BOB. Fonostilistikaning tadqiq darajasi va muammolari.........................................
O‗zbek tilshunosligida fonostilistikaning o‗rganilish
darajasi………………..
Fonostilistikaning tekshirish
ob‘ekti.................................................................
BOB. Nutq tovushlarining stilistik
xususiyatlari.....................................................
Tovushiy ramzga doir
mulohazalar......................................................................
Unli va undosh tovushlarga xos uslubiy xususiyatlar.........................................
XULOSA......................................................................................... ............................
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR.....................................................................
ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi. O‗zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi tilshunoslar oldiga tilning nafaqat atash (nominativ), aloqa (kommunikativ), balki hissiy ta‘sirchanlik (ekspreseiv) xususiyatlarini yanada chuhurroq, kengroq tadqiq qilish vazifasini qo‗ydi.
O‗zbek tilshunosligida o‗tgan asrning 60-70-yillaridan boshlab tilning emotsional-ekspressiv xususiyatlari turli badiiy asarlar tili va uslubi misolida leksik, grammatik jihatdan o‗rganishga jadal kirishildi. Bu eohada jiddiy muvaffaqiyatlarga ham erishildi.
Ammo til fonetik vositalarining hissiy ta‘sirchanligi, ayniqsa, badiiy tasvirdagi fonostilistik vositalarning uslubiy xususiyatlarini tadqiq qilishni qoniqarli deb bo‗lmaydi. Bu borada barmoq bilan sanarli ishlar qilingan xolos.
Fonetik uslubiy vositalarning tadqiqot doirasi nnhoyatda kengdir
va bu soha oxirigacha tadqiq etilmagan. Holbuki, fonostilistikada nutqning vazifaviy uslublari bilan bog‗liq materiallarning akustikartikulyasion hamda prosodik (ritmik-intonatsion) xususiyatlarini belgilash muhim ahamiyatga ega.
Fonostilistikada orfoepiya bilan bog‗liq talaffuz stillarining vazifasini belgilash; nutq stillari, ayniqsa, badiiy nutq uslubida nutq tovushlari talaffuzining konnotativ ma‘nolari, shuningdek, intonatsiya, pauza va urg‗u kabi supersegment elementlarning ishlatilishi bilan bog‗liq fonostilistik imkoniyatlarning uslubiy qo‗llanishini taxdil va tadqik qilish mazkur ishning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |