaridan  iborat.  O’qituvchi  biladiki  elektron 

o’quv qo’llanma kichik uy kompyuterlariga ham  mos bo’lib u tarmoqsiz ishlashi 

ham  mumkinligini  hisobga  olib  o’quvchilarga  mustaqil  o’qishlarni  uyga  berishi 

ham mumkin bo’ldi. 



26 

Asosiy  shakllar.  Elektron  o’quv  qo’llanma  yaratish  muallifning  talanti  va 

ustaligiga  bog’liq  bo’lib,  har  qanday  murakkab  tizimlarni  yaratish  imkoniyatini 

beradi.  U  albatta  yaxshi  jihozlangan  va  elementlari  tartibli  joylashgan  bo’lishi 

kerak. 


Test. Tashqaridan qaraganda u oddiy elektron o’quv qo’llanmaga o’xshaydi. 

Asosiy  qiyinchilikni  savollarni  yig’ish  va  shakllantirish,  savollarga  javoblarni 

moslashtirish  tashkil  etadi.  Yaxshi  testdan  bilim  ob'ektiv  kartinasini,  fikrlash  va 

fan, belgilangan predmet sohasini egallashda foydalaniladi. Xuddi to’g’ri qo’yilgan 

tashxis  salomatlikning  birinchi  qadami  sanalganidek,  ob'ektiv  testdan  o’tkazish 

bilim cho’qqisiga erishishning optimal yo’lini belgilaydi. 



Entsiklopediya.  Bu  elektron  o’quv  qo’llanmaning  ombor  ko’rinishidir. 

Tuzilish  sathida  entsiklopediya  atamasi  ma'lumot,  elektron  o’quv  qo’llanmada 

markazlashtirilishi tushunchasini beradi. 

Elektron nashr — bu grafik, matn, raqamli, musiqali, video, foto va boshqa 

axborotlarni  va  yana  foydalanuvchilar  uchun  bosma  xujjatlar  yig’indisi.  Elektron 

nashrdan elektron tashuvchilar - magnitli (magnit tasma, magnit disk), optik (CD-

ROM, DVD, CD-R) va yana kompyuter tarmoqlaridan foydanish mumkin. 



Elektron  o’quv  nashr  -  ilmiy  malakaviy  bilimlar  maydonida 

tizimlashtirilgan  materiallarda  tashkil  topgan  bo’lib,  bu  maydonda  o’quvchi, 

studentlarning bilimlarini faol ravishda o’stirib borish ta'minlanadi.Elektron o’quv 

qo’llanma  yuqori  darajada  foydalanish  va  badiiy  ko’rgazmaga  mo’ljallangan 

bo’lib, to’liq axborot, metodik ko’rsatmalar sifati, texnik foydalanish sifati, aniqlik, 

mantiqiylikka ega. 



O’quv qo’llanma - o’quv nashri, o’quv tartiblari tizimi yoki uning bo’limi, 

qismi. 


Elektron  o’quv  qo’llanma  -  asosiy  elektron  o’quv  qo’llanma  yuqori 

metodik  va  ilmiy  darajada  yaratiladi.  U  elektron  ko’rinishda  bo’lib,  bunda  ilmiy 

teznika rivoji va yuqori sifat mavjud. 

Gipermatn  -  bu  matn  elektron  shaklda  va  belgilangan  tizimlar  aloqasining 

ko’rinishi. U daraxt ko’rinishida bo’ladi. 



27 

Kompyuterlashtirilgan  tushuntirish  -  tushuntirish  turi,  aniqlik  va 

ravshanlikdan  fodalanish,  savollarga  induktiv  aqllilik  va  shakllantirilgan 

tushunchalar yo’li bilan “ha” yoki “yo’q” tipidagi javoblardir. 

Kompyuterlashtirilgan echim - echim metodi, oddiy va yagona yo’l bilan 

bajariladi,  kompyutersiz  qabul  qilib  bo’lmaydi  va  shuning  bilan  yuqori  tezlik  va 

hisoblash talab qilinadi. 

Vizuallik - rasm, garfik va harakatlarning aniq shaklidagi ko’rinishi. 

Elektron  o’quv  qo’llanmaga  ta'rif.  Zamonaviy  ta'lim  taraqqiyoti  shunday 

imkoniyatlarga  yaratilgan  kompyuter  paketlaridan  tashkil  topishi  mumkin,  uyda 

shaxsiy  kompyuterlarda,  mustaqil  ishlash  uchun  jihozlangan  oliygohlarda, 

kompyuter 

sinflarida, 

yotoqxonalarda, 

maxsuslashtirilgan 

malakaviy 

auditoriyalarda foydalanishimiz mumkin. 



Elektron  o’quv  qo’llanma  —  o’quv  adabiyotining  yangi  janri.  Elektron 

o’quv qo’llanma (hatto eng zo’r) kitob shakliga almashtirish shart ham, kerak ham 

emas.  Ekranlashtirilgan  o’quv  adabiyotining  bu  janri  mutloqo  yangidir.  Kitobni 

xuddi  film  tomosha  qilgandek  tushunish  mumkin.  Bu  janrni  yangilash  ham  oson, 

ham qulay bo’lib, qidirish tizimiga ega. U o’zida boy ma'lumotlar video, kartinka, 

ma'lumotnomalar, matnlar joy olgan. 

Elektron  o’quv  qo’llanma  maksimal  darajada  tushunish  va  tushuntirilishga 

ega bo’lishi, inson miyasi, ongiga nafaqat eshitish balki ko’rish orqali etib borishi, 

kompyuter  tushuntirishidan  foydalanish  kerak.Tashkil  qiluvchi  matnlar  hajmi 

chegaralangan bo’lishi kerak. 



28 

II. LOYIHA QISM 

 

2.1. Elektron darslik yaratuvchi dasturlar xarakteristikalari. 

 

Elektron  darslik  bu  mavjud  o’quv  qo’llanma,  darsliknining  undan 

foydalanuvchiga qulaylik yaratish maqsadida maxsus dasturiy vositalar yordamida 

ixcham  holatga  keltirilgan  ma’lumotlar  to’plamidan  iborat.  Elektron  darslik 

tayyorlashda  taqdim  etilayotgan  ma’lumotlar  undan  foydalanuvchilarga  qulay, 

qiziqarli va kerakli bo’lishligi ahamiyatlidir. 

Hozirgi kunda elektron darsliklarni bir necha xil tayyorlash usullari mavjud. 

Ko’pchilik  holatlarda  tayyorlanayotgan  elektron  darslik  ma’lumotlari  dastlab 

HTML sahifalari ko’rinishiga o’tkaziladi. 

HTML  tili  imkoniyatlaridan  foydalanib  ham  elektron  darslik  tayyorlash 

mumkin.  Bu  sohaning  hozirda  imkoniyatlari  kengaygan.  HTML  sahifalari 

tayyorlovchi  va  ularga  bezak  berish  imkonini  beruvchi  maxsus  dasturlar  ishlab 

chiqilgan.  Bunday  dasturlarga  misol  sifatida  Microsoft  FrontPage,  Dreamweaver 

dasturlarini  keltirish  mumkin.  Bu  dasturiy  vositalar  yordamida  osonlik  bilan 

elektron  darsliklar  tayyorlash  va  tahrirlash  imkoniyatlari  mavjud.  Lekin  bularda 

ma’lumotlar .html yoki .htm kengaytmali ko’rinishda saqlanadi va elektron darslik 

tarkibidagi ma’lumotlar ko’p bo’ladigan bo’lsa uni ma’lumot tashuvchi kompyuter 

qurilma (fleshka) larga ko’chirish yoki ko’chirib olish ko’p vaqt talab etadi. Bu esa 

doim ham hushlanavermaydi. 

Anashu  holatlardan  qochish  uchun  maxsus  dasturiy  vositalar  ishlab 

chiqilgan  bo’lib,  ular  yordamida  mavjud  HTML  tilida  tayyorlangan  elektron 

darsliklarni  osonlik  bilan  exe  yoki  chm  kengaytmali  fayllar  holatiga  keltirish 

mumkin.  Bunday  elektron  darsliklar  foydalanishga  qulayligi  va  yuqoridagi 

kamchliklardan holiligi bilan oddiy HTML ma’lumotlar to’plamidan iborat bo’lgan 

elektron  darsliklardan  afzal  hisoblanadi.  Bu  elektron  darslikning  afzalligi  uning 

hajmini  oddiy  HTML  hujjatlari  papkasidan  iborat  elektron  darslik  hajmidan 

kichikligidir. Bunday elektron darsliklarni ko’chirish yoki ko’chirib olish oson va 


29 

qisqa  vaqt  talab  etadi.  Butun  bir-biriga  bog’langan  HTML  ma’lumotlar  bitta  exe 

yoki chm fayli holatiga keltiriladi. 

Bunday  elektron  darslik  tayyorlovchi  dasturlar  orasida  SbookBuilder  va 



htm2chm  dasturlari  o’ziga  xos  mavqega  ega.  Quyida  anashu  dasturlar 

imkoniyalari bilan tanishib chiqamiz. 



Elektron  darsliklar  yaratuvchi  dasturlar  sohasidagi  yangiliklar.  Biz 

yuqorida  ikki  turdagi,  ya’ni  exe  va  chm  ko’rinishda  elektron  darsliklar 

tayyorlovchi  dasturlar  imkoniyatlari  bilan  tanishib  chiqdik.  Ushbu  dasturlar  bilan 

ishlash jarayonida sodda elektron darslik tayyorlash bosqichlariga to’htalib o’tildi. 

Axborot  asrida  insoniyat  tarixida  sanoat  va  fan  olamida  olamshumul 

yutuqlar  qo’lga  kiritildi.  Dunyoda  axborot  eng  qimmat  narsaga  aylandi. 

Kompyuter  ixtiro  qilinishi  insonlar  bajaradigan  yumushlarni  yengillashishiga  olib 

keldi.  Fan,  ta’lim  sohalarida  o’qitish  o’rganishning  zamonaviy  vositalari  joriy 

qilindi. Endilikda elektron darslikarning bu sohadagi ahamiyati yanada oshmoqda. 

Dastlab  elektron  darsliklar  oddiy  matn  ko’rinishida  bo’lsa  hozirda  turli  tasviriy 

ko’rinishlarini ham o’zida mujassamlashtirmoqda. 

Bizga  ma’lumki  inson  axborotni  ko’rganda  uni  oddiy  eshitib  yoki 

o’qigandan  ko’ra  ko’proq  eslab  qoladi.  Anashu  taraflarni  hisobga  olgan  holda 

elektron  darslik  tayyorlash  uni  yashash  davrini  uzoq  bo’lishiga  olib  kelish 

mumkin. 

Turli  animatsiya  tayyorlovchi  dasturlar  ishlab  chiqilishi  elektron  darslik 

tayyorlash sohasida ham sifatli bo’lgan elektron darsliklar tayyorlashga olib keldi. 

Endilikda elektron darslik yaratuvchi dasturlar yordamida Flash, 3D Max va 

boshqa  turdagi  animatsiyalarni,  turli  video  va  audio  fayllarni  elektron  darslik 

tarkibida qo’llash imkoniyatlari paydo bo’ldi. 

Bu  imkoniyatlardan  qay  darajada  qulay  foydalanish  elektron  darslik 

tayyorlovchining mahorati va psixologik tomondan yondoshishiga bo’g’liq. 

Hozirda  Internet  tehnologiyalari  ham  jadallik  bilan  rivojlanmoqda.  Internet 

orqali  ta’lim  beruvchi  maxsus  repitiror  va  saytlar  mavjuddir.  Masofadan  turib 

o’qish  tehnologiyalari  hayotga  joriy  qilinmoqda.  Bu  ta’lim  oluvchilarga  ancha 


30 

qulayliklar  tug’dirmoqda.  Bunda  talabalar  o’z  yurtida  turib  boshqa  davlatning 

oliygohlarida o’qishi va o’sha oliygoh diplomiga ega bo’lishi mumkin. 

Albatta but ta’lim jarayonida elektron darslikning ahamiyati kattadir. Chunki 

talaba doim ham Internetdan foydalana olmasligi mumkin. Ana shu paytda o’ziga 

oliygoh yoki boshqa biror ta’lim muassasi tomonidan berilgan elektron darslik va 

qo’llanmaklardan foydalanishga to’g’ri keladi. 

AQSH  va  ko’plab  G’arb  davlatlarida  bu  sohaga  jiddiy  e’tibor  qaratilgan. 

O’zbekiston  sharoitida  ham  ta’lim  sohasida  elektron  darsliklar  ishlab  chiqish  va 

ularni amaliyotga tabiq etishning chora va tadbirlari ishlab chiqilgan. 



Elektron  darslik  yaratish  harajatlarini  aniqlash  texnologiyalari. 

Zamonaviy axborot texnologiyalarining tez surhatlar bilan rivojlanishi va hayotga 

kirib  borishi,  elektron  darsliklar,  ya’ni  o’qituvchisiz  o’qitish  texnologiyasini  joriy 

etish  va  ishlab  chiqish  bilan  bog’liq  bo’lgan  faoliyat  sohasini  rivojlantirmoqda. 

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”ning  qabul  qilinishi  ta’limni  halqaro  darajaga 

olib  chiqish,  uni  jahon  andozalariga  mos  qilib,  tubdan  isloh  qilish  eng  ustivor 

vazifalardan biri ekanligini belgilab berdi.  

Elektron darslik yaratish vositalarini quyidagicha tasniflash mumkin: 

  dasturlash algoritmik tillari; 



   ommaviy qo’llanishga mo’ljallangan instrumental vositalar 

   multimedia vositalari; 



   gipermatn va gipermedia vositalari; 

Dasturlash algoritmik tillarida tuzilgan elektron darsliklarning xususiyatlari: 

-  interfeysning  xilma  xilligi  (rang  palitrasi,  interfeys,  ED  strukturasi, 

materialning taqdim etilishi va h.k.); 

-  yangilash va nazorat qilib borishning murakkabligi; 

-  ko’p vaqt va mehnat sarfi

-  mashina imkoniyatlariga mos ED yaratish imkonyati. 

Ommaviy  qo’llanishga  mo’ljallangan  instrumental  vositalar  malakali 

dasturchi bo’lmagan foydalanuvchilar uchun ED yaratishga xizmat qiladi. Bunday 

vositalar yordamida EDlarni loyihalash quyidagi imkoniyatlarni beradi: 


31 

  ED strukturasini shakllantirish; 



   matnni kiritish, tahrirlash va formatlash (matn tahrirlovchi); 

   statik illyustrativ qismini tayyorlash (grafik tahrirlovchi); 



   dinamik illyustrativ qismini tayyorlash (ovoz va animatsiya); 

   boshqa vositalarni bajaruvchi modullarini kiritish va b. 



Ommaviy qo’llanishga mo’ljallangan instrumental vositalarning afzalliklari:  

 



malakali  dasturchi  bo’lmagan  foydalanuvchilar  tomonidan  ED  yaratish 

imkoniyati; 

   mehnat va vaqt sarfining qisqarishi; 



   kompyuter va dasturiy ta’minot yuqori darajada talab qilinmasligi. 

Shu bilan birga bir qator kamchiliklarni ham aytib o’tish lozim: 

  interfeysning qulaymasligi; 



   multimedia va gipermedia tizimlariga nisbatan imkoniyatlarini kamligi; 

   masofaviy o’qitish dasturini yaratish imkoniyati yo’qligi. 



Multimedia 

vositalari. 

Mutaxassislarning  ta’kidlashicha  materialni 

o’zlashtirish  darajasi  o’qiganda  10%,  eshitganda  20%,  ko’rsa  va  eshitsa  50%, 

boshqalar  bilan  muhokama  qilganda  70%ni  tashkil  etadi.  Demak,  multimedia 

axborot uzatishni bir necha usullarini – matn, statik tasvir (rasm va surat), dinamik 

tasvir (multiplikatsiya va video) va ovoz (raqamli va MIDI)  – interaktiv mahsulot 

sifatida birlashtiradi.  

Audio  axborot  nutq,  musiqa,  ovoz  effektlaridan  iborat.  Video  axborotning 

statik  video  qatorini  ikki  guruhga  bo’lish  mumkin:  grafika  (chizma  tasvirlar)  va 

foto  suratlar.  Dinamik  video  qator  statik  elementlardan  yahni  kadrlar  ketma-

ketligidan tashkil topgan.  

Multimedia mahsulotlarining boshqa axborot resurslaridan farqli jihati katta 

hajmda  bo’lishidir.  SHuning  uchun  xozirgi  paytda  bunday  mahsulotlarning 

tashuvchisi 650 Mbayt hajmli CD-ROM optik disklardir. 



Gipermatn  va  gipermedia  vositalari.  Gipermatn  –  matn  shaklidagi 

materialga chiziqli bo’lmagan o’tish usuli, matnda ba’zi jumlalar ajratilgan bo’lib 



32 

ular  boshqa  matn  fragmentlariga  bog’langan.  SHunday  qilib,  foydalanuvchi 

nafaqat  sahifalarni  birin  ketin  ochishi  mumkin  balki  yo’llovchi  jumla  yordamida 

boshqa  sahifaga  o’ta  oladi.  Gipermedia  tizimida  rasmlar  yordamida  o’tishni 

amalga  oshirish  mumkin,  mahlumot  sifatida  matn,  grafika,  videotasvir  yoki  ovoz 

bo’lishi mumkin. 

Gipermatn  texnologiyasi  strukturasi  oddiyligi  va  qo’llanishi  qulayligi 

jihatlari bilan darsliklarga qo’yilgan talablarga javob beradi. Lekin, uning dizayni 

va  shu  kabi  ba’zi  jihatlarining  kamchiliklari  mavjud.  Hozirgi  paytda  turli 

gipermatn formatlari mavjud, bular (HTML, DHTML, ‘H’ va b.). 

Elektron darslik seriyalab chiqariladigan dasturiy mahsulot hisoblanadi. Har 

bir  dasturiy  mahsulotning  harajatlari  bo’lganligi  kabi  elektron  darslik  yaratishda 

ham turli harajatlar mavjud. Harajatlar dasturning qiyinlik darajasi va qaysi sinfga 

mansubligiga  bog’liq.  Dasturiy  mahsulotning  ta  xayot  tsikli  davomidagi  asosiy 

harajatlari Sa quyidagi harajatlarni o’z ichiga oladi: 

Sya  –  tya  vaqt  davomida  dasturni  yaratishga  ketgan  jami  harajatlar  va 

dasturni yaratish davomida EHM qurilmalari va texnik tahminoti harajatlari; 

Se  –  te  vaqt  davomida  dasturiy  mahsulotni  tarqatishda  qo’llaniladigan 

dasturlarni ishlatishga va EHM qurilma vositalariga ketgan harajatlar

Sn  –  tn  vaqt  davomida  dasturiy  mahsulotni  nazorat  qilib  borishga  ketgan 

harajatlar,  ularning  butligi  va  nazorati,  moderniztsiya  va  hatolarini  tuzatish, 

ko’paytirish va h.k. 

Shunday qilib, SaqSyaQSeQSn. 

Dasturiy mahsulotni yaratish harajatlari

  bevosita  loyihalash,  dasturlash,  foydalanuvchi  talablari  asosida  hatolarni 



tuzatish va sinash - S1ya; 

   dasturiy mahsulotning tajriba nushasini yaratish – S2ya; 



   dasturiy  mahsulot  yaratishni  avtomatlashtiruvchi  dasturiy  vositalar  va 

texnologiyalarni yaratish, qo’llash va tayyorlash - S3ya; 

   dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtirishda foydalaniladigan EHM – 



S4ya; 

33 

   mutaxassislarni  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  –  S5ya  harajatlaridan 



iborat. 

Asosiy  harajatlar  Syani  tashkil  etuvchilaridan  S1ya  va  S2yalar  dasturiy 

mahsulot yaratishning bevosita harajatlari, S3ya va S4yalar esa dasturiy  mahsulot 

yaratish jarayonining (dasturiy va apparat)tahminoti harajatlari hisoblanadi. 

Dasturiy mahsulotlarni yaratishga ketgan bevosita harajatlar  - S1ya, dasturiy 

mahsulot  hayot  tsiklining  asosiy  tashkil  etuvchisidir.  Bevosita  harajatlarni  dastur 

hajmi(Dx)ning  mexnat  unumdorligi(M)ga  nisbati  va  mehnat  sarfining  o’zgarish 

koeffitsient(sij)lari  ko’paytmasi  ko’rinishida  keltirish  mumkin.  Dasturiy 

mahsulotning  tajriba  nushasini  yaratish  harajatlari  –  S2ya,  tashuvchi  (disk)lar, 

nusaha  olish  va  dastur  komponentlarini  yig’ish(S2ya1)  harajatlari;  hujjatlarning 

to’liq  komplektini  ishlab  chiqish(S2ya2)  harajatlaridan  iborat.  Dasturiy  mahsulot 

yaratishni  avtomatlashtiruvchi  dasturiy  vositalar  va  texnologiyalar  harajatlari  - 

S3ya, 

dasturni 



yaratishni 

avtomatlashtirish 

tizimi 

va 


texnologiyasini 

yaratish(S3ya1)  harajatlari,  avtomatlashtirish  vositalari  va  texnologiyasini 

o’zlashtirish va joriy etish(S3ya2) harajatlari, dasturiy mahsulot yaratish davomida 

avtomatlashtirilgan  dastur  yaratish  tizimidan  foydalanish(S3ya3)  harajatlaridan 

iborat: S3yaqS3ya1QS3ya2QS3ya3. 

Dasturiy  mahsulot  yaratishni  avtomatlashtirishda  foydalaniladigan  EHM 

harajatlari  –  S4ya,  EHM  sotib  olish  va  o’rnatish,  dasturiy  mahsulot  yaratish 

davomida(tya) EHMdan foydalanish harajatlarini o’z ichiga oladi: S4yaqa4tya, bu 

yerda a4-mashina vaqtining narhi. 

Dasturiy mahsulotni yaratishga ketgan jami harajatlarni aniqlashning yana bir 

usuli: 

Sq(1Qq){∑ TiLkn.iWi[(1QKk)(1QKu)QKkx]QTmb×e} 



bu  yerda  Ti  –  1-darajali  dasturchining  dasturni  yaratishga  sarf  qilgan  vaqti, 

odamG’kun; 

 Lkn.i – 1-darajali dasturchining ish haqi, so’m.G’kun; 

 Wi – 1-darajali dasturchilar soni; 

 Kq – qo’shimcha ish haqi koeffitsienti


34 

 Ku – ish haqiga ustiga qo’shilgan mablag’ koeffitsienti; 

 Kqh – qo’shimcha harajatlar koeffitsienti; 

 q –rentabellik normasi, dasturni tayyorlayotgan korxonaning daromadi; 

 Tmb – mashina vaqti, dasturni hatolarini tuzatishga ketgan, soat; 

 e  –  ekspluatatsiya  harajatlari,  mashina  vaqtining  1  soatiga  ketgan  harajat,  so’m. 

Ekspluatatsiya harajatlari amortizatsiya (Ma) va elektrquvvati (Mel) harajatlaridan 

iborat.  

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi insoniyat 

oldida yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, yangi vazifalarni ham yukladi. 

Biz bu maqolada shu vazifalardan biriga, yahni zamonav_iy axborot 

texnologiyalarining multimedia vositalaridan foydalangan holda tahlim berishning 

yangi bosqichiga, elektron darsliklarni tahlim jarayonida qo’llash imkoniyatlariga 

va ularni yaratish harajatlarini aniqlash texnologiyalariga to’htalib o’tdik. 



 

2.2. WEB dasturlash tili asoslari. 

 

PHP  dasturlash  tilini  vujudga  kelishi.  PHP  –o’z  nomini  etarlicha  tanitib 

ulgurgan,  dasturlash  tili  xisoblanadi.  Gap  shundaki,  boshlanishda  bu  uncha  qiyin 

bulmagan  shaxsiy  WEB  –saxifalarini  yaratish  uchun  mo’ljallangan  oddiy 

makroslar to’plamidan iborat bo’lgan bo’lib, PHP-personal home page (shaxsiy uy 

saxifasi) so’zlarining qisqartmasidan iborat. 

Vaqt  o’tishi  bilan  makroslar  to’plami  mukammal  dasturlash  tiliga  aylanib 

zamonaviy  ma’lumotlar  bazasi  bilan  ma’lumot  almashish  imkoniyatiga  ega 

bo’lgan  WEB  tarmoq  sahifalarini  yaratuvchi  tilga  aylandi.  Tilning  imkoniyatlari 

kengaygani 

sari 

uning 


ommaviyligi 

ham 


o’sib  bormoqda.  Netcraft 

(

http://www.netcraft.com



) kompaniyasining ma’lumotlariga ko’ra 1999 yil noyabr 

oyida  RNR  texnologiyasi  Web  tarmoqlarining  bir  milliondan  ortig’idan 

foydalanilgan 2000 yil 1400000 taga etgan. 


35 

RNRning  1-versiyasi  Rasmus  Lerdorf  (Rasmus  Lerdorf)  ismli  programmist 

tomonidan  yaratilgan  bo’lib,  Web  sahifalarini  yaratishni  engillashtirish  uchun 

makroslar to’plamidan iborat bo’lgan. 

Tez  orada  u  foydalanuvchilar  nazariga  tusha  boshladi,  hamda  tezlik  bilan 

takomillashib, ommalashib bordi. 1997 yildan bu til ustida programistlar guruxi ish 

olib boradi. 

Mexnatlarning samarasida esa PHP3 keyingi versiya yaratildi. Bu PHP ning 

takomillashgan va zamonaviy versiya bo’lib, unda matnlarining qayta ishlashning 

yangi usullari yaratildi va bu usullar Zib Zuraski va endi Gutians (Zeev, Surasky, 

Andi  Ceutmans)  ismli  progromistlar  tomonidan  yaratildi.  Shuningdek  tilning 

sintaksisida biroz o’zgarishlar kiritilib, yangi funktsiyalarqo’shildi. Yangi vertsiya 

shu  davrda  sarver  uchun  dasturldash  tillarining  eng  zo’ri  xisoblanib,  juda  ham  ez 

ommalashib ketdi. 

MySQL ma’lumotlar bazasi va Apache serveri bilan ishlash uchun PHP ning 

imkoniyatlari yanada kengayib bordi. Apeche serveri hozirgi kunda dunyodagi eng 

keng  tarqalgan  Web  -server  xisoblanadi  va  PHP  tili  Apache  serveri  uchun  modul 

ko’rinishida  qo’llanilishi  mumkin.  MySQL  -  bu  zamonaviy  ma’lumotlar  bazasi 

bo’lib pulsiz (tekin) tarqatiladi, shuning uchun ham PHP ning barcha funktsiyalari 

shu  bazaga  bog’langan.  Tan  oligsh  lozimki  Apeche,  MySQL  va  PHP  larning 

o’zaro bir-biri bilan bog’liq ravishda ishlashi o’rtadagi raqobatga barham beradi. 

Bu  esa  PHP  boshqa  MBSI  bilan  ishlamaydi  degani  emas.  Bu  texnologiya 

juda MBSI va Web serverlar bilan ishlash imkoniyatiga ega. 

WEB  saxifalarni  va  tarmoqni  yaratish  yo’llari  o’zgarishi  bilan  PHP  ham 

takomillasha  bordi.  1990  -yil  o’rtalariga  kelib  katta  tarmoqlarda  ham  HTML  da 

yozilgan yuzlab statik saxifalar ishlatilar edi. xozir esa jarayon o’zgarib bormoqda. 

WEB  saxifalarini  yaratuvchilar  ma’lumotlar  bazasi  bilan  ishlovchi  WEB 

saxifalarni  yaratish  imkoniga  ega  bo’lib,  foydalanuvchilarni  qayta  ishlash 

imkoniga ega bo’lgan WEB saxifalarni yaratmoqdalar. 

Ma’lumotlarni saqlash va  ma’lumotlarga murojat  qilish  uchun  ma’lumotlar 

bazasidan  foydalanish  yanada  aktuallashib,  mobil  telefonlar,  raqamli  televideniya 


36 

va  hokazolar.  Turli  xil  qurilmalarda  ma’lumotlarni  uzatishda  sifatni  o’sishiga 

erishishmoqda. 

Bu fikrlar asosida aytish mumkinki, kelgusida PHP tili yanada takomillashib 

o’zining o’ta yuqori darajadagi dasturlash tili ekanligini namoyon qiladi. 

PHP  tilini  o’rganishga  kirishishdan  avval  uning  konfiguratsiyasini  sozlash 

va  o’rnatishni  o’rganib  olish  lozim.  PHP  xar  xil  sistemalarda  va  ko’plab 

serverlarda ishlashi mumkin. 

Sistemalar,  serverlar  va  ma’lumotlar  bazalari.  PHP  turli  xil  sistemalarda 

ishlay oladi. U sistema Windows, Unix ning ko’plab versiyalari, shuningdek Linux 

va  xatto  Macintosh  bo’lishi  mumkin.  PHP  ko’plab  tarmoq  serverlarida,  xususan 

Apache, Microsoft Internet Information Server, Web Site Pro, Iplanet Web Server 

va Microsoft Personal Web Server  – larda ishlashi mumkin. Agar o’zimiz tuzgan 

dasturlarimizni  Windows  tizimida  tekshirishni  xoxlasak  oxirgi  sanab  o’tilgan 

serverdan  foydalanishimiz  mumkin,  xatto  Apache  serveri  Windows  sistemasi 

boshqaruvida ishlasa ham. 

PHP  interpretatori  yordamida  dasturni  aloxida  mustaqil  ko’rinishda 

kompilyasiya  qilish  mumkin.  U  xolda  dasturni  mustaqil  ishga  tushirish  mumkin. 

PHP  tilini  yaratishda  ma’lumotlar  bazasi  bilan  bog’lanish  talablarini  aloxida 

e’tiborga  olingan.  Ko’plab  ma’lumotlar  bazalarini  PHP  da  o’qish  mumkin. 

Masalan bularga Adabas D, InternetBase, Golid, dBase, mSQL, Sybase, Empress, 

MySQL, Velosic, FilePro, Oracle, Unixdbm, Informix va xokazolarni keltirishimiz 

mumkin. Shuningdek, PHP ODBC standartini ham o’qiy oladi. Ushbu qo’llanmada 

esa  biz  Linux,  Apahe  va  MySQL  serverlar  asosida  fikr  yuritamiz.  Bu  uchta 

dasturlar majmualari keng foydalanish mumkin bo’lgan. 

PHP  ni  kaerdan  olish  mumkin.  PHP4  ni 

http://www.php.net

  tarmog’idan 

olish mumkin. Buning uchun esa, aloxida kredit kartochka talab kilinmaydi. 

PHP  ni  web-tarmog’i  progromistlar  uchun  ajoyib  manba  xisoblanadi. 

http://www.php.net/manual

 adresida boshka progromistlarning izoxlari, fikrlash va 

tankidiy  fikrlari  keltirilgan  ma’lumotlarni  va  ko’llanmalarni  olish  mumkin.  Bu 

ko’llanmalarni turli xil formatlarda olish mumkin. 



37 

PHP  dasturlash  asoslari.  Biz  yuqorida  PHP  ni  o’rnatish  va  o’rganish 

bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni oldik. Endi esa, PHP da birinchi dasturimizni 

yaratishga  xarakat  kilamiz.  PHP  da  dastur  tuzish  uchun  HTML  dagi  kabi  WEB-

saxifa yaratishni bilishimiz lozim. 

Ushbu dasturda esa, quyidagilarni o’rganishga xarakat kilamiz: 

  PHP-programmalarini  yaratish,  setverga  nusxasini  ko’chirish  va  ishga 

tushirish 

  PHP komandalari va HTML matnini bitta xujjatga bog’lash 

  Dastur matnini tushintirish uchun izox keltirish 

Birinchi dasturni yozamiz: 

PHP-dasturni tuzish uchun ixtiyoriy matn redaktorini ishga tushiramiz. PHP 

–  dasturi  HTML-  xujjatlari  kabi  oddiy  matndan  tashkil  topadi.  Shuning  uchun 

dasturni  ixtiyoriy  matn  redaktorida,  agar  unix  bo’lsa,  VI-yoki  Emacs  da  ham 

yozish mumkin. quyidagi dastur matnini kiritaylik va uni first.php deb saklaylik: 

< ? php  

print “hello web”; 

?> 

ushbu  dastur  kengaytmasi  albatta  .php  bo’lishi  shart.  Agar  dastur  server  emas, 

balki  klent  kompyuterida  tuzilgan  bo’lsa,  dastur  faylini  serverga  kiritish  uchun 

FTP  servisdan  foydalanishga  to’g’ri  keladi.  Agar  dasturda  xatoliklar  mavjud 

bo’lmasa, u xolda natijani brauzer oynasida ko’rish mumkin. 

 

2.2.1-rasm. Dasturni bajarilish natijasi. 



38 

Agar  dasturda  yoki  uning  kengaytmasida  xatolik  mavjud  bo’lsa,  brauzer 

oynasida dastur matnining o’zi namoyon bo’ladi. 

HTML dasturi. 

Internet  tarmog’i  gipermatn  hujjatlarga  asoslangan  gigant  ma’lumotlar 

to’plamini o’z ichiga oladi. Har qanday gipermatn hujjat ANSI ASCII formatidagi 

oddiy fayldir. Bu fayllar o’z ichiga matn va uning o’lchami uchun teglar, boshqa 

shunday hujjatlar uchun murojaatlar, grafik tasvirlar va har qanday boshqa fayllar 

ko’rinishida  bo’lishi  mumkin.  Gipermatnni  ko’rish  uchun  brouzer  yuklanadi, 

barcha  fayllar  brouzerda  maxsus  HTML(Hyper  Text  MarkUp  Language- 

Gipermatn o’lchamlarini o’rnatish tili) tili bilan birgalikda qayta ishlanadi. HTML 

tili tarixidan ba’zi ma’lumotlar. HTML tili ishlab chiqaruvchilari uning bir nechta 

versiyalarini  ishlab  chiqardilar.  1.0  va  2.0  versiyalar  chiqarilgandan  so’ng  1995 

yilda  3.0  versiyaning  qoralama  varianti  tayyorlandi.  Bu  2.0  versiyaga  anchagina 

qoshimchalar  qoshilgan  versiya  edi.  Asosiy  brouzer  ishlab  chiqaruvchilar 

(Netscape 

va 


Microsoft 

kompaniyalari) 

o’zlarining 

maxsus 


HTML 

kengaytmalarini ishlab chiqdilar, bu kengaytmalar bir biriga tushmas edi. Hozirga 

vaqtda  Netscape  Novigator  ning  6.0  va  Microsoft  Internet  Explorer  ning  5.5 

versiyalar  deyarli  bir  xil  bo’lib,  kengaytmalri  orasida  deyarli  tafovut  yo’q. 

Muvaffaqiyatsiz bo’lgan HTML ning 3.0 versiyasi 3.2 versiyaga almashtirildi. Bu 

versiyasni  ishlab  ciqarishda  Netscape  Communications  Corporation,  Microsoft, 

IBM,  Novell,  SoftQuad,  Sun  Microsystem  va  Spyglass  kompaniyalari  ishtirok 

etdilar. Hozirga kunda HTML ning yana bir 4.0 versiyasi ishlab chiqarilgan bo’lib 

o’zida  ko’plab  foydali  kengaytmalarga  ega.  Shuni  ta’kidlash  kerakki  HTML  tili 

hech  qanday  dasturlash  tili  emasdir.  HTML-  bu  o’lchamlarni  tipik  tili,  uning 

yordami  bilan  hujjatlarni  bezash,  murojaatlar  hosil  qilish  mumkin  lekin  dastur 

tuziah  emas.  Hatto  Web  sahifalarda  ko’radiganimiz  maxsus  harkatlar(effektlar)ni 

ham  HTML  da  tuzilmaydi,  bunday  harakatlar  qo’shimcha  vositalar  ,masalan 

JavaScript tilida tuziladi. HTMLda sahifa hosil qilish HTML sahifalar oddiy matn 

fayllardir,  shuning  uchun  sahifa  tayyorlashda  Microsoft  Notepad  sodda  matn 

redaktori  o’zi  yetarli.  Sahifa  tayyolash  uchun  Notepad  dasturi  ishga  tushiriladi. 



39 

Unda 


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling